Muskul to’qimasini tuzli aralashmasini dializ qilish. Dializ metodi katta oqsil zarrachalarini yarim o’tkazgich bo’lgan pardadan (suniy kolloid membranalar va tabiiy hayvon va o’simlik membranalari) o’ta olmasligiga asoslanadi. Boshqa molekulalar va ionlar bulardan osongina o’ta oladi. Dializ usuli yuqori molekulali birikmalarni tuzlar va boshqa moddalardan tozalash uchun foydalaniladi. Bu usul bilan tozalangan oqsil dializlangan deyiladi. Dializ uchun ishlatilgan asbob dializator deyiladi. Eng oddiy dializator bo’lib, distillangan suvli stakanga solingan sellofan yoki colloid xaltacha xizmat qiladi. Dializ tez va to’liq amalgam oshishi uchun stakan oqar suvga ulangan bo’lishi yoki stakandagi suv to’xtovsiz almashtirib turilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |