Qondagi kislota-asosli muvozanat holatlarining o‘zgarishi
Holat ko‘rsatkichlari
|
qon pH qiymati
|
pCO2, kPa
|
Fiziologik qiymatlar
|
7,35—7,45
|
6,0
|
Metabolik atsidoz
|
<7,35
|
4,6—6,0
|
Nafas atsidozi
|
<7,35
|
>6,0
|
Metabolik alkaloz
|
>7,45
|
4,4—6,0
|
Nafas alkalozi
|
>7,45
|
<4,6
| - Organizmning H+ ionlari konsentratsiyasining ma’lum qiymat chegaralarida saqlay olish qobiliyati kamayganda kislota-asos muvozanati buziladi va natijada biosistemalarda atsidoz yoki alkaloz holatlari kuzatiladi. Kislota-asos muvozanat qiymatlarining fiziologik ko‘rsatkich kattaliklaridan chetga chiqishi (2.5- jadval) turli sabablarga ko‘ra kelib chiqishi mumkin. Bu sabablarni umumlashtirgan holda uch turga bo‘lish mumkin: 1) O‘pkadan CO2 ajratib chiqarish jarayonining buzilishi; 2) Metabolizm jarayonlarining o‘zgarishi natijasida ko‘p miqdorda kislota yoki asos xossali moddalarning hosil bo‘lishi. 3) Kislota yoki asos xossasiga ega bo‘lgan moddalarning buyrak orqali tashqi muhitga chiqarib yuborilishining buzilishi.
Bufer sistemalarni tibbiyotdagi ahamiyati - Ko‘p hollarda odam organizmidagi kislota-asos muvozanatining buzilishi bu uch turning birgalikdagi ta’siri natijasida kelib chiqadi. Respirator yoki nafas atsidozi organizm uchun eng xavfli bo‘lgan kislotaasos muvozanatining buzilishiga olib keladi.Uning kelib chiqishiga nafas olishning bir minutdagi umumiy hajmining kamayishi sabab bo‘ladi va qator kasalliklar (bronxit, bronxial bug‘ma (astma), o‘pka emfizemasi va atalektaza, mexanik tabiatli asfiksiya, qon aylanishining susayishi va h.) natijasida shakllanadi.
Bufer sistemalarni tibbiyotdagi ahamiyati - Bu holat alveolalardagi gaz diffuziyasi bo‘lganda ham kelib chiqadi. Bunday holatlarni keltirib chiqaradigan kasalliklarga surunkali diffuz interstitsial fibroz, o‘pka sarkoidozi, berillioz, asbestoz va boshqalarni misol tariqasida keltirish mumkin. Dastlab, yuqorida keltirilgan kasalliklarda o‘pkaning kompensator giperventilyasiyasi kuchayishi kuzatiladi va gaz almashinuv jarayoni tezlashadi. Ammo bu vaqtinchalik bo‘lib CO2 ning parsial bosimi (pCO2>6 kPa) ortishi hisobiga muhitning kislotaliligi ortadi.
Bufer sistemalarni tibbiyotdagi ahamiyati - Organik kislotalarning miqdori quyidagi sabablarga ko‘ra ortishi mumkin: 1. Organik kislotalar ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi. Bunday hol gipoksiya, qand kasalligi, uzoq vaqt och qolish va bezgak tutish natijasida kuzatiladi. 2. Organik kislotalarning to‘liq neytrallanmasligi yoki organizmdan chiqarib yuborish jarayonining susayishi. Metabolik atsidozning bunday tabiati buyraklar va ichak sistemasi faoliyatining buzilishida (masalan nefrit va surunkali ich ketish) kuzatiladi.
MAQSAD - BAJARDI:OBIDJONOVA ROXILA
- O’SAROV QOBILBEK
Do'stlaringiz bilan baham: |