Fermentlar tuzilishi.
Fermentlar oqsil tabiatli
bo‘lganligi uchun birlamchi,
ikkilamchi, uchlamchi va
to‘rtlamchi qurilishga egadir.
To‘rt-lamchi qurilishga ega
bo‘lgan fermentlar bir necha
protomerlardan tashkil topgan. Katalitik xususiyatga ega bo‘lgan oddiy
(ferment-proteinlar) va murakkab (ferment-proteidlar) fermentlarga
bo‘linadi. Murakkab fermentlar oqsil qismi (apoferment) va oqsil
bo‘lmagan qismi (kofaktor)dan iborat. Kofaktor bo‘lib metall ionlari
yoki organik birikmalar bo‘lishi mumkin. Apoferment va kofaktor
alohida faol emasdir, ularning birikishi faol fermentni hosil qiladi va
uni xoloferment deyiladi. Kofaktorlar termostabil moddalardir,
ko‘pchilik fermentlar qizitilganda faolligini yo‘qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |