Konsortsiya barcha turlarning vakillari atrofida shakllanishi mumkin agar ular boshqalariga muhit hosil qilish imkoniyatlarini yaratishga ta’sir etsa). V. N. Beklemishevning ko’rsatishicha, dala sichqoni o’zining ichki parazitlari, gelmintlari, oddiy bakteriyalari uning ichki organizmida joylashgan boshqa organizmlar bilan yana bir butun konsoriiyani tashkil qiladi.
Konsortsiyalar turli darajada murakkab bo’lishi mumkin. Konsortsiya bog’lanishlar ko’proq biotsenozning ichki muhitlarini hosil qilishda muhim rol o’ynaydigan o’simliklarda bo’ladi. Lekin har bir yirik konsoriiyaning a’zosi o’z navbatida mayda birikmalarning markazi bo’lishi mumkin. Konsoriiyalarning birinchi, ikkinchi va hatto uchinchi tartiblari bo’lishi mumkin. SHunday qilib, biotsenoz konsortsiyaning o’zaro bog’langan sistemalaridan iboratdir, u turlarning o’zaro topik va trofik munosabatlari asosida vujudga keladi
3.BIOTSYeNOZNING EKOLOGIK TUZILISHI Har xil biotsenozlarning tiplari ma’lum ekologik gruppadagi organizmlarning munosabatlari bilan xarakterlanadi. Ekologik tuzilishi jihatidan o’xshash bo’lgan biotsenozlar har xil turdan tashkil topgan tarkibga ega bo’lishi mumkin. Lekin ular qarindoshligi jihatidan juda uzoq bo’ladilar. Qurg’oqchilik sharoitlarida tabiiy ravishda o’simliklar jamoasida sklerofitlar va sukulentlar asosiy o’rinni egallaydi. Muhit sharoitlarida haddan tashqari namlik ko’p bo’lsa, bunday muhitda gigrofit va, hatto gidrofitlar o’sadi. Ekologik gruppalarning u yoki bu gruppalarining boyligi yoki har xilligi faqatgina tashqi muhit sharoitlarigagina emas, balki biotoplarga ham bog’liq bo’ladi.
Biotsenozlarning bunday umumiy xususiyatlarini baholashni ekologlar mikroskopik baholash deb ataydilar. Bunday umumlashtirish biotsenozning xususiyatlarini xo’jalik ishlari rejalashtirilganida umumiy mo’ljalga olishda, antropogen ta’sir etishning keyingi oqibatlarini oldindan bilish va sistemaning mustahkamligini baholashda qo’llaniladi. Mikroskopik tekshirish bu har bir turning jamoadagi bog’lanishini ayrim tahlil qilish va uning ekologiyasining eng nozik tomonlarini o’rganishdir. Bu vazifa ko’pchilik turlar uchun haligacha bajarilgani yo’q, chunki jonli organizmlar nihoyatda tabiatda ko’p va ularning ekologik xususiyatlarini o’rganish nihoyatda murakkabdir.