2-laboratoriya ishi Mavzu: MatLab dasturida sohaga oid ma’lumotlarni qayta ishlash
Ishdan maqsad: - talabalarning Matlab paketida ishlash bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish.
Nazariy qism Matlab tizimini ishga tushirilgandan so‘ng ekranda quyidagi to‘rtta paneldan iborat oynalar paydo buladi:
Command Window (komandalar oynasi) – eng ko‘p ishlatiladigan oyna bo‘lib, unda foydalanuvchining komandalari bevosita bajariladi va natijalar keltiriladi.
Command History (komandalar tarixi) – foydalanuvchining barcha komandalari saqlanadi.
Workspace (ishchi fazo) – foydalanuvchi tomonidan komandalar oynasiga kiritilgan barcha o‘zgaruvchilarni aks ettiradi.
Surrnt Directory (joriy katalog) – provodnik dasturiga o‘xshash funksiyani bajaradi.
Komandalar oynasi ishlagandan so‘ng foydalanuvchi klaviaturadan komandalarni kiritadi va Enter tugmasini bosadi. Natijada ekranda komandalar natijalari yoki xatolar xaqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
Komanda – Matlab tizimining standart joydagi o’yekti bo‘lib, quyidagicha formatga ega:
,
Bu yerda:
- komandaning standart nomi;
- xar bir komanda uchun aniqlashtiriladi va keltirilmasligi xam mumkin.
Matlab tizimining komandalari ro‘yxati Matlab/bosh papkasida keltirilgan.
O‘zlashtirish operatori – ikki turga bulinidi.
Oshkor o‘zlashtirish operatori:
= < ifoda>.
Oshkormas o‘zgartirish operatori:
ans
Konstantalar – Matlab tilining xisoblash jarayonida o‘zgarmas qiymatga ega ob’yekti bo‘lib, quyidagilarga bo‘linadi:
1.Sonli konstantalar:
butun;
xakikiy;
kompleks:
2. Mantiqiy konstantalar ( True (rost) yoki False(yolg‘on))
3. Simvol(belgi) ko‘rinishdagi konstantalar (apostrof ichiga olingan belgilarning ixtiyoriy ketma-ketligi).
O‘zgaruvchilar – Matlabning xisoblash jarayonida o‘z qiymatini o‘zgartiruvchi ob’yektlardir.
O‘zgaruvchilar oddiy o‘zgaruvchilar va massivlarga bo‘linadi.
Funksiyalar – ichki va tashki funksiyalarga ajraladi.
Ichki funksiya – Matlab tilining standart nomi ob’yekti bo‘lib, yopiq qavslar ichidagi parametrlar asosida amallar bajariladi.
Funksiyaga murojaat uning nomi orkali quyidagicha amalga oshiriladi:
[y1,y2…..]= (x1,x2……). Bu yerda:
- funksiyaning standart nomi.
x1,x2….. – kiruvchi parametrlar ro‘yxati.
y1,y2….. – chikuvchi parametrlar ro‘yxati.
Asosiy matematik funksiyalar ro‘yxati bilan help elfun komandasi yordamida tanishish mumkin.
Ifodalar – Matlab tilining ob’yekti bo‘lib, operasiyalar orqali o‘zgarmaslar, o‘zgaruvchilar va funksiyalarning ma’noga ega bo‘lgan to‘plamidir. Ifodalar arifmetik, mantiqiy va simvolli kabi turlarga bo‘linadi.
Operasiyalar – matrisalarni ko‘shish, ayirish, ko‘paytirish, darajaga ko‘tarish, o‘ng va chap bo‘lish va x.k.lar bo‘lib, ular xaqidagi ma’lumotlarni help ops komandasi orkali olish mumkin.
Topshiriqlar Arifmetik ifoda qiymatini xisoblang va olingan natijani keltirilgan javob bilan takkoslang
.Berilgan formula asosida xisoblashlarni bajarish. Amallar ketma-ketligini ko‘rsatish. Olingan natijani keltirilgan javob bilan takkoslang