Biogeotsenologiya



Download 36,64 Kb.
bet1/4
Sana04.04.2023
Hajmi36,64 Kb.
#924723
  1   2   3   4
Bog'liq
Biotsenoz


Biotsenoz
«Biotsenoz» lotincha so’z bo’lib «bios» — hayot, «tsenoz» — umumiy, ya’ni biotsenoz hayotni umumiy masalalarini o’rganadi. Biotsenoz a’zolarining birga hayot kechirishga moslanganligi ularning muhit sharoitlariga bo’lgan talabining bir xilliri va qonuniy ravishda o’zaro munosabatlarida seziladi. «Bioienoz» atamasi hozirgi zamon ekologik adabiyotlarda hududdagi organizmlarning tarqalishini aks ettirish maqsadida qo’llaniladi (bu quruqlikka nisbatan bir xil o’simliklar jamoasini ajratishda qo’llaniladi).
O’simliklar jamoasi lotin tilida «fitotsenoz», hayvonlar jamoasi esa «zootsenoz» deb ataladi. Fitotsenoz bilan zootsenoz birgalikda umumbiologik tushunchani — biotsenozni tashkil qiladi, ya’ni tirik organizmlar jamoasi degan ma’noni anglatadi. Ma’lumki, Yer kurrasida mavjud bo’lgan tirik organizmlar o’zaro ma’lum munosabatda bo’lib qolmasdan, balki tashqi muhit va ayniqsa, iqlim va tuproq muhiti bilan vositali yoki vositasiz munosabatda bo’ladi. Bunday munosabatlarni o’rganuvchi sohaga biogeotsenologiya deyiladi.
Biogeotsenologiya avvalo tirik arganizmlarning tuproqqa bo’lgan munosabatini o’rgangani uchun uning ob’ekti biogeoienoz hisoblanadi. Biogeotsenoz haqidagi tushunchani birinchi bo’lib akademik V. N. Sukachev 1942 yili fanga kiritgan. Bu tushuncha bilan u Yer yuzining ma’lum bir bo’lagida o’zaro o’xshash sharoitlarning mavjudligi va shu sharoitda mikroorgaiizmlar, hayvon va o’simliklarning birgalikda yashashi natijasida bir-biriga nisbatan ta’sir ko’rsatishini kuzatish hamda o’rganish kerakligini qayd qiladi.
Soddaroq qilib aytganda, o’lik tabiat bilan tirik tabiat o’rtasidagi munosabatlarni biogeotsenologiya o’rganadi. O’simliklar biotsenozlarni bir-biriga nisbatan tashqi ko’rinishini o’rganganda ularning faqat yer ustki qismi tana ko’rinishinigina e’tiborga olinmasdan, balki uning ostki kismi (ya’ni ularning ildiz sistemalarining bir-biriga nisbatan tuproqning turli qatlamlarida aralishini) xam ko’zda tutiladi. Muayyan bir hududda turlar tarkibi, turlar soni, yarusligi, tashqi ko’rinishi bilan bir-biridan ma’lum darajada ajraladigan bir necha jamoalarni ko’rish mumkin. Bunday hollarda jamoa, mikrojamoa yoki mikrobiotsenozlar xaqida gap boradi. Masalan, zich o’rmonlarda bir xil mikrobiotsenozlar mavjud bo’lsa, individlar, siyrakroq o’rmonlarda ikkinchi xil mikrobiotsenozlarni ko’rish mumkin. shunday biotsenozlar daraxtlardan tortib (agar ular shu jamoalarda bo’lsa) barcha buta, o’t o’simliklari yo’sinlar, lishayniklar, suv o’tlari, zamburug’lar va bakteriyalarni o’z ichiga oladi.
SHunday qilib, biotsenoz o’rganilayotganda yuqorida ko’rsatilgan xususiyatlardan tashqari, shu biotsenozni tashkil kiladigan o’simliklar, hayvonlarning hayotiy shakllari ham etiborga olinadi. Fasllar va yil davomida biotsenozlarning qiyofasi o’zgarib turishi mumkin. Bunday vaqtlarda davriylik va aspekt (mavsumiylik) haqida gapiriladi. Bunday o’zgarishlarning yil davomida sodir bo’lishida biotsenozning tarkibi ham muhim ahamiyatga egadir. Kichik jamoalar uchun (daraxtlarning tanalari va barglarida yashaydigan individlar) har xil atamalar ishlatiladi: mikrojamoa, biotsenotik gruppalar, biotik komplekslar va boshqalar.
Biotsenetik gruppalar o’rtasida keskin farq bo’lmaydi, kichik jamoalar ham uning tarkibiga kiradi. Undan kattaroq jamoalar yana ham kattaroq jamoalarga kiradi, ular nisbatan o’zlarining muxtor (avtonom) qismlariga ega bo’ladilar. SHunday qilib, yo’sin va lishayniklar daraxtlarning poyasidagi yirik jamoalardan tashkil topgan organizmlardir, bular shu yerdagi daraxtlar va boshqa omillar bilan bog’langan bo’ladi. Bu gruppalar o’z navbatida o’rmon biotsenozining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Biotsenoz bu murakkab komplekslarga kiradi va yerning butun jonli qatlamini hosil qiladi. SHunday qilib, biotsenozda hayotning tashkil qilinishi ierarxiyaga asoslangandir. Jamoalarning masshtabi kattalashgan sari, ularning murakkabligi oshib boradi va turlararo bilvosita bog’lanish ham ko’p bo’ladi.
Tabiatda jonli organizmlar o’z qonuniga muvofiq qo’shiladi. Ularning mavjudligi va rivojlanishi tabiiy sistemadan iboratdir. Sistemaning asosiy xususiyatlaridan bittasi organizmlardan yuqoriroq tashkil etilgan hayot nemis ekologi V. Tishler klassifikatsiyasi bo’yicha quyidagichadir:
1) Jamoalar hamma vaqt tayyor qismlarda (turli turlardan yoki bir necha turlar kompleksidan) hosil bo’lada va qo’shiladi. Uning hosil bo’lishi o’simlik bilan ayrim organizmlarning paydo bo’lishidan farq qiladi.
2) Jamoalarning qismlari almashinishi mumkin. Bir tur (yoki turlar kompleksi) boshqa turning o’rnini egallashi mumkin, agar ekologik jihatdan talablari bir xil bo’lsa, bunda ular sistemaga hech qanday zarar o’tkazmaydilar.
3) Agar bir butun organizmda doimiy ravishda koordinatsiya saqlanadigan bo’lsa, organizmdagi organlarning ta’sirida hamkorlik bo’lsa, hujayra va turkumlarningfaoliyatlarida birlik bo’lsa, bu vaqtda organizmlarning ustidagi sistema (bosiq vazndagi) qarama-qarshi yo’nalishdagi kuchlar asosida vujudga keladi. Biotsenozdagi turlarning manfaatlari karama-qarshidir. M a s a l a n: yirtqich-o’zining o’ljasi uchun antagistdir, ya’ni bir-biri bilan murosaga kelmaydigan raqiblardir, shunday bo’lishiga qaramasdan ular jamoalarda birga yashaydilar.
4) Jamoa miqdor jihatdan bir turning ikkinchi tur tomonidan boshqarilishiga asoslangandir. Organizmlar kattaligining chegarasi uning ichki irsiy dasturi bilan chegaralangandir, Organizmlardan yuqori sistemaning kattaligi tashqi sabablar bilan aniqlanadi. Jamoalar tabiatda muhit omillari va inson faoliyati tufayli doimiy ravishda rivojlanib turadi. Ba’zan bunday rivojlanish progressiv (ilg’or) va regressiv tabiatda bo’lishi mumkin.
Evolyutsion rivojlanish natijasida muayyan bir hududda oldin yashaganjamoalar, insonlar ta’sirida o’zgarib boshqa bir jamoa bilan almashinishi mumkin. Keyingi holda insonlarning kundalik ijodiy faoliyati natijasida botqoqliklarning quritilishi va o’zlashtirilishi, qo’riq bo’z yerlarning, to’qayzorlarning o’zlashtirilish natijasida. Bu yerlarda madaniy agrotsenozlardan foydabo’lgan. Biogeotsenoz o’zining xuddi shu jihati bilan inson yaratadigan madaniy landshaftlardan — agrotsenozlardan farq qiladi. Agrotsenoz — sun’iy ravishda saqlab turiladigan beqaror gruppadan iborat bo’lib, unda komponentlarning uzaro aloqasi inson tomonidan amalga oshiriladi. Inson komponentlar tarkibini o’zi xohlaganicha o’zgartiradi va o’zi ekib o’stirgan o’simliklarni atayin qalin (zich) holda saqlab turadi. SHuning uchun ham agrotsenozning strukturasi tabiiy biotsenozlar tarkibiga nisbatan odatda juda sodda bo’ladi, chunki agrotsenozlarda ko’pincha bir yoki bir necha tur domenantlik qiladi, boshqa turlar esa sun’iy ravishda bostirilib turadi.

Download 36,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish