21 – laboratoriya mashg`uloti
Achitqidan nukleoproteidlarni ajratish
Kerakli reaktiv va asboblar: a) achitqi; b) dietil efiri; v) 0,4% NaOH; g) 5% sirka kislotasi; d) yaxshilab yuvib qizdirilgan shisha kukuni yoki qum.
Hovonchaga 5g achitqi olib ustiga 1 ml dietil efiri va 1 ml suv qo‘shilib namlantiriladi, so‘ng ustiga ozgina shisha kukuni yoki qum qo‘shib 0,4 % NaOH bilan oz-oz miqdorda (5-10 ml) qo‘shib yaxshilab tuyiladi. Hammasi bo‘lib 50 ml ishqor sarflanadi. Bu jarayon 15-20 daqiqa davom yetadi. Hosil bo‘lgan massa filtrlanadi yoki 10 daqiqa davomida sentrifugalanadi (minutiga 2500g). Filtrat yoki sentrifugat stakanga quyilib ustiga tomchilatib 5% SN3SOON dan nukleoproteidlar to‘liq cho‘kmaga tushgunga qadar tomiziladi. CHo‘kma sentrifugalanib ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |