210
Lazer nuri modda bilan ta’sirlashganda uning asosiy energiyasi issiqlikka
aylanadi. Biologik to’qimada yutilish tanlab yuz beradi, chunki to’qima tarkibiga
kiruvchi hujayra, fermentlar, gormonlar, pigmentlar turli
xil yutish va qaytarish
xususiyatiga ega. Masalan, gavhar ko’rinadigan nurni deyarli yutmaydi, melanin
yutish maksimumi spektrning qizil qismiga
(
)
мкм
75
,
0
65
,
0
−
to’g’ri keladi. Odam
tanasi qaytarish koeffisenti
%
40
35
−
qora tanlilar uchun bundan ham kichik
bo’ladi.
Kuchli lazer ta’sirida to’qimalarning jarohatlanishi xuddi yuqori chastotali
toklar ta’siridagi kuyishga o’xshash bo’ladi, faqat kuyish chegarasi aniq
ifodalangan bo’ladi. Bu nurning yo’nalganligi bilan tushuntiriladi. Termik ta’sirga
sezgir bo’lgan hujayralar birinchi bo’lib buziladi. Ular biokimyoviy reksiyalarni
tezlatuvchilari bo’lib fermentlarning buzilishi reaksiyasini
susaytiradi va natijada
xo’jayralar halok bo’lishi mumkin. Lazer nurining termik effekti natijasida
venalarda tromb hosil bo’lishi natijasida to’qimalarning buzilishi yuz beradi.
To’qimaning lazer tushgan joyida issiqlikdan hajmiy kengayish yuz beradi va
natijada mexanik kuchlanish hosil bo’ladi. Nurlanayotgan sohada to’qima
molekulalarining bug’lanishi natijasida impulsning saqlanish qonuni bo’yicha
impuls paydo bo’ladi. Bu impuls bog’lanuvchi zarrachalar tezligi yo’nalishiga
qarama-qarshi bo’ladi. Natijada bosim yuzaga keladi. To’qima va hujayraning
suyuq komponentalarida bosimning oshishi tufayli tovush tezligidan katta tezlikda
bo’lgan to’lqinlar hosil bo’ladi. Lazer nuri teriga tushganda uni buzmasada hosil
bo’lgan to’lqin ichki to’qimalarni jarohatlashi mumkin. Xuddi shu usulda tajriba
tariqasida dengiz cho’chqalari miyasi energiyasi 100 J lazer bilan nurlantirganda
miyaning 1 mm
3
hajmi 500
0
S gacha isigan va suyak ostida 20 atm bosim
hosil bo’lgan.
Elektrostriksiya hodisasi tufayli elektromagnit to’lqin ta’sirida moddada
deformasiya yuzaga kelishi mumkin. Masalan, dengiz cho’chqalari jigari
energiyasi 250 J bo’lgan lazer nurlari bilan nurlantirilganda uning solishtirma
qarshiligi 4 marta kamaygan, dielektrik kirituvchanlik esa 8 marta oshgan. Bunga
sabab atomlarning ionlashishidadir. Ionizasiya
molekulalardagi kimyoviy
bog’lanishlarni ham buzadi va ion radikallar hosil bo’ladi.
Biologik to’qimalarda mavjud bo’lgan suv eritmalarida lazer nurlari tufayli
ON va NO
2
radikallar hosil bo’ladi. Erkin radikallar nafaqat lazerlar ta’sirida, balki
tabiiy modda almashinuvida ham hosil bo’ladi. U bilan hayvon organizmida
bo’ladigan bir qancha patologik o’zgarishlar bog’langandir. Aniqlanishicha,
buning natijasida biologik keksayish va ba’zi rak kasalligi formalarining kelib
chiqishi mumkin ekan. Shu sababli lazer nuri ta’sirida qo’shimcha erkin
radikallarning hosil bo’lishi maqsadga muvofiq emas.
Bir necha mikron qalinlikka ega bo’lgan lazer nurlari yordamida hujayra va
to’qimalarda bo’ladigan jarayonlarga ta’sir ko’rsatish imkoni tug’ildi. Tuxum
hujayrasini nurlantirish yo’li bilan uning rivojlanish yo’nalishini o’zgartirish,
xromosomani nurlantirish bilan naslni o’zgartirish ham mumkin. Lazer gen-
injenerligida, ya’ni yangi xususiyatlarga ega bo’lgan
organizmlar hosil qilishda
qo’llaniladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
211
Lazer yordamida hujayrani ajratib, uning hayotini kuzatish mumkin. U
hujayra ichidagi biokimyoviy bog’lanishlarni, hujayra yutgan moddalar
taqsimotini, turli holatlarda bo’lgan hujayralarni taqqoslashda va hujayradagi
patologik o’zgarishlarni aniqlashda qo’llaniladi.
Tibbiyot va veterinariyada SO
2
lazer yordamida jarrohlik operasiyalari
bajarilmoqda. Kesish chuqurligi to’qima turiga bog’liq bo’lib, odatda
2–3 mm bo’ladi. Oddiy mexanik kesishga qaraganda ko’p qulayliklar mavjud.
Energiya intensivligi katta bo’lgani uchun lazer qon tomirchalarini payvandlab,
operasiyani qonsiz bajarishga imkon beradi. Bundan tashqari, terini sterilizasiya
qiladi, ya’ni begona mikroorganizmlar halok bo’ladi. Lazer mexanik ta’sir
ko’rsatmaydi, shu sababli jarrohlik og’riqsiz o’tadi.
Lazer yordamida kesilgan
joylar tikilib ketiladi. Yorug’lik tolasi yordamida lazer nuri organizmni kesmasdan
ovqat yo’llari orqali ichki organlarni ham operasiya qilish imkoni beradi. Ayniqsa,
oshqozon ichak, yurak, neyroxirurgik operasiyalarda keng qo’llaniladi. Teri
o’simtalarini 97% holatda lazer nuri yordamida davolash mumkin ekan.
Lazerlar oftalmologiyada keng qo’llanilmoqda. Ko’z gavhari va shishasimon
suyuqligi qizil nur uchun shaffof bo’lsa, to’r parda uni kuchli yutadi. Ayniqsa, to’r
pardani ko’z tubidan ajralishida lazerlar yaxshi natija beradi. Oddiy xirurgik yo’l
bilan bu jarrohlikni bajarish murakkab, og’riq bilan bo’ladi va 2 – 3 oy bemor
stasionarda davolashi kerak bo’ladi. Lazer nuri yordamida bu ish ancha oson va
kam vaqtda bajariladi. Glaukomani davolashda ham yaxshi natijalarga
erishilmoqda. Glaukomada ko’z ichidagi suyuqlik tashqariga chiqmay qoladi va
ko’z ichida bosim oshadi, ko’rish qobiliyati kamayadi va ko’r bo’lib qolish
mumkin. Shu sababli lazer yordamida ko’zda kichik teshik hosil qilinadi.
Buning
uchun lazerning ta’sir vaqti
c
7
10
−
va quvvat yetarlicha katta bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: