Siydikni azotsiz organik tarkibiy qismlari – bu shavel, sut va limon
(sitrat), shuningdek moy, valeriana, qahrabo (suksinat),
β-oksimoy,
atsetosirka va boshqa kislotalar. Sutkalik siydikda organik kislotalarni
umumiy miqdori odatda 1 g dan ortmaydi.
Me’yoriy sutkalik siydikda bu kislotalarni miqdori milligrammlarga
to‘g‘ri keladi, shuning uchun ularni miqdorini aniqlash juda
murakkabdir. U yoki bu holatlarda ular ko‘pchiligini chiqarilishi
ko‘payadi va ularni aniqlash siydikda oson kechadi. Masalan: kuchli
mushak ishida sut kislota miqdori, alkalozda – sitrat va suksinat miqdori
ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |