Biokimyo pmd



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/430
Sana19.07.2021
Hajmi4,12 Mb.
#123097
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   430
Bog'liq
Sobirova-R.A-biokimyo

Glikoproteinlar

Glikoproteinlar murakkab oqsillar bo‘lib, oddiy oqsil yoki peptiddan

tashqari geteropolisaxarid guruhini saqlaydi. Hozirgi vaqtda ularni

glikokonyugatlar deb nomlash qabul qilingan. Glikokonyugat tarkibiga

uglevod bo‘lmagan qism (aglikan fraksiya) oqsil, peptid, aminokislota

yoki lipid bilan kovalent bog‘langan uglevod komponenti (glikan

fraksiya) kiradi.

Uglevodlar haqidagi fan – glikobiologiyaga, hozirgi vaqtda qiziqish

ortmoqda, chunki saraton, odam immuntanqisligi, revmatoid artrit,

astma va boshqa kasalliklarning rivojlanishida glyukokonyugatlar

strukturasining o‘zgarishi alohida rol o‘ynaydi. Ikki muhim sinf

glikokonyugatlar (glikoprotein va gangliozid) glikozillanish

reaksiyasining buzilishi bu moddalarning to‘planishi yoki

glikokonyugatlar uglevod zanjiri sintezining «qisqarishi»ga olib keladi.

Bundan tashqari ba’zi viruslar va nishon – uglevod qism hujayralarning

o‘zaro bog‘liqligida asosiy rolni o‘ynaydi. Xususan, odamda orttirilgan

immuntanqislik virusi gp 120 glikoproteini (ko‘p foiz uglevod saqlaydi)

CD

4



 T-limfotsit glikoproteiniga yuqori bog‘liqlikga ega. Bunday

bog‘lanish, tanib olishda yuqori spetsifik bo‘lib, muhim patogenetik

vazifani glikozillangan fragmentlar bajaradi. Yana ma’lumki, revmatoid

artritlarda ko‘pincha anomal qarshi tanachalar (anomal

immunoglobulinlar – ular glikoproteinlar) sintezlanadi, ular qisqa

uglevod zanjiriga ega bo‘lib, organizmning o‘ziga qarshi immun tizimini

stimullanishini chaqiradi. Bu misollardan ko‘rinib turibdiki,

glikobiologiyadan tashqari hozirgi vaqtda, gliko‘patologiya va

glikoterapiyani tan olish vaqti keldi.

Glikoproteinlardan tashqari, shuningdek, proteoglikanlar ham

tafovut etiladi, ular oqsil va glikozaminoglikanlardan (avval

muko‘polisaxaridlar deb nomlangan) tarkib topgan; ular murakkab




59

uglevod zanjirlaridan tuzilgan: aminouglevodlar, uron kislota, sulfat

kislota va alohida monosaxaridlar. Tipik glikozaminoglikanlar bo‘lib,

gialuron kislota, xondroitinsulfat kislota va geparin hisoblanadi.

Glikoproteinlarga ko‘pchilik oqsil gormonlar, membranadagi

murakkab oqsillar, barcha qarshi tanachalar (immunoglobulinlar), qon

plazmasi, sut oqsillari, ovalbumin, interferonlar, komplement, qon

guruhi omillari, retseptor oqsillari va boshqalar kiradi. Keltirilgan

glikoproteinlar ro‘yxatidan ko‘rinib turibdiki, ular turli spetsifik

funksiyalarni bajaradilar: hujayra adgeziyasi, molekula va hujayralarni

tanishni, saraton hujayralarning antigen faolligini ta’minlaydi, himoya

va gormonal, shuningdek, antivirus ta’sir ko‘rsatadi.

Glikoproteinlar kimyoviy tarkibi aniqlangan, ba’zi birlarining

strukturasi o‘rganilgan. Polipeptidga geterooligosaxarid zanjirlar

ulangan, ularda 2 dan 10 tagacha, ba’zida 15 ta monomer geksoza

qoldiqlari (galaktoza va mannoza, ba’zida glyukoza), pentoza (ksiloza,

arabinoza) va oxirgi uglevod ko‘pincha N-atsetilgalaktozamin, L-fukoza

yoki sial kislota saqlanadi; proteoglikanlardan farqli ravishda

glikoproteinlar uron va sulfat kislotani saqlaydi.

Uglevod qismi va oqsillar o‘rtasidagi bog‘lar turi faqat ba’zi

glikoproteinlarda aniqlangan, ularning aminokislota tarkibi va

strukturasi ma’lumdir (immunoglobulinlar, gormonlar); ular O-glikozid

bog‘lar (serin, treonin va oqsilizin OH-guruhlari bilan), N-glikozid

bog‘lar (asparagin amid guruhi, ba’zi hollarda glutamin yoki lizin va

arginin w-NH

2

-guruhlari bilan) va glutamin, asparagin kislotalar erkin



COOH- guruhlari bilan efir glikozid bog‘larni o‘z ichiga oladi.


60

Endoplazmatik to‘r ribosomalarida glikoproteinlar sintezi amalga

oshadi, so‘ngra uglevod zanjirlari qo‘shilib (posttranslyatsion

glikozillanish), oqsil hujayra membranalariga transport qilinadi va

membrana oqsillari tarkibiga kiritiladi yoki sekretsiyalanadi.

Uglevod qismi oqsil molekulasidagi asparagin bilan kovalent

bog‘lanadi. Lekin oligosaxarid qism avval lipid tashuvchi – dolixolfosfat

(15 dan 20 gacha izopren qoldiqlari saqlovchi lipid) bilan birikadi va

endoplazmatik to‘rdagi polipeptid zanjirga o‘tkaziladi, bunda

o‘tkazuvchi ajralib chiqadi:

      OH                                                 CH

3

                                CH



3

  

    |                                              |                                |



 O=P - CH

- CH



– CH - [ CH

– CH = C - CH



]



- CH

– CH = C - CH



3

      |                    |

 OH                   CH

3

Dolixolfosfat (n=15-30)



Sintezlangan glikoproteinlar Golji apparatiga o‘tkazilib,

glikozillanadi va maqsadga muvofiq saralanadi.

Glikoproteinlar molekulasidagi bir necha geterooligosaxarid

qoldiqlaridan birining strukturasi, xususan immunoglobulinlar quyidagi

sxema ko‘rinishida ifodalanishi mumkin: glyu – glyukoza, NatsGlyuA

- N-atsetilglyukozamin; Gal – galaktoza; Man – mannoza; NAts Neyr

– N-atsetilneyramin kislota):

Bugungi kunda sintezi, tuzilishi va xususiyatlari ma’lum bo‘lgan

glikoproteinlarni ko‘rib chiqamiz.


Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish