- Bufer sistemalar tirik a’zolar uchun muhim ahamiyatga ega. A’zolardagi modda almashinish jarayonida ko‘p miqdorda kislotali va asosli xususiyatga ega bo‘lgan mahsulotlar hosil bo‘ladi. A’zolardagi moddalar bufer xossaga ega ekanligidan ularda pH ning qiymati bir xilda saqlanadi. Biologik sistemalarda pH qiymatini, masalan qonda 7,4 dan 0,4 birlikka kamayishi yoki ko‘payishi butun organizmning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bundan shu narsa tushunarli bo‘ladiki, pH ni berilgan tabiiy qiymatlarda o‘zgartirmay turish tirik a’zolar uchun katta ahamiyatga ega. Odam a’zolari uchun asosan gidrokarbonatli, gemoglobinli, fosfatli va oqsil bufer sistemalari muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |