Abdullayev Hasanboy 215-A
1. Kislota-ishqor muvozanatini ta’minlovchi omillar: organizm bufer tizimi turlari, ularning ishlash prinsiplari
1. Gidrokarbonatli bufer Sistema
Bu bufer sistemaning komponentlariga karbonat kislota (H2CO3) va natriy gidrokarbonat (NaHCO3) kiradi, nisbat 1:20. Qon plazmasi va to’qimalar aro suyuqlikda pH doimiyligini saqlab turadi.
2. Fosfatli bufer Sistema
Fosfat kislotaning kislotali (NaH2PO4) va ishqoriy (Na2HPO4) tuzlaridan tashkil topgan, nisbat 1:4. Buyrak va boshqa to’qimalarda kislota-asos muvozanatini ta’minlaydi.
3. Gemoglobinli bufer Sistema
Qaytarilgan gemoglobin va oksidlangan gemoglobinning kaliylik tuzidan tashkil topgan. Bu bufer Sistema eritrotsitlarda o’z faoliyatini ko’rsatadi. To’qimalardan uzoq muddat karbonat angidrid kelib pH o’zgarganda ogohlantiradi.
4. Oqsilli bufer Sistema
Hujayra ichidagi pH doimiyligini saqlaydi.
2. Gazli atsidoz: sabablari, asoratlari
Gazli (Respirator) atsidoz – pCO2 ning ortishi tufayli rN ning pasayishi. Nafas atsidozi (pCO2ning ko‘payishi) har doim gipoksiya bilan birga keladi. Gazli atsidoz va gipoksiya hayot uchun xavfli holatdir, chunki giperkapniya oxir oqibat nafas olishning susayishiga olib keladi (karbonat angidridning narkotik ta’siri). Buyrakning kompensatsiya qilish mexanizmlari bu holatga ta’sir qilishi juda sekin kechadi. Barcha holatlarda (dorilar bilan yo‘q qilinishi mumkin bo‘lgan bronxospazm bundan mustasno) sun’iy nafas oldirish kerak
Nafas atsidozining sabablari:
1)Nafas markazining falajlanishi:
- narkotik analgetiklar, umumiy anestetiklar.
- surunkali giperkapniyada kislorod ingalyasiyasi.
- markaziy asab tizimining shikastlanishi.
- qon aylanishining to‘xtashi.
2) nafas olish harakatining buzilishi:
- mushaklar kuchsizligi: miasteniya, poliomiyelit, tarqoq skleroz.
- patologik semirish.
- ko‘krak qafasi shikastlanishi (qovurg‘alar sinishi).
- pnevmosklerozda o‘pka yekskursiyaning cheklanishi.
3) gaz almashinuvining buzilishi:
- o‘pka shishi.
- o‘pkani surunkali obstruktiv kasalligi – O‘SOK.
- idiopatik fibrozli alveolit (Xamman-Rich kasalligi).
3. Metabolik atsidoz: sabablari, asoratlari
Metabolik (Gazsiz) atsidoz - vodorod ionlarining hosil bo‘lishi yoki yekskretsiyasini kamayishi bilan rivlojlanadi. Natijada qonda bikarbonat miqdori kamayadi.
Metabolik atsidozning sabablari:
1)Uchuvchan bo‘lmagan kislotalarning ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishi:
- diabetik ketoatsidoz.
- laktat atsidoz (sepsis, shok, vazokonstriktorlardan foydalanish natijasida to‘qimalarning yetarli darajada buzilishi).
- salitsilatlar, paraldegid, metanol, yetilengikol bilan zaharlanish.
2) Buyraklarning yekskretor funksiyasining buzilishi:
- oliguriya bilan kechuvchi o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
- surunkali buyrak yetishmovchiligi.
- buyrak naychalari atsidozi (proksimal va distal naychalar).
3) Bikarbonatning ko‘p miqdorda yo‘qotilishi:
- diareya, ichakka haddan tashqari uzun zond qo‘yish (pilorik qismi orqali), oshqozon osti bezi oqmasi, ileostomiya.
- xolestiramin bilan davolash.
- ureterosigmostomiya.
- atsetazolamid bilan davolash.
- xoletsistoduodenostomiya yordamida oshqozon osti bezi transplantatsiyasi.
4. Gazli alkaloz: sabablari, asoratlari
Gazli (respirator) alkalozi - o‘pka-alveolalar ventilyatsiyasining
kuchayishi va organizmdan karbonat angidridining ko‘plab chiqarilishi
natijasida yuzaga keladi .CO2 ning pasayishi nafas alkaloziga olib keladi. Gazli alkalozining sabablari:
- Gipoksemiya, o‘pka kasalligi (masalan o‘pka yemboliyasi), balandlikka ko‘tarilish, tug‘ma yurak nuqsonlari (o‘ngdan chapga qon oqishi), yurak yetishmovchiligi.
- Markaziy asab tizimining shikastlanishi (masalan subaraxnoidal qon quyilish).
- Psixogen giperventilyasiya (isteriya).
- Salitsilatlar bilan zaharlanish (yerta bosqichi).
- Metabolizmning kuchayishi (isitma, tireotoksikoz).
- Sun’iy nafas oldirish.
- Sepsis.
- Jismoniy zo‘riqish.
5.Metabolik alkaloz: sabablari, patologik asoratlari
Metabolik(gazsiz) alkaloz – bikarbonat konsentratsiyasining ortishi natijasida rN darajasining oshishi. U qonda bikarbonat to‘planishi va oshqozon yoki buyraklar orqali vodorod ionlarining ko‘p ajratilishi sababli rivojlanadi.
Metabolik alkalozning sabablari:
1) Vodorod ionlarining oshqozon tizimi orqali yo‘qotilishi:
- qusish, oshqozon-ichak traktining mahsulotlarini so‘rib olish.
- tug‘ma xlorgidriya.
2) vodorod ionlarining buyraklar orqali yo‘qotilishi:
- ortiqcha mineralokortikoidlar ajralishi.
- gipoparatireoz
- qusish paytida hujayradan tashqari suyuqlik miqdori kamayishi.
3) bikarbonatlar to‘planishi:
- natriy bikarbonat bilan davolash.
- massiv qon quyish.
- Bernett sindromi – ichimlik sodasi natriy gidrokarbonatni ko‘p miqdorda iste’mol qilish.
Hujayradan tashqari suyuqlik kamayishi va kaliy yetishmovchiligi bilan siydikda vodorod ionlarining chiqishi ko‘payadi. Alkaloz fonida siydikning kislotaligi oshishiga paradoksal atsiduriya deyiladi. Bu muhim diagnostik belgidir, ya’ni tanadagi umumiy kaliy miqdori taxminan 20%ga kamayganligini bildiradi.
Metabolik alkalozning kompensatsiyasi nafas olishning minutlik hajmini pasayishi orqali sodir bo‘ladi, bu CO2ning ko‘payishiga olib keladi. pCO2 50 mm.sim.ust.ga yetganda kompensator gipoventilyasiya to‘xtaydi. Sog‘lom odamda atmosfera havosidan dengiz sathidan yuqori muhitda nafas olganda, nafas olishning minutlik hajmiining pasayishi pCO2 ning 65 mm.sim.ust. ga ko‘tarilishiga olib keladi.
6.Kislota ishqor muvozanati o‘zgarganda organizmda qanday himoya reaksiyalari rivojlanadi?
Gazli atsidozdagi himoya reaksiyalari qondagi gidrokarbonat konsentratsiyasini oshirishga qaratilgan va buyrak tomonidan amalga oshiriladi. Distal kanalchalarda atsidogenez kuchayishi hisobiga qo’shimcha miqdora gidrokarbonat hosil bo’ladi. Proksimal kanalchalarda atsidogenez kuchayishi gidrokarbonatning to’liq reabsorbsiya bolishini ta’minlaydi.
Gazsiz atsidozdagi himoya reaksiyalari:
a) Nafas mexanizmi pCO2ni kamaytirishga qaratilgan. Vodorod ionlarining konsentratsiyasi ortganda nafas markazi qo’zg’aladi, giperventilyatsiya rivojlanadi va organizmdan CO2 chiqishi ortadi.
b)Buyrak mexanizmi organizmda gidrokarbonatni saqlashga qaratilgan. Qonda pHning kamayishi distal kanalchalarda atsidogenez aktivatsiyasiga olib keladi. Shu tufayli siydik gidrokarbonati titrlanadi va organizmda saqlanadi, siydikdagi pH kamayadi.
7. Kislota ishqoriy holatni tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni sanab o‘ting?
1. Dolzarb pH yoki qonning faol reaksiyasi
2. Pco2 – CO ning partsial bosimi kislota-ishqoriy holatning nafas komponenti bo’limini ;
3. BB – qonning buferlar asosi kislota-ishqorlar holatining metobolik komponentini
4. BE – befer asoslarininng almashina oluvchanligi. Me’yorda BE 2,5 mmol/l ga teng. Manfiy tomonlarga o’zgarishi qonda asoslar ko’payganligi yoki nordon moddalarning kamayganligidan dalolatberadi.
5. SB bikorbanatlarning standarti , yani 370 da Pco –40 mm simob ustuniga teng bo’lgan, qon esa kislorodga to’yinga holatdagi konsentratsiyasining ko’rsatkichi.
6. AB bikorbanatning qondagi haqiqiy miqdori
7. TCO – barcha buferlar tarkibiy qismida va eritilgan holatdagi karbanat angidridning umumiy miqdori.
8. Ishqoriy rezerv – organizmda bikorbanat hamda natriy ko’rinishidagi va organizmda hosil bo’ladigan kislota moddalarini neytrallash – bartaraf qilish xususiyati bo’lgan to’plami.
8. Respirator alkalozda organizmda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?
Respirator alkalozda quyidagi o’zgaroshlar kuzatiladi: qonda CO2 parsial bosimining keskin pasayishi va shu tufayli periferik qon tomirlarining torayishi, ayni vaqtda umumiy qon aylanish tomirlarining kengayishi va tonusining susayishi natijasida arterial hamda venoz qon bosimlarining pasayishi yuz beradi. Kengaygan tomirlarda qon to’planadi, aylanayotkan qon miqdori kamayadi, venalar orqali yurakka keluvchi qon miqdori ozayib, yurakning qisqarishi va zarbali hajmii kamayadi, to’qimalarda qon aylanishi sekinlashadi.
9. Respirator atsidozda organizmda qanday patologik holatlar rivojlanadi?
Gipoksik va metobolik atsidozlar yuzaga keladi
10. rN ko‘rsatkich qanday ko‘rsatkich hisoblanadi? Uning o‘zgarishi qay holatda rivojlanadi va qanday asoratlarga olib keladi?
pH – bu suvli eritmaning kislotali yoki ishqoriy ekanligini bildiruvchi ko’rsatkich. Organizmda bu ko’rsatkichning o’zgarishi atsidoz va alkoloz lar sifatida farqlanadi. Qonning pH ko’rsatkichi normada 7.35-7.45 ga teng. Bu ko’rsatkichning tor doirada o’zgarishi ham organizmda sezilarli o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Masalan, hujayra faoliyatining o’zgarishi, gemoglobinni kislorodni biriktirishining va qayta berish qobilyatining o’zgarishi, barcha moddalar, ayniqsa suv elektrolitlar almashinuvi, hujayra reteptorlari sezuvchanligi, membranalar o’tkazuvchanligi, asab- mushak tizimi qo’zg’aluvchanligi kabi muhim xususiyatlarning chuqur o’zgarishiga olib keladi. Agarda pH 8,8 dan kamaysa yoki 7,7 dan ortsa organizmning halokatiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |