424
To‘q sariq rangga ega bo‘lgan siydik odatda konsentrlangan,
yuqori zichlikka ega va nisbatan kam miqdorda ajralib chiqadi. Och
sariq (somon) rangidagi siydik past zichlikga ega bo‘lib, ko‘p
miqdorda ajralib chiqadi.
Patologik hollarda siydikni rangi qizil, yashil, jigar rang va
boshqalar bo‘lishi mumkin. Bu unda me’yorda uchramaydigan
bo‘yovchi moddalarni mavjudligiga bog‘liq. Masalan: qizil yoki
pushti–qizil rang gematuriya va gemaglobinuriyada, shuningdek,
antipirin, amidopirin, santonin va boshqa dori moddalarni qabul
qilgandan keyin kuzatiladi. Jigarrang yoki qizil–qo‘ng‘ir rang
siydikda urobilin va bilirubin konsentratsiyasi yuqori bo‘lganda
kuzatiladi.
Sog‘lom odam siydigida juda kam miqdorda, gemorroidal vena
sistemalaridan so‘riluvchi, sterkobilinogen bo‘ladi. Yorug‘lik va
havo ta’sirida rangsiz sterkobilinogen oksidlanib rangli pigmentga
(sterkobilin) aylanadi. Klinik amaliyotda siydikda siydik sterkobilini
ba’zida urobilin deb ataladi. Jigar kasalliklarida, ichakdan so‘rilgan
mezobilinogen (urobilinogen) va tripirrollar parchalanishi
buzilganda, siydikda ko‘p miqdorda urobilinogen paydo bo‘ladi
(yorug‘lik va havo ta’sirida urobilinga aylanadi). Bunday holatlarda
siydik rangi to‘qlashadi.
Yashil yoki havorang siydik organizmga metil ko‘ki qabul
qilinganda, shuningdek ichakda oqsillarni chirish jarayonlarini
ko‘payishida kuzatiladi. Ichakda oqsillarni chirish jarayoni
kuchayshida kuzatiladi. Ichakda oqsillarni chirish jarayoni
kuchayganda siydikda ko‘p miqdorda indoksilsulfat kislota bo‘ladi,
ular indigo hosil qilib parchalanishi mumkin.
Me’yorda siydik tiniq bo‘ladi. Tuzlar, hujayra elementlari,
bakteriya, shilliq, yog‘ (lipuriya) siydikni loyqalanishini vujudga
keltirishi mumkin. Siydik loyqalanishining sababini yoki mikrosko‘p
ostida (siydik cho‘kmasini tekshirish), yoki kimyoviy analiz orqali
aniqlash mumkin.
Katta odamlarda sutka davomida siydikni nisbiy zichligi o‘zgarib
turadi (1,002 dan 1,035 gacha), bu ovqat, suv qabul qilishi tartibi va
suyuqlikni organizmdan chiqarilishiga (ter ajratish va boshqalar)
bog‘liq. Ko‘pincha u 1,012-1,020 ga teng. Siydikning zichligi unda
erigan moddalar miqdori haqida tushuncha beradi. Sutka davomida
siydik bilan 50–75 g quruq moddalar ajralib chiqadi. Siydik
425
tarkibidagi quruq moddalarni taxminiy miqdorini (1lga gramm
hisobida) siydik zichligining oxirgi ikkita sonini 2,6 koeffitsiyentiga
ko‘paytirish orqali topish mumkin.
Buyraklarning og‘ir yetishmovchiligida doimo bir xil zichlikka
ega bo‘lgan, birlamchi siydik yoki ultrafiltrat (~ 1,010) zichligiga
teng bo‘lgan siydik ajraladi. Bu holat izostenuriya deb ataladi.
Siydikning doimo past zichlikka ega bo‘lishi surunkali nefritda,
birlamchi yoki ikkilamchi burishgan buyrakda buyraklar
konsentratsion funksiyasining buzilganligini ko‘rsatadi. Qandsiz
diabetda ham past zichlikka ega bo‘lgan siydik ajraladi (1,001 –
1,004), bu kanalchalarda suv qayta so‘rilishining buzilishi bilan
bog‘liqdir. Oliguriyada (sutkalik siydik miqdorini kamayishi),
masalan, o‘tkir nefritda, siydik yuqori zichlikka ega. Yuqori zichlik
Do'stlaringiz bilan baham: