Reaksiyalarning ketma-ketligi. Pirouzum kislota glyukoza,
glitserin va ayrim aminokislotalarning o‘ziga xos katabolizmi jarayonida
hosil bo‘ladi. Hujayralarda pirouzum kislotasi oksidlanish yo‘li bilan
dekarboksillanib atsetil-KoA, CO
2
, H
2
O ga parchalanadi. Bu
reaksiyalarning ketma-ketligi quyidagicha (54-rasm).
I bosqich. Pirouzum kislota TPF (tiaminopirofosfat) bilan birikib,
uning faol shakliga aylanadi.
II bosqich. Aktivlangan pirouzum kislota koferment lipoat kislota
ishtirokida dekarboksillanadi. Bu reaksiyani piruvat-lipoat-
oksidoreduktaza (yoki PDG) fermenti katalizlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |