Biofizika kitob yangisi 2013. doc


§ 9.4. Lazer nurlarining fizik xossalari va biologik ta’siri



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/116
Sana15.04.2023
Hajmi2,18 Mb.
#928647
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   116
Bog'liq
BIOFIZIKA

§ 9.4. Lazer nurlarining fizik xossalari va biologik ta’siri 
Fotolyuminessensiyada 
lyuminessensiyalanuvchi 
moddaning 
atomlari 
mutlaqo tartibsiz nurlaydi. Ular har xil vaqtda nurlanadi, chastotalari va fazalar 
ayirmasi turlicha bo’ladi, yo’nalishlar ham har xil. Ammo keyingi vaqtlarda bir xil 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


208
yo’nalishli yorug’likning ingichka dastasini hosil qiluvchi monoxromatik nur 
hosil qiluvchi qurilmalar paydo bo’ldi. Bularga optik kvant generatorlar (OKG) 
deyiladi. 
«Lazer» degan nom quyidagi inglizcha so’zlarning birinchi harflaridan 
tuzilgan Light Amplification by Stymylated Emission of Radiotion. (Majburiy 
nurlantirish yuli bilan yorug’likni kuchaytirish). Ishlatiladigan modda turiga qarab
qattiq, suyuq va gaz lazerlari mavjud. Lazerlarni N.G. Basov, A.M.Proxorov, 
Ch.Tauns yaratgan. Lazer ishlay boshlashi uchun uning ishchi moddasidagi ko’p 
atomlar metastabil holatlarga o’tishi kerak. Unda atom nisbatan uzoq vaqt 
yashaydi, ya’ni 10
-3
sekund. Buning uchun ishchi moddaga maxsus manbadan 
yetarlicha katta elektromagnit energiya beriladi, metastabil holdan barcha atomlar 
deyarli bir vaqtda normal holatga o’tadi. Shu masalani to’laroq qarab chiqaylik.
Kvant o’tishlar 2 ga bo’linadi. Agar bu o’tish ichki bo’lib, atom o’z-o’zidan 
quyi holatga o’tsa, bunday o’tishga spontan o’tish deyiladi. Bu vaqt bo’yicha 
tasodifiy va xaotikdir. Oddiy yorug’lik manbalari spontan nur chiqaradi.
Agar o’tish majburiy bo’lib foton bilan uyg’ongan zarracha ta’sirlanishi 
natijasida hosil bo’lsa majburiy ( indusirlangan) o’tish deyiladi. Majburiy o’tish 
paytida 2 ta foton tarqaladi: birlamchi va ikkilamchi fotonlar. Majburiy o’tishlar 
soni birlamchi fotonlar intensivligi va energetik sohalarning to’laligiga bog’liq. 
Zarrachalarning energetik sathlar bo’yicha taqsimlanishi Bolsman konuniga 
bo’ysunadi. Elektromagnit to’lqinlarning kuchayishini kuzatish uchun hyech 
bo’lmaganda ikki energetik holat uchun Bolsman taqsimotiga teskari holatni 
yuzaga keltirish zarur. Bu holat Bolsman taqsimotida formal T
<
OK uchun hosil 
qilinishi mumkin. Shuning uchun bu holatga manfiy haroratli holat yoki inversli 
holat deyiladi.
Bunday moddada yorug’lik tarqalsa uning intensivligi oshadi, ya’ni yutilish 
kam bo’ladi. Bu degani Buger qonunida (J = J
0
S
-
l
χ

χ
<
0 ya’ni yutish 
koeffisiyenti manfiy. Inversiya to’ldirilganlik holati maxsus uyg’otiladi. (elektr 
yoki yorug’lik bilan). O’z-o’zidan manfiy haroratli holat ko’p vaqt tura olmaydi. 
Bu OKGlar ishlash prinsipidir. Birinchi o’ta yuqori chastotali radioto’lqinlar 
diapazonda lazer 1955 yilda yaratilgan. 1960 yilda rubin kristalida lazer 
yaratildi. Shu yili geliy - neon lazeri yaratildi, unda nurlovchi bo’lib neon atomi
hizmat qiladi. Geliy atomi esa yordamchi vazifasini bajaradi. Elektr razryadi 
vaqtida neon atomlarining bir qismi asosiy 1 holatdan 3 holatgan o’tadi, neon 
uchun 3 holatda yashash davri kam va tezda u 1 yoki 2 holatga o’tadi. (9.10 a-
rasm) Inversiya to’ldirilganlik hosil qilish uchun 3 holatda yashash davrini 
oshirish zarur. Geliy atomi esa xuddi shu vazifani bajaradi. Geliyning birinchi 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


209
uyg’ongan holati neonning 3 holatiga to’g’ri keladi. Agar uyg’ongan geliy 
uyg’onmagan neon bilan to’qnashsa, energiya berish jarayoni yuz beradi. 
a)
b) 
9.10-rasm. 
Geliy-neon gaz lazeri. a- elektron satxlar, b-lazer tuzilishi: 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish