Katabalizmning umumiy yo‘llari bilan elektronlar tashish
zanjirining bog‘lanishi
Limon kislota sikli elektron tashish zanjiri (ETZ) bilan bog‘liq bo‘lib,
energiyaning asosiy qismi shu sikldagi qaytarilgan kofermentlarning
oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Krebs siklining quyidagi
reaksiyalari vodorod ajratish yo‘li bilan boradi, ajralib chiqqan vodorod
atomlari ETZ ga beriladi.
Limon kislotasi sikli bilan ETZ o‘zaro bog‘langan.
Limon kislota siklining asosiy vazifasi – potensial kimyoviy
energiyani metabolik energiyaga aylantirishdir: bu energiya ATF shaklida
zaxira holda to‘planadi. Krebs siklida I mol atsetil-KoA oksidlanishidan
ETZ bog‘liq holda 11 molekula ATF va 1 mol GTF hosil bo‘ladi, jami
12 molekula ATF energiyasiga teng energiya to‘planadi. I molekula GTF
esa suksinil-KoA ning suksinatga o‘tishida ya’ni substratli fosforlanish
natijasida hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |