Immunoglobulinlar. Immunoglobulinlar, yoki qarshi tanachalar,
glikoproteinlar sinfiga kirib himoya vazifasini bajaradi, organizmga
tushayotgan yot moddalar – turli kimyoviy tabiatga ega bo‘lgan
antigenlarni zararsizlantiradi. Immunoglobulinlar limfotsitlardan hosil
bo‘lgan plazmatik hujayralarda sintezlanadi. Immunitet haqidagi
ta’limot mustaqil immunologiya fani sifatida shakllandi, antitelolar va
xususan immunoglobulinlar strukturasi va funksiyasini o‘rganadi.
Immunoglobulinlarning 5 sinfi: IgG, IgM, IgA, IgD va IgE tafovut
etiladi (9-jadval). IgGning strukturasi va funksiyasi to‘liq o‘rganilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |