1.
Kinematik tahlil uchun 3D «Virtual reallik»ni
qurish va ko‘rish texnologiyasi. Unda inson
tanasining potensial nuqtalariga qo‘yilgan
sensorlar orqali ularning xarakatlarini
kuzatishimiz mumkin.
2.
Inson tanasini gravitatsiya kuchini baholovchi
kuch platformasi. Bu qurilmada insonning
og‘irlik markazi, uning umurtqa pog‘onasi
xolati kabilarini aniqlashga yordam beradi
3.
Inson mushaklari faolligini aniklovchi EMG
analizatorlari. Ushbu sensorli-
analizatorlarda inson mushaklarining
qarshiligi ko‘rsatkichlari, ularning qisqarishi
yoki kengayishi xisobida xosil bo‘ladigan
impulslarni aniqlashga imkon beradi.
4.
Inson xarakatini tahlil qiluvchi inersional
sensorli sistema. Ushbu qurilma
laboratoriyaning asosiy apparat modullari
bo‘lib, insonning xarakat traektoriyasi, uning
kinematik xamda dinamik xarakatlari bo‘yicha
xulosa beruvchi intellektual vositadir.
5.
NIRVANA – neyromotor kasalliklari bor
insonlarga multisensor stimulyatsiya orqali
reabilitatsiya qiluvchi terapevtik tizim.
Bunda asosan xar xil oyoq va qo‘l
xarakatlari orqali bajarilishi mumkin
bo‘lgan mashqlar orqali insonning refleksiv
(ko‘rish, eshitish,
xarakat) xususiyatlari xaqida xulosa
chiqarishga yordam beradi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, loyiha oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri
bu
jahonda
tibbiyot
sohasida,
jumladan
reabilitatsiyada,
axborot
texnologiyalarining ilg‘or yutuqlarini qo‘llash borasidagi ish tajribalarni
o‘rganish, mazkur texnologiyalarni qo‘llash jarayonlari bilan tanishish,
Muhammad al- Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari
universitetida axborot- kommuniksion texnologiyalarini tibbiyot sohasida
qo‘llash ko‘nikmalariga ega kadrlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, yangi
magistratura mutaxassisligini ochish borasida takliflarni ishlab chiqishdan
iboratdir. Hozirda yangi magistratura mutaxassiligi uchun yangi magistrlik
dasturini yaratish, o‘quv rejani shakllantirish, o‘qitilishi lozim bo‘lgan fanlarni
jahon talablari asosida shakllantirish, ularning fan dasturlarini yaratish va
uslubiy materiallarni tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu vazifalarni
bajarishda Fransiyaning Sarbona universiteti professorlari bilan bevosita
xamkorlik qilinmoqda.
Topshiriqlar.
1.
Vicon, Qualysis, Kistler kabi komplekslarning tuzilishi, ishlash
prinspi,
arxitekturasi, dasturiy-apparat vositalarini taxlil qilish.
2.
Yuqoridagi komlekslar bilan o‘zimizning laboratoriyada joylashgan dasturiy-
apparat vositalarning qiyosiy taxlilini amalga oshiring.
3.
Yuqoridagi tizimlardan ixtiyoriy bittasi tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |