Ibtidoiy jamoa tarixi, shakillanishi, tarqalishi. Ibtidoiy jamiyat



Download 131,06 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi131,06 Kb.
#212859
Bog'liq
Ibtidoiy jamoa tarixi



Ibtidoiy jamoa tarixi , shakillanishi, tarqalishi. 

 

         Ibtidoiy jamiyat - ibtidoiy odamlarning paydo boʻlishidan to davlat yuzaga 

kelguniga qadar boʻlgan davr. Jamoa boʻlib mehnat qilish va jamoa boʻlib isteʼmol 

qilish Ibtidoiy jamiyat ning oʻziga xos xususiyatidir. Eng oddiy mehnat qurollariga 

ega boʻlgan ibtidoiy odam yakka-yakka holda tabiat kuchlariga va hayvonlarga 

qarshi kurasha olmas edi. Shuning uchun ibtidoiy odamlar jamoa ravishda mehnat 

qilib, oʻz mehnatlarining mahsulini teng taqsimlar edilar. Ibtidoiy jamiyat iborasi 

juda buyuk kash-fiyot hisoblanib, u birinchi navbatda eta. olim L. G. Morgan nomi 

bilan bogʻliq. L. G. Morgan oʻzining "Qadimgi jamiyat" (1877) asarida juda boy 

etn. materiallarga asoslangan holda ilmiy olamda birinchi boʻlib, kishilik tarixining 

dastlabki sinfiy jamiyatga qadar boʻlgan davrini ikki bosqichga boʻlgan: 1-

bosqichni "ibtidoiy tuda", 2-bosqichni esa "ibtidoiy urugʻchilik jamoasi" deb atadi. 

Ibtidoiy tuda bo-sqichi oʻz mazmun va mohiyati bilan ilk ajdodlarimizning 

"hayvonot" olamidan ajralib insoniyat olamiga oʻtish davri bilan harakterlanadi. L. 

G. Morgan bu bosqichni Ibtidoiy jamiyat ga kiritmagan. Aslida Ibtidoiy jamiyat 

urugʻchilik jamoasini vujudga kelishi bilan boshlanadi. L. G. Morgan fikriga F. 

Engels va V. I. Leninpar qoʻshilsada, ammo ular urugʻchilik jamoasi davrini 

"ibtidoiy kommuna", "qadimgi kommunizm" iboralari bilan almashtirib katta 

nazariy xatoga yoʻl qoʻyadilar. I. V. Cmashinning "Dialektik va tarixiy 

materializm haqida" asari paydo boʻlgach, masala yanada chalkashib ketdi. U 

Ibtidoiy jamiyat tushunchasiga kishilik tarixini ibtidoiy tuda bosqichini ham 

qoʻshib yubordi. Stalincha konsepsiya keyinchalik sobiq sovet tarixshunosligida 

asosiy yoʻl-yoʻriq boʻlib qoldi. Aslida, tarixan birinchi ijtimoiy-iqtisodiy 

formatsiya — ibtidoiy urugʻchilik jamoasi edi. U urugʻ jamoalarining paydo 

bulishidan to birinchi sinfiy jamiyatning shakllanishiga qadar boʻlgan davrni oʻz 

ichiga oladi. Ibtidoiy tuda davrida esa ishlab chiqarish ning oʻzi boʻlmagan. Bu 

davr odamzodning uzok, davom etgan tadrijiy shakllanish bo-sqichi boʻlib, u 

haqiqatan Ibtidoiy jamiyat ga oʻtish davri hisoblanadi. L. G. Morgan oʻz vaqtida 

Ibtidoiy jamiyat ni 2 bosqichga boʻlgan: bi-rinchisini "ibtidoiy urugʻchilik 

jamoasi", ikkinchisini esa "harbiy demokratiya bosqichi" deb ataydi. 20-asr 

davomida etn. va arxeologiya sohalarida fan olamida qoʻlga kiritilgan yutuqlar 

harbiy demokratiya davrini sinfsiz jamiyatdan birinchi sinfiy jamiyatga oʻtish 

bosqichi sifatida qarashni, shuningdek, "ibtidoiy urugʻchilik jamoasi" davrini ikki 

fazaga boʻlishlikni taqozo etadi. Ibtidoiy urugʻ jamoasining har ikkala fazasi 

davomida inson hayotida juda katta sifat oʻzgarishlari yuz berdi. Bu davrda 

dastlabki jamoa boʻlib yashash kurtagi paydo boʻldi. Bu kurtak urugʻ jamoasining 

tarkib topishiga asos solgan onalar atrofida yuz berdi. Shuning uchun ham 

urugʻchilik jamoasining bu ilk fazasi — ona urugʻi — matriarxat deb ataldi. 

Urugʻchilikning birinchi tadrijiy rivojlanish fazasida ishlab chiqarish 

munosabatlari toʻlaligicha urugʻ manfaatiga mos tushadi, jamoada ijtimoiy ishlab 

chiqarish hukmron. Endi ibtidoiy urugʻchilik jamoasining ikkinchi fazasida ishlab 

chiqarish munosa-batlari asta-sekin urugʻ manfaati do-irasidan chiqa boshlaydi. 



Bunday ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarishlar ibtidoiy jamoa xoʻjaligida dehqonchilik va 

chorvachilikning kelib chiqishi rivojlanishi bilan, jamoada ortikcha mahsulotning 

paydo boʻlishi va bozor munosabatlarining tarkib topishi bilan bogʻliq edi. Bu 

jarayonlar, albatta, ishlab chiqarish da erkaklar mehnatiga talabning or-tishi va 

urugʻlararo guruxli nikohning buzilishi va urugʻ jamoasidan tashkarida patriarxal 

juft oilaning qaror topishi bilan bogʻliq edi. Ibtidoiy urugʻchilik jamoasi zamonida 

roʻy bergan bu oʻzgarishlar matriarxal urugʻ jamoasining patriarxal urugʻ 

jamoasiga oʻz oʻrnini boʻshatib berishiga olib keldi. Ota urugʻi (patriarxat) 

shakllandi. Jamoada erkaklar rolining kuchayishi tabiiy ravishda patriarxal juft 

oilani keltirib chiqardi. Patriarxal urugʻ jamoasidagi juft oila nikohi va uning 

tarkibida monogam nikoh tizimining karor topishiga olib keldi. Ilk urugʻchilik 

jamoasi davrida odamzod birinchi bor amaliy sanʼatni kashf etdi, yaʼni sanʼat 

dastlab ayol haykallarini yasashdan, birinchi navbatda, homilador ayol tasvirini 

ishlashdan boshlandi. Bu davrning boshqa bir buyuk oʻzgarishi odamzodning 

biologik jismoniy tuzilishida roʻy berdi, yaʼni yevropeoid, negroid va mongoloid 

irklar shakllandi va, nihoyat, eng qad. ajdodlarimiz tabiiy gʻordan chiqib, maʼlum 

mintaqalarda oʻzlari uchun kulba yasash yulini kashf etdilar. Ibtidoiy ajdodlarimiz 

hayotidagi bu inqilobiy oʻzgarishlar ona urugʻi — matriarxatning dastlabki ming 

yilliklari davomida, yaʼni miloddan avvalgi 40— 30ming yilliklarda sodir boʻldi. 

Ibtidoiy tuda davrida ilk ajdodlarimiz oʻrtasida biologik aloqalar cheklanmagan, 

tartibsiz holda yuz bergan boʻlsa, ibtidoiy urugʻchilik jamoasi tarkib topishi bilan 

odamlar oʻrtasidagi biologik aloqalar maʼlum tartibga tushdi, yaʼni biologik 

aloqalar endi ikki urugʻ jamoasi aʼzolari oʻrtasida sodir boʻladigan boʻldi. Bu 

nikoh tartibi guruxli nikohdeb yuritildi. Key-inroq, ona urugʻi davrining soʻnggi 

fazasida ana shu guruxli nikoh doirasida ayollar farzandlarining otalaridan oʻz 

urugi uchun ishlab berishni, oʻz urugʻi yumushlariga yordam berishni talab kila 

boshlaydilar. Bu talablar, albatta, iqtisodiy muammolar bilan bogʻliq boʻlib, ona 

urugʻi jamoasi zaminida matriarxal juft oilani rasmiylashi-shiga olib keldi. Onalar, 

endi, uz farzandlariga uz otasini tanishtira boradi. Uzok, davom etgan bu 

nikohtarti-bi va axloq normalari ona urugʻi doirasida erkaklar rolining 

kuchayishiga olib keldi. Iqtisodiy hayot tashvishlari endi erlar qoʻlida jamlandi. 

Erkaklar iqtisodiy xujalik jilovini uz qoʻllariga oladilar va ularning farzandlari 

oldidagi nufuzi ortib boradi. Ibtidoiy urugʻchilik jamoasining ikkinchi fazasida 

urugʻ jamoalari xoʻjaligida qoʻshimcha daromad paydo boʻladi, u esa, oʻz 

navbatida, mol ayirboshlashni keltirib chikaradi. Ana shu davrdan boshlab 

urugʻlarning qabilalarga birlashishi boshlanadi. Qabilalararo iqtisodiy aloqalar 

vujudga keladi va ularning oqibat natijasi sifatida kishilik tarixida harbiy 

demokratiya davri boshlandi. Bu inqilobiy oʻzgarishlar otalar urugʻi (patriarxat) ga 

xos bulib, ular ibtidoiy urugchilik jamoasi zaminida dehqonchilik va 

chorvachilikning kashf etilishi bilan bogʻliq edi. 

Arxeologik jihatdan ilk va urta paleolit davriga muvofiq keluvchi ibtidoiy tuda 

davrida yashagan ajdodlarimizning odamsimon maymun podalariga xos xatti-

harakatlari, ularni fan olamida eng oliy tipdagi odamsimon maymunlardan 

tarqalgan, degan tasavvurni keltirib chiqardi. Aslida, hech bir odamsimon 




maymunlardan (shimpanze, gibbon, orangutan, goril-lalardan) odam tarqalmagan. 

Odamzotning eng ilk ajdodlari oʻzlarining oziq tishlaridagi naqshlari va bosh 

miyasining maymun bosh miyasidan kattaligi bilan farqqiluvchi maymunsimon 

odam ajdodi (Goranna driopiteki) dan tarqalgan. Bu tipdagi odamzot ajdodlarining 

qoldiqlari Jan. Afri-kada zinjantrop, Indoneziyaning Yava o. da pitekantrop, 

Xitoyda sinantrop, Oʻzbekistonda fergantrop, Germaniyada neandertallar nomlari 

ostida to-pib oʻrganildi. Fan olamining xulo-sasiga koʻra, ular to "aqlli odam" 

("homo sapiens) holatiga kelguniga qadar (miloddan avvalgi 40—35 ming yillikka 

qadar) oʻzining tadrijiy shakllanish taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. Ular eng oddiy 

tosh qurollardan va olovdan foydalanishni oʻrgandilar. Madaniyatning dastlabki 

kurtaklari vujudga keldi, maʼnoli nutq paydo boʻldi. Inson asta-sekin biologik 

jihatdan takomillasha bordi, eng ibtidoiy (pitekantrop, sinantrop va neandertal va 

boshqalar) tipdan yuksak taraqqiy etgan va mehnat qilish qobiliyatiga ega boʻlgan 

odam darajasiga yetdi. Avvalo mehnat, soʻngra soʻzlash ikkita eng muhim sabab 

boʻldiki, bu sabablar taʼsiri ostida eng ilk ajdodlarimizning miyasi sekin-asta aklli 

odam miyasiga aylandi. Ilk va oʻrta paleolitdan uning soʻnggi bosqichiga oʻtish 

davrida tosh qurollarni yasashda, ovchilikda ancha yutuqlarga erishildi. Ibtidoiy 

toʻdadan soʻnggi paleolitga oʻtish davrida ijtimoiy munosabatlar va odam qiyofasi 

ancha oʻzgardi va taraqqiy etdi. Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda Ibtidoiy 

jamiyat ning har bir davriga mansub mehnat qurollari Fargʻona vodiysidagi 

Selungur goroda va boshqa joylarda topildi. Arxeolog A. P. Okladnikov tomonidan 

1938— 39 yil larda tekshirilgan Teshiktosh tri yodgorliklari ham mazkur davrning 

mustye bosqichiga mansubdir. 

Soʻnggi paleolit davrida suyak va shoxdan yasalgan buyumlar — igna, bigiz, 

qarmoq, kamon oʻqi, turli xil bezaklar va h. k. keng qoʻllanilgan. Bu davrda parma 

ham paydo boʻldi. Ibtidoiy tuda oʻrnini ijtimoiy jamoaning ancha 

mukammallashgan shakli — ona urugʻi jamoasi (matriarxat) oldi. Bir urugʻ ichida 

nikoh qilish man etildi, natijada ibtidoiy odamlarning jamoa boʻlib uyushishi 

kuchaydi. Arxeologik jihatdan soʻnggi paleolit, mezolit va neolit davriga muvofiq 

ke-luvchi matriarxat davrida urugʻchilik jamoasi ancha uyushqoq ijtimoiy-iqtisodiy 

kurtak boʻlib, kishilar bir-galikda mahsulot tayyorlar va isteʼmol qilar edi. Ular 

ovchilik, baliqchilik bilan shugʻullanganlar, keyinchalik esa motiga bilan yer 

haydab, dehqonchilik qilib va uy hayvonlarini boqib, tirikchilik oʻtkazishgan. 

Matriarxatning rivojlangan davrida mehnat taqsimoti tufayli xoʻjalikda va 

jamiyatda ayollar muhim rol oʻynay boshladi. Ibtidoiy guruh-guruh oiladan alohida 

xoʻjalikka ega boʻlmagan beqaror juftjuft oilaga utildi. Matriarxat davrida qishki 

turar joy, kiyim va bezaklar, qurolning murakkab turlari (oʻq yey, yelmiltiq va 

boshqalar), terini qayta ishlash, mato toʻqish, kulolchilik, tasviriy sanʼat va din 

vujudga kela boshladi. Bu davrning soʻnggi bosqichida et-nik birlik — qabila 

tarkib topdi. Oʻrta Osiyoda shu davrga oid kup yodgorliklar topilgan (mas, Joytun 

mada-niyati, Kaltaminor madaniyati). 

Neolitning soʻnggi bosqichi va jez davrining boshlarida ona urugchilik 

jamoasining ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyotida katta oʻzgarishlar rui berdi. 

Chorvachilik, omoch bilan yer haydash, baliq tutish, metallni oddiy usulda qayta 




ishlash yuzaga keldi. Natijada ayollarning xujalik yuritishdagi roli pasayib, 

erkaklarning roli oshdi. Kishilar tabiat kuchlariga qarshi kurashish uchun turli 

qurollardan foydalandilar. Erkaklar oʻzlari topgan boyliklarini umumiy jamoaga 

emas, oʻz bolalariga berishga intildilar. Shu tariqa matriarxatdan patriarxat davriga 

oʻtildi, urugʻchilik oilalariga ota boshchilik qiladigan boʻldi. Ota urugʻi asosida 

katta patriarxal oilalar tashkil topdi. Patriarxal oilada urugʻchilik tuzumining 

kurtagi saqlangan boʻlsada, uning yemirilayotgani sezilib turardi. Barqaror nikoh 

vujudga kelishi bilan ayol kishi erkak turgan joyga borib yashaydigan boʻldi. 

Bolalar ota ismining va mulkining merosxoʻri boʻldilar, uyda ota hukmronligi 

yuzaga keldi. Ibtidoiy jamiyat kuchlarning oʻsi-shi, ijtimoiy mehnat taqsimotining 

rivojlanishi xususiy xoʻjalikning paydo boʻlishiga, urugʻning yemirili-shiga, oʻziga 

toʻq yuqori tabaqaning ajralib chiqishiga olib keldi, bu tabaqa dastlab harbiy 

asirlar, soʻng qashshoqlashgan qabiladoshlarini qullarga aylantirdi. Qabilalararo 

xoʻjalik va madaniy aloqalarning rivoji tufayli etnik birlikning yangi shakli — elat 

vujudga keldi. Natijada sinflar va davlatlar paydo boʻldi. Urugʻqabila 

boshliqlaridan davlat hokimiyati tashkil topa boshladi. Jez davrida Oʻzbekiston 

hududida sugʻorma dehqonchilik rivojlana boshladi. Bu davrga oid ar-xeologik 

topilmalar moddiymadaniy belgilari va etn. xususiyatlariga karab koʻpgina 

arxeologik madaniyat ismlari bilan ataladi (mas, Amirobod madaniyati

Sopollitepa madaniyati, Zamonbobo madaniyati, Suvyorgan madaniyati, 

Tozabogʻyop madaniyati, Chuyet madaniyati va boshqalar) Oʻrta Osiyo 

hududidagi jez davri yodgorliklarining juda boy majmuasi vohalarda iqtisod va 

madaniyat taraqqiy etganidan bu yerda qadim davrlar-dayoq sinfiy jamiyat tugʻila 

boshlaganidan dalolat beradi. 



 

Download 131,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish