6– Laboratoriya ish
Mavzu:
Mushaklar biomexanikasi, EMG signalini tabiati va xususiyati.
Ishdan maqsad:
Taxlil qiluvchi dasturiy-apparat BITalino dasturiy kompleksda real
vaqda mushaklardan olingan signallarni tahlil qilish
va MATLAB paketida qayta
ishlov berish.
Biosignallarni
tibbiyot
sohasida
keng
foydalaniladigan
turlariga
elektromiografiya (EMG) misol bo‘la oladi. So‘ngi bir necha o‘n yillar mobaynida
muhandislik tamoyillari va asbob-uskunalarini ushbu mavzuga tadbiq etish
zamonaviy dunyoning zamonaviy texnika va ilmiy yutuqlariga olib boradigan
muhim ahamiyatga ega yo‘l ekanligini isbotladi.
Bugungi kunda ushbu mavzu
global mavzuga aylanib bormoqda. Biosignallarni zamonaviy usullarni qo‘llagan
xolda insonning ish faoliyatini monitoring qilish va xulosa qiluvchi mexanik
muhandislik qurilmalarini tadqiq qilish orqali bu mavzuni rivojlantirishimiz
mumkin bo‘ladi.
Ammo shunga qaramay, biosignallarni qayta ishlash,
eksperimental faoliyat o‘tkazish apparat va dasturiy muhit tomonidan bir qancha
qiyinchiliklarga olib kelmoqda [1].
Shuning uchun xam bizga biosignallarni qayta ishlash va ularni xayotga tadbiq
etadigan innovatsion dasturiy va apparat komplekslarni o‘rganish,
shu bilan birga
ular orqali ilmiy tadqiqotlar va ilmiy tajribalarni amalga oshirishga imkoniyat
yaratib beradi.
BITalino qurilmasi foydalanish uchun qulay va ixcham bo‘lib, uning yordamida
biosignallarni o‘rganish orqali tibbiyotning nevrologiya,
psixologiya, kardiologiya
kabi soxalarda tashhis imkoniyatlarini oshirish va masofaviy (teletibbiyot)
tibbiyotni rivojlantirish vazifalarini bajarishi
mumkin bo‘ladi. Tadqiq etilayotgan qurilmani asosan quyidagi uchta rakursda
ko‘rib chiqamiz:
Asbob-uskunalar. Umuman olganda, ushbu qurilma biosignalni qayta ishlovchi
xam nisbatan arzon va biosignal xususiyatlarining barchasini o‘lchash
imkonini
beruvchi kompakt to‘plamdan iborat.
Qabul qilish. Aksariyat arzon vositalar faqatgina signalni yuqori darajada
kirishini ta’minlash maqsadida ularning imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklaydi
(masalan mushak signallari – EMG faqat shu signalni qo‘llab-quvvatlaydi). Ushbu
qurilmaga bir qancha turdagi kiruvchi va chiquvchi signal turlarini bir joyga
(kompakt) jamlash va bir vaqtning o‘zida ishlov berish
kabi xususiyatni amalga
oshirish imkoniyati mavjud. Odatda eksperiment o‘tkazish qiziqarli bo‘lishi uchun
bir qancha dasturiy va apparat bloklar yordamida tajribalar o‘tkaziladi.
Qayta ishlash. Biosignallarning ma’lumotlarini tahlil qilish va o‘rganishda,
odatda, filtratsiya, to‘lqin xarakteristikalarini aniqlash,
xususiyatni ajratish kabi
xodisalarni o‘z ichiga oladi. Asosiy qurilish bloklari Matlab va Labview kabi ilmiy
hisob-kitob vositalari mavjud bo‘lsa-da, ammo algoritmlar va funksiyalarni
biosignallarga bog‘lash bilan bartaraf etish uchun tuzilgan usullar to‘plamini
tuzishda, xamda bu sohada ishlashni alohida (personal) ta’minlab berishga xizmat
qiladi.
BITalino yuqoridagi aytib o‘tilgan muommolarni
bartaraf etish uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, biosignallarni aniqlovchi (BITalino), dasturiy ta’minot va
amaliy dasturlar interfeysi (API), signallarni vizuallashtirish (OpenSignals) va
multimodal biosintez ishlov berish (BioSPPy) kabi qismlardan iborat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: