Siydikning anorganik (mineral) tarkibiy qismlari – qon va
organizmni boshqa to‘qimalari tarkibiga kiruvchi barcha mineral
moddalar siydik tarkibida bo‘ladi. Sutkalik siydik quritilganda hosil
bo‘lgan 50–65 g quruq moddani 15–25 g anorganik moddalarga to‘g‘ri
keladi.
Natriy va xlor ionlari – me’yorda ovqat bilan qabul qilingan
xloridlarni 90% (bir sutkada 8–15 g NaCl) siydik bilan chiqariladi. Ba’zi
patologik holatlarda (surunkali nefrit, diareya, o‘tkir bug‘im revmatizmi
va boshqalar) siydik bilan xloridlarni chiqarilishi pasayadi. Na
+
va Cl
+
ionlarini maksimal konsentratsiyasi (siydikda 340 mmol/l) organizmga
ko‘p miqdorda gipertonik eritmalar yuborilgandan keyin kuzatilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |