Biogeotsenologiya


BIOTSYeNOZLARNING TUZILISHI



Download 36,64 Kb.
bet2/4
Sana04.04.2023
Hajmi36,64 Kb.
#924723
1   2   3   4
Bog'liq
Biotsenoz

2.BIOTSYeNOZLARNING TUZILISHI
Organizmlardagi munosabatlar juda ham murakkabdir. Bu hodisani ular miqdorining nihoyatda kattaligi to’la isbotlaydi. Yirik tabiatshunos olim V. I. Vernadskiy (1934) ma’lumotiga ko’ra, bizning sayyoramizdagi jonli organizmlarning miqdori 1010 — 1014 tonnaga to’g’ri keladi, O’simliklar massasi hayvonlgr massasidan bir necha marta yuqori bo’ladi. Yer yuzidagi barcha o’simliglarning massasi (V. G. Geptaner — 1936) 2337 km3 ga, hayvonlarniki esa hammasi bo’lib 1 km3 ga teng bo’ladi.
Yashil o’simliklar, ayrim bakteriyalar produtsentlar, ya’ni organik moddalar ishlab chiqaradi. Hayvonlar va yashil holda bo’lmagan o’simliklarning ko’pchilik qismi iste’molchi hisoblanadilar yoki bo’lmasa konsumentlardir. Konsumentlar orasidagi organizmdan organik moddalarni mineral birikmalarga aylantiradigan organizmlar gruppasini ajratish mumkin.
Bunday organizmlarni redutsentlar deb yuritiladi. Bularga bakteriyalarning ko’pchilik vakillari, qaysikim chirish jarayonlarini amalga oshiradigan va boshqa bir qancha organizmlar kiradi. Xar qanday sistemaning tarkibi — qonuniy ravishda ular qismlarining bog’lanishidir. Biotsenozlarnnng tuzilishi ko’p tarmoqli bo’lib, uni tekshirishda bir qancha aspektlarga ajratiladi.
BIOTSYeNOZLARNING TUR TARKIBI
Tur (Species) atamasi organik moddalarga nisbatan ilmiy adabiyotda ishlatila boshlanganiga 250 yildan oshdi. Birinchi bor chet elda Jon Rey o’zining «H.Cstoria peantarim» degan asarida qo’llagan edi. Bu atamaning uzil-kesil qaror topishi va biror nomenklaturadan o’rin olishi yirik tabiatshunos olim K, Linneyning nomi bilan bog’liqdir. Biotsenozlar turlarga boy yoki kambag’al xillarga bo’linadi.
Doimiy ravishda fojiali ta’sir ko’rsatuvchi zonalarda joylashgan biotsenozlarda ham tur spektri unchalik yuqori bo’lmaydi. Masalan, daryolarning toshishi natijasida suv bosishi, yerni haydash natijasida o’simliklar qatlamining yo’qotilishi, doimiy ravishda har xil pestiiidlarning ishlatilishi va kishilar tomonidan ko’rsatiladigan boshka ta’sirlar tufayli tur tarkibi kam bo’ladi. Buning teskarisi, agar muhit sharoitlari, ya’ni abiotik omillar yashash uchun eng yaxshi sharoitga to’g’ri kelsa, turlarg’a nihoyatda boy jamoalar vujudga keladi. Bunga misol sifatida tropik zonadagi o’rmonlarni ko’rsatish mumkin.
Biotsenozlarning tur tarkibi yuqoridagilardan tashqari ularning uzoq yashashiga ham bog’liq. Inson yaratgan biotsenozlar (dala, bog’ va polizlar) tabiiy holdagisiga nisbatan (o’rmon, sahro, yaylovlar) turga juda ham kambag’al bo’ladi. Lekin tur jihatidan juda kambag’al biotsenoz ham o’z ichida bir .qancha o’nlab tur organizmlarini saqlaydi, bular turli sistematik va ekologik gruppalarning vakillaridir.
G’alla ekinlaridan tashkil topgan agrotsenozlarda (bug’doydan tashqari) kam miqdorda bo’lsa ham har xil begona o’tlar, hasharotlar, bug’doy zararkunandalari va yirtqichlar, fitofaglar bilan oziqlanuvchilar, kalamushsimon kemiruvchilar, umurtqaeizlar, tuproqda yashovchi mikroorganizmlar, patogeya zamburug’lar va boshqa organizmlar mavjuddir.
Quruklikdagi va suvdagi biotsenozlar tarkibida mikroorganizmlar, o’simliklar va hayvonlar bo’ladi. Hatto ayrim muhitda biotsenozlarda o’simliklar bo’lmaydi (masalan: g’orlarda yoki suv havzalarida), juda kamdan-kam holatlarda biotsenozlar faqat mikroorganizmlardan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Masalan, anaerob muhitda, suv havzalari tubida ana shunday biotsenozlarni uchratish mumkin. Biotsenozdagi turlarning umumiy sonlarini hisoblash juda ham murakkabdir. CHunki mikroskopik organizmlarni hisoblash usuli juda ham murakkabdir. Xuddi shuningdek, ularning sistematik gruppalari ham to’la ishlangan emasdir. Bir narsa ma’lumki, turga boy bo’lgan tabiiy jamoalar minglab va hatto o’n minglab turlarni o’z ichiga olib, har xil bog’lanishlardan iborat murakkab birlashgan sistemani hosil qiladi.
Jamoadagi turlarning murakkabligi muhit sharoitlarining har xilligiga bog’lkqdir. Har xil muhit sharoitlarining turlarga ta’siri shundan seziladiki, masalan, muhit chegarasida yoki chetlarida samaradorlik yuqori bo’ladi. Bunday joylarda qushlarning ko’plab turlari uya yasaydilar, o’rmonlarning ichkarisiga nisbatan chetlarida hasharotlarning ko’plab turlari uchraydi, bu yerlarda yorug’lik ham, namlik va harorat ham har xil bo’ladi. Agar ikkala qo’shni biotoplar o’zaro qanchalik farq qilsalar, ularning chegaradagi muhit sharoitlari qanchalik har xil bo’lsa, chegaradagi samara shunchalik kuchli kuzatiladi.
Muhit xilma-xilligini abiotik omillar va jonli organizmlar hosil qiladi. Har bir tur biotsenozdan boshqa turlarning joylashishi uchun muhit yaratadi. Masalan, yumronqozik muhit sharoitlarini o’zlashtirgandan keyin,bu yerga yirtqichlarni olib kelishi mumkin, chunki uning o’zi shu yirtqichlar uchun birlamchi oziqa bo’ladi. SHuningdek, parazitlarning tarqalishiga sababchi bo’ladi va inlarida birga yashaydigan boshqa individlarning bu biotsenozlarda tarkib topishiga sababchi bo’ladi.
Hayvonlar uchun har xil muhit sharoitlarining yaratilishiga o’simliklar jamoalari sababchi bo’ladi. CHunki bular mikroiqlim yaratib hayvonlarning rivojlanishi uchun qulay sharoitlar hosil qiladi,biotsenozda iqlim sharoitlarining yaxshilanishi tufayli ular o’zlarida ko’plab hayvonlarni saqlash imkoniyatlarini yaratadi. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, biotsenozda ekologik tubanlik qancha ko’p bo’lsa, uning tarkibi turga shunchalik boy bo’ladi. O’z navbatida ekologik tubanlik imkoniyatlarining miqdori jamoadagi turlarning xilma-xilligi ko’payishi bilan o’sishi mumkin.
Biotsenozning tur tarkibini tavsiflashda uning tarkibidagi turlar miqdoridan tashqari, ularning son munosabatlarini aniqlash ham muhim ahamiyatga egadir. Agar har birida 100 tadan individlar bo’lgan beshta bir xil turdan iborat ikkita gipotetik gruppa taqqoslansa, ular biotsenetik nuqtai nazardan teng bo’lmasliklari mumkin. Gruppadagi 100 individdan 86 tasi bir turga va bitta individdan qolgan to’rtta turga to’g’ri kelsa, beshta turga 20 tadan individ to’g’ri keladigan biotsenozga nisbatan bir xil bo’ladi. Biotsenozlardagi son munosabatlarini baholash uchun hozirgi zamon ekologik adabiyotlarida har xillik indeksi qo’llaniladi, bu, SHennon tenglamasi yordamida aniqlanadi:
N=-∑pilg2pi
bu yerda ∑'— yig’indilar belgisi, Ri — jamoadagi turlarning hissasi, 1g2Ri — ikkilamchi logarifm. Bir kattalikdagi sinfga kiruvchi turlar, bir biotsenoz tarkibiga kirishiga qaramasdan ular miqdor jihatdan kuchli farq qiladilar. SHulardan bittasi juda kam uchraydi, boshqasi shunchalik ko’p uchraydiki, u biotsenozning tashqi qiyofasini belgilaydi. Masalan, shuvoq — efemer tipidagi jamoalarda shuvoq o’simligi juda ham ko’p uchraydi. SHuning uchun ham fitotsenozlarda shuvoq o’simligi muhim ahamiyatga egadir, bu turlar bioienozlarning shakllanishida asosiy rolni o’ynaydi.
Assotsiatsiyani nomlashning ikkinchi usuli hukmron o’simlik turlarining bir nechtaeini ko’rsatish bilan bog’liq. Masalan: oddiy qarag’ay-burusinka moxlar (Pinussilvestris – Vassiniummyrtillus-HylocomiumSplendens) assotsiatsiyasi.
Tur son jihatdan ko’p bo’lsa, ularni jamoada ustun (dominant) deb yuritiladi. Masalan: qarag’ay o’rmonlarida qarag’ay daraxti hukmronlik qiladi va hokazo. Ustun turlar jamoalarda hukmronlik qiladilar va ularning «tur yadrosini» tashkil qiladi. Lekin barcha dominant, ya’ni ustunlik qiluvchi turlar biotsenozga bir xil ta’sir ko’rsatmaydilar. Bularning orasida shunday turlar borki, o’zining hayotiy faoliyati bilan barcha jamoalarga muhit sharoitlarini yaratadi va shuning uchun ham boshqa ko’pchilik turlarning yashashi nihoyatda og’ir bo’ladi. Bunday turlar edifikatorlardir (lotincha «quruvchi» degan ma’noni beradi). Agar biotsenozda edifikator turlar ajratilsa, odatda fizik muhit, birinchi navbatda biotopning mikroiqlimi o’zgaradi.
Turga boy bo’lgan biotsenozlarda amalda turlar kam sonda bo’ladi. Tropik o’rmonlarda o’sadigan bir turga mansub daraxtlarning bir-biriga yaqin turganlarini uchratish nihoyatda qiyin. Bunday jamoalarda ayrim turlarning yoppasiga rivojlanishi kuzatilmaydi, bu biotsenozlar yuqori muntazamligi bilan ajralib turadilar. SHunday qilib, tur tarkibini oddiy tahlil qilish ham biotsenozning har xilligini kuchli ravishda qisqartiradi. Keyingi vaqtlarda Amudaryoning quyi oqimida tabiat qonuniyatlariga amal qilinmasligi tufayli, bu rayonda har xil ekologik fojialar ro’y bermoqda.
Biotsenozdagi turlar tarkibidagi ayrim turlarning o’rnini baholashda har xil ko’rsatkichlar ishlatiladi, ayniqsa bunda ularning soniga e’tibor berish muhim hisoblanadi. Turlarning mo’lligi ma’lum maydonda bir turga mansub individlarning soni yoki ularning ishg’ol qilgan maydoni bilan belgilanadi. Ayrim vaqtlarda turlarning ko’pchiligini baholashda, ularning umumiy og’irligi ham hisobga olinadi. Turning soni va uchrash tezligi bir-birlari bilan to’g’ri bog’langan emas: tur ko’p bo’lishi, lekin juda kam uchrashi mumkin. Har xillikning umumiy tavsiflarini solishtirish orqali biotsenozning tur tarkibining o’ziga xosligi haqida qoniqarli ma’lumotlar topish mumkin. Topik boglanishlar natijasida biotsenozda konsortsiya xodisasi vujudga keladi — bu turli gruppadagi organizmlarning, ma’lum bir turning tanasida hayot kechirishidir. Ko’pchilik hollarda konsortsiyaning bitta a’zosi har xil trofik munosabatlar bilan bog’langan bo’ladi.



Download 36,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish