Oltingugurt saqlovchi aminokislotalar – sistein, sistin va metionin
siydik sulfatlarini manbai hisoblanadi. Bu aminokislotalar to‘qimalarda
sulfat kislota ionlarini hosil qilib oksidlanadilar. Sutkalik siydik tarkibida
sulfatlarni umumiy miqdori 1,8 g dan (oltingugurtga hisoblaganda)
ortmaydi.
Ammiak – buyrakda ko‘p miqdorda saqlanuvchi glutaminaza
fermenti ishtirokida glutamindan ammiakni hosil bo‘lishini maxsus
mexanizmi mavjud. Ammiak siydik bilan ammoniy tuzlari sifatida
chiqariladi. Uni miqdori organizmdagi kislota – ishqor muvozanatini
aks etdiradi. Atsidozda ularni siydikdagi miqdori ko‘payadi, alkalozda
esa kamayadi. Buyraklarda glutamindan ammiak hosil bo‘lish jarayoni
buzilganda siydikda ammoniy tuzlarini miqdori past bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |