koptokcha filtratida bo‘lgan kaliy ionlarini barchasi nefron proksimal
qismida birlamchi siydikdan qayta so‘riladi deb hisoblaydilar. Distal
segmentda kaliy ionlarini sekretsiyasi yuz beradi. U asosan kaliy va
vodorod ionlarini almashinuvi bilan bog‘liqdir. Demak, organizmda
kaliyni kamayishi nordon siydikning ajralishi bilan boradi.
Ca
2+ va Mg
ionlari buyrakdan kam miqdorda ajraladi. Organizmdan
chiqarilishi kerak bo‘lgan Ca
2+
va Mg
ionlarini taxminan 30% siydik
orqali ajratiladi. Ishqoriy yer metallarini asosiy qismi najas orqali
chiqariladi.