«Биохилма-хилликни сақлаш ва ривожлантириш» Республика онлайн илмий-амалий анжумани
Гулистон 2020 й. 17-18 апрель
296
ekin ekiladi. Shu bois Mirzacho’l agrolandshaftlari tuzilmasida: dala, bog’, o’tloq-
yaylov va boshqa (Milkov ,1973) landshaft tiplarini uchratish mumkin.
Agrolandshaftlarda grunt- ya’ni zamin sizot suvi tuproq tizimidagi o’zaro
aloqadorlik va ta’sir o’ta mustahkamligi ma’lum. Bu o’z o’rnida butun
agromajmuaning transformatsiyalanishiga qodir holatdir (Xodjimatov, 2017, 29-bet).
Demak, mazkur holat mavjud landshaftlarning beqarorligidan dalolatdir. Bilamizki,
landshaftlarning beqarorligi aksriyat hollarda ularning fizik- kimyoviy sharoiti bilan
bog’liq. Mirzacho’lning allyuvial- prolyuvial tekisliklari gruntining aeratsiya
mintaqalari o’zida ko’p miqdorda suvda eruvchi tuzlarni saqlaydi (100-600 t/ga). Bu
jarayon sug’orma yerlarda muntazam tegishli meliorativ tadbirlarni qo’llashni taqozo
etadi.
XX asrning 60 yillari boshlarida Mirzacho’lning janubi (Tojikiston
Respublikasi hududi ) da 15ming gektarga yaqin yerlarni sug’orila boshlangandan
so’ng ma’lum bir vaqt o’tishi bilan cho’lning shimolida joylashgan eski va yangi
o’zlashtirilgan yerlarning meliorativ holati yomonlasha boshladi. Bunga sabab
prolyuvial tekisliklardagi yerlarning yuqori qismidagi sug’orilgan maydonlardan sizib
o’tgan suvlarning uning chekka-atrof qismlariga oqib kelishidir. Natijada pastki
qismida sizot suvlarning sathi ko’tarilib tuproqning sho’rlanish darajasi bir necha
marta ortdi va katta maydonlarda sho’r bosishi ro’y berdi.
Mirzacho’l tabiiy majmualarining o’zgarish dinamikasini o’rganish va tahlil
qilish shuni ko’rsatdiki o’tgan asrning 70- yillaridan boshlab voha
agrolandshaftalrining o’zgarishi goh tuproqda tuz to’planishi, goh tuproq yuza
qismining shamol ta’sirida uchirilishi, goh sug’orishi eroziyasi, goh botqoqlanishini
yo’nalishida aniq bir tabiiy sharoit bilan bog’liq tarzda ro’y bermoqda.
Voha geotizimlaridan foydalanishda boshqaruv tartibidagi e’tiborsizlik va
loqaydliklar oqibatida qishloq xo’jaligi yerlarining foydalanishga yaroqsiz holga
kelishiga, ya’ni cho’llashishiga olib keladi. Pirovard oqibatda avvalgi asrning 90-
yillarining o’rtalariga kelib Mirzacho’l vohalari (Jizzax va Sirdaryo viloyatlar) da
sho’rlangan yerlar maydoni 80% ga yetdi.
Mirzacho’l vohasining tabiiy majmualarida sodir bo’layotgan noma’qul
o’zgarishlarni oldini olish hamda bartaraf etish, vohaning tabiiy-meliorativ sharoitini
chuqur o’rganishni taqazo etadi. Garchand bu borada professor A.A.Rafiqov
tomonidan salmoqli tadqiqotlar amalga oshirilgan bo’lsada, uni hanuzgacha
amaliyotga tadbiq etilgan deb bo’lmaydi. Ushbu tadqiqotlarni davom ettirish va
rivojlantirish zarurligini ta’kidlamoq zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |