Bioinformatika va biomexanika



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana30.03.2022
Hajmi0,89 Mb.
#519256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Biomexanika uslibiy qo\'llanma 1

Foydalanuvchi interfeysi 

Foydalanuvchilar uchun GUI HTML5 va CSS3 dasturiy vositalarni qo‘llab-
quvvatlovchi interfeys yaratilgan. Python tilida biosignal ma’lumotlarini 
boshqarish, JavaScript da esa signalni osongina kiritishni amalga oshirish mumkin 
(5-rasmga qarang). 

6-rasmda foydalanuvchi interfeysi va real vaqt ma’lumotlarini olish ekrani 
ko‘rsatilgan (Signal BIT). U odatda mavjud bo‘lgan ikkita operatsiya rejimiga ega: 

Haqiqiy vaqt. BITalino qurilmasini boshqarish uchun real vaqtda biosignal 
qabul qila olishni boshlash va to‘xtatish, keyinchalik ishlash uchun panel 
tomonidan saqlangan dastlabki ma’lumotlarni saqlab qo‘yish, raqamli chiqish 
portlarini almashtirish, BITalinoning real vaqt rejimida ishlashi bilan bog‘liq 
bo‘lgan boshqa operatsiyalarni bajarish. 

Oldin saqlangan biosignal ma’lumotlar yozuvlarini yuklash va navigatsiya 
qilish uchun filtrlash, xususiyatni tanlab olish, keyinchalik qayta ishlash 
operatsiyalarni bajarish uchun. 


5-Rasm. Webga asoslangan foydalanuvchi interfeysining Pythondagi kod 
qismlari. 
 
Signal BIT uchun keltirilgan yondashuvlar ko‘p tomonlama ishlash 
qobiliyatiga ega. C / C ++ kabi tillarda tatbiq etilgan monolitik yondashuvlarda 
ishlash uchun yuqori darajada optimallashtirilishi mumkin. Lekin ularning o‘zaro 
faoliyat platformasi muvofiqligi, dasturiy kodlash vaqti va GUI dizayni jihatidan 
yuqori xarajatlarga ega. 
6-Rasm. Real vaqtda ma’lumotlarni yig‘ish uchun Signal BIT 
foydalanuvchi interfeysi. 
 
Boshqa bir tomondan, biosignallar bilan tajriba almashish imkonini beruvchi 
va kuchli ilovalarni tezkor prototiplashda, veb-texnologiyalar bilan ta’minlangan 
boy GUI dizayn imkoniyatlaridan va yuqori o‘zaro faoliyat platformalar 
portativligini ta’minlashda, Script funksiyalaridan va Python da joylashgan 
modullarning xilma-xilligidan foydalanishimiz samarali yo‘l hisoblanadi. 


BITalino biosignalni qabul qilish va qayta ishlashni o‘z ichiga olgan bilim 
va tajriba faoliyatini takomillashtirish vositasi sifatida yaratilgan. Bizning 
maqsadlarimizdan biri, dasturiy ta’minot bazasi orqali asboblar jamlanmasini 
qo‘llab-quvvatlash uchun Python dan foydalanib, tadqiqotchilarni mavjud 
uslublar bilan vizullashtirish va tajriba qilish, shuningdek dasturiy va o‘z 
uslublarini baholash uchun osonlashtirish. Bizning yondashuvimizdan 
tadqiqotchilar biosignallarni qayta ishlashning oldindan mavjud usullari bilan 
tajriba o‘tkazishlari va biologik qayta ishlash asoslarini o‘rganishlari mumkin. 
Tadqiqotchilar o‘z malakalarini oshirishda o‘zlarining kodlarini sinab 
ko‘rishlari, o‘z filtrlarini sinab ko‘rishlari, dasturiy komponentlarga yangi 
funksiyalarni qo‘shishlari va boshqa xususiylashtirish operatsiyalarini 
bajarishlari mumkin. 
BITalino, shuningdek, muhandislik bo‘lmagan dasturlar uchun ham 
kengaytiriladi. Masalan, tibbiyot, nevrologiya va psixologiya darajalari nuqtai 
nazaridan markaziy asab tizimining periferik biosignal o‘lchovlari odamning 
psixofiziologik o‘lchamlarini tahlil qilish uchun tegishli ko‘rsatkichlarni taqdim 
etishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, an’anaviy laboratoriya jihozlarining narxi 
va murakkabligi o‘quv dasturlarining boshidanoq tadqiqotchilar bilan ishlash 
uchun to‘siq hisoblanadi. Yana bir misol kardiologiyadan olingan ma’lumotlar 
bo‘lib, unda standart klinik ECG uskunalari juda cheklangan yoki aniq 
bo‘lmagan ma’lumotlarga yega bo‘lishlari. Buning natijasi o‘laroq, 
tadqiqotchilar to‘plangan biosignallarning potentsialini to‘liq o‘rganish 
imkoniga ega bo‘lmasliklari mumkin. 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish