Reaktivlar: a) yangi tuxum oqsili eritmasi, b) jelatina 1% li eritma, v) konsentrlangan sirka kislota, g) konsentrlangan sulfat kislota.
Ishning bajarilishi: Probirkaga bir necha tomchi tuxum oqsili eritmasidan solinadi, ustiga 1-2 tomchi konstentrlangan sirka kislotasidan qo’shiladi va sekinlik bilan tushgan cho’kma eriguncha isitiladi. Shundan so’ng sovitiladi va ehtiyotkorlik bilan probirka devori bo’ylab, bir tomonga qiyshaytirilgan holda 1 ml konsentrlangan sulfat kislota quyiladi. Bunda eritmalar bir – biriga aralashib ketmasligi kerak. Ikkita qatlam chegarasida bir necha daqiqadan keyin qizil – binafsha halqa hosil bo’ladi.
Bu reaksiyani jelatina bilan ham qilib ko’rish kerak, lekin reaksiya chiqmaydi. Buning sababi, jelatinaning tarkibida triptofan uchramaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |