Simport va antiport. Moddalar boshqa modda konsentratsiyasi
gradiyentining energiyasi hisobiga membrana orqali faol ravishda o‘tib
turishi mumkin. Bu holda ularning tashuvchisi shu ikkala moddani
biriktirib oladigan maxsus markazlarga ega bo‘ladi. Agar «X» modda
konsentratsiyasi tashqarida ichkaridagidan ko‘ra katta bo‘lsa, bu modda
yengillashgan diffuziya yo‘li bilan o‘tib borishi mumkin. Tashuvchida
bir yo‘la «X» modda bilan o‘tib boradigan «Y» modda uchun ham
biriktirish markazi bo‘ladi («simport»), shu bilan birga «Y» modda o‘z
konsentratsiyasi gradiyentining teskarisiga qarab tashilishi ham mumkin.
Moddalarning o‘z konsentratsiyasi gradiyentiga qarshi, boshqa moddani
uning o‘z konsentratsiyasi gradiyenti bo‘ylab qilayotgan harakatiga
teskari yo‘nalishida o‘tib borishi – antiport ham xuddi shunga o‘xshash
tarzda yuzaga keladi.
Simport va antiport Na
+
ionlari konsentratsiyasi gradiyenti energiyasi
hisobiga bo‘lib turishi mumkin. Masalan: aminokislotalarning ichakdan
va glyukozaning birlamchi siydikdan so‘rilishi shu yo‘l bilan boradi.
Demak, bunday hollarda birlamchi energiyasi manbai bo‘lib ATF xizmat
qiladi: ATF energiyasi avval transmembrana Na
+
konsentratsiyasi
gradiyenti energiyasiga aylanadi, keyin esa shu gradiyenti energiyasi
aminokislotalar yoki glyukozaning so‘rilib o‘tishi uchun sarflanadi
(ikklamchi faol transport).
Buyrak usti bezlari miya moddasining xromoffin hujayralarida,
maxsus sekretor granulalarida adrenalin va noradrenalin gormonlari
to‘planib boradi. Granulalar membranasida protonlarni sitozoldan
granula ichiga olib o‘tkazadigan N
+
-ATF-aza bo‘ladi. Uning ta’sirida
proton elektrokimyoviy potensialini yuzaga keltiradi. So‘ngra
elektrokimyoviy potensial energiyasi hisobiga gormonlar o‘tib oladi:
179
granuladan o‘z konsentratsiyasi gradiyenti bo‘yicha chiqib keladigan
ikkita protonga sitozoldan granula ichiga bitta gormon molekulasi o‘z
konsentratsiyasi gradiyentining qarshisiga o‘tib oladi (antiport).
Endotsitoz
Endotsitoz hujayralarning juda keng tarqalgan funksiyasi bo‘lib, ular
membrana pufakchalari hosil qilish yo‘li bilan hujayraga muhitdan
plazmatik membrana qismi bilan birga moddalarni olib o‘tkazishdan
iborat. Erigan moddalar ham (erituvchining tomchilari bilan birga),
erimaydigan moddalar (zarrachalar) ham hujayralarga ana shu yo‘l bilan
o‘tadi (49-rasm).
49-rasm. Endotsitoz mexanizmi.
Erigan moddalarni hujayralarga, o‘tishi pinositoz, erimaydigan
moddalarning o‘tishi fagositoz deb ataladi. Leykotsitlar, makrofaglar
kapillyarlar endoteliysining hujayralari shu jihatdan ayniqsa, faol
bo‘ladilar, masalan, gepatotsitlar plazmatik membranasida joylashgan
180
retseptorlar qon plazmasining talaygina glikoproteoidlarini ushlab oladi.
Keyin esa bu oqsillar Endotsitozlanadi. Endotsitoz jarayonida bir necha
xil maxsus oqsillar ishtirok etadi. Bunda ATF energiyasi sarflanadi.
Endotsitoz natijasida hujayra o‘zini talaygina plazmatik membranasini
yutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |