Bino va inshootlar



Download 15,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/74
Sana17.07.2022
Hajmi15,99 Mb.
#817722
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74
Bog'liq
umk-sanoat-binolari-lotin-1

8 . 2 - R A S M .
Yig‘ma temir-beton ustunda po‘latli detallarni joylashuvi: 1-po‘latli 
taxtacha zulfinlar bilan; 2 kran osti to‘sinining mahkamlash detali; 3-ustunni 
ko‘tarish uchun quvurcha; 4 kran osti to‘sinini tayantirish uchun po‘latli tayanch 
taxtacha; 5-tashqi devorni mahkamlash uchun mo‘ljallangan elementlar. 
Karkas materiali u qabul qiladigan kuchli va kuchli bo‘lmagan ta’sirlar tavsifi, 
oraliqlar o‘lchamlari, ustunlar qadami. bino balandligi, qurilish joyi, o‘tga 
chidamlilik talablari hamda texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichiarga asoslanib qabul qilinadi. 
Zamonaviy qurilish sanoatida asosan, yig‘ma temir-betonli karkaslar ishlatiladi. 
Karkas ustunlari.
Ustunlar ko‘prik kranli va kransiz binolar uchun 
mo‘ljallanadi. Konstruktiv echimi bo‘yicha bir shoxli va ikki shoxli ustunlar 
tayyorlanadi. Binoda joylashgan o‘rni bo‘yicha chetki, o‘rta bo‘ylama qatorlar va 
chetki ko‘ndalang qatorlarda qo‘llaniladigan ustunlar mavjud (5.
]-8.2-rasmlar).
Pol to‘shamasidan ko‘taruvchi yopma konstruksiyalar pastki sathi- gacha 
balandligi 9,6 m gacha bo‘lgan ko‘prik, kransiz binolarda qo‘llaniladigan 
ustunlarning kesimi 400x400, 500x500. 600x500 mm qabul qilinadi. Kesimi 
400x400 mm bo‘lgan o‘rta qatorlar ustunlari ustida to‘sinlar tayanishini yaxshilash 
maqsadida maxsus rafaqlar loyihalanadi. Kransiz bino balandligi 9,6 m dan oshsa, bu 
vaqtda kranli binolar uchun mo‘ljallangan ustunlar ishlatiladi. 
Ko‘prik kranli binolarda qo‘llaniladigan ustunlar kran usti va kran osti 
qismlaridan iborat. O‘rta qatorlarning ustunlari ikkitadan, chetki qatorlarning 
ustunlari bittadan rafaqqa ega bo‘ladi.
13.


121 
CHetki va o‘rta qatorlar ustunlarining qadami 6 m bo‘lganda ularning kesimi 
400x600 va 400x800 mm. 12 m bo‘lganda esa 500x800 mm qabul qilinadi. 
Kranlar yuk ko‘tarishi 30 t gacha va bino balandligi 10,8 m dan osh- ganda ikki 
shoxli ustunlar ishlatiladi. Ular bosqichli va bosqich-rafaqli bo‘lib, mos holda chetki 
va o‘rta qatorlar ustunlari sifatida qabul qilina- dilar. Ustunlar balandligi 10,8 dan 18 
m gacha bo‘ladi. 
Ustunni 0 belgidan pastga chuqurlashtirish kattaligi uni xili va balandligi, 
kranlarning yuk ko‘tarish qobiliyati, pol satxdan pastda xonalarning mavjud 
bo‘lishligiga bog‘liq holda qabul qilinadi. Osma jihozlari bo‘lgan yoki bo‘lmagan 
binolarda ustunlarning poydevorlarga o‘rnatish chuqurligi 0,9 m olinadi. Ko‘prik 
kranli binolarda to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli ustunlar qabul qilinsa, chuqurlashtirish 
kattaligi 1.0 m; ikki shoxli ustunlar qabul qilinib, ularning balandligi 10,8 m bo‘lsa - 
1,05 m; 12,6-18 m bo‘lsa - 1,35 m; yuk ko‘tarishi 50 t dan ortiq kran loyihalangan 
bo‘lsa, 1,6 m qabul qilinadi.Ustunlarning ijobiy konstruktiv echimlariga silindrik 
ko‘rinishdagilari misol bo‘ladi. Bu echimni qo‘llash beton sarfini 30-50 %, po‘latni - 
20-30 % ga kamay- tirish imkoniyatini yaratadi. 
Ramali tizim. Sinchning ramali tizimida yukni ustun va rigellar qabul qiladi. 
Rigellar ustunlarga bikir biriktiriladi, natijada fazoviy tizim hosil bo‘ladi. Qavatlar 
soni ortishi bilan shamol kuchi ta’sirida pastki qavat ustun va rigellarida vujudga 
keladigan eguvchi momentlar ham ortib boradi, bu esa ustun va rigellar kesimini 
kattalashtirishni talab etadi. Bu hol bino konstruksiyalarini birxillashtirishni 
(unifikatsiya) qiyinlashtiradi, shuning uchun ramali tizimlar 8 qavatdan baland 
bo‘lgan binolarda qo‘llanilmaydi. Ramali tizimlarda gorizontal yuklarni to‘laligicha 
ko‘ndalang ramalar qabul qiladi, shuning uchun ular ana shu kuchlar ta’siriga 
hisoblanadi. 
Rama – bog‘lagichli tizim. Balandligi 8 qavatdan ortiq bo‘lgan binolarda 
gorizontal yuklarni bikir tugunli ramalar va vertikal joylashgan bikirlik elementlari, 
vertikal yuklarni esa ramalar va qisman bikirlik elementlari qabul qiladi. Bunday 
elementlar sifatida odatda temirbeton devorlar – diafragmalar yoki metaldan 
ishlangan bog‘lagichlar qo‘llaniladi. Loyihalash tajribasining ko‘rsatishicha rama–
bog‘lagichli tizimlardagi vertikal diafragmalar gorizontal kuchlarning 80...90 % ini, 
agar biroz kuchaytirilsa, 100 % ini o‘ziga qabul qila olar ekan. Rama – bog‘lagichli 
tizimlarda gorizontal kuchlar tashqi devorlar orqali qavatlararo yopmalarga uzatiladi. 
YOpmalar gorizontal diafragma sifatida ishlab, bosimni vertikal diafragmalarga 
uzatadi. 
Vertikal 
diafragmalar 
gorizontal 
kuchlar 
ta’sirida, poydevorga 
mahkamlangan konsol singari ishlaydi. Vertikal diafragmalarning bikirligi kamroq 
bo‘lsa, gorizontal kuchlarning bir qismini ko‘ndalang ramalar qabul qiladi. Rama – 
bog‘lagichli tizimlarni seysmik hududlarda keng qo‘llash tavsiya etiladi. 
Bog‘lagichli tizim. Bunday tizimda vertikal yuklarni ramalar va qisman 
diafragmalar qabul qiladi. Rigel bilan ustunning tutashuv tuguni kichik qiymatli 
momentni qabul qila oladigan qilib ishlanadi.
Asosiy karkas chetki qatorlarning ustunlarini geometrik o‘qlari binoning 
ko‘ndalang bo‘lish o‘qlaridan 500 mm ichkariga suriladi. CHetki devorlarning 
ichki sirtlari esa ko‘ndalang bo‘lish o‘qlari bilan ustma-ust tushishi darkor 
(nolli bog‘lanishi). SHunday echim qabul qilinganda chetki devorlarning 
faxverk ustunlarini erkin joylashtirishga. qo‘shimcha yopmalarisiz bino toinini 
bajarishga imkoniyat topiladi. 


122 
Ustunlar qadami va bino oraliqlari o‘lchamlari devor panellari 
uzunligidan katta bo‘lgan holda, devor panellarini o‘rnatish uchun faxverk deb 
ataluvchi qo‘shimcha ustunlar o‘rnatiladi. Faxverk temirbeton yoki po‘lat 
to‘sinlardan, ba’zida havonlardan tashkil topadi. 
Yirik panelli devorlar va yig‘ma temir-beton karkasda faxverk faqat tik 
elementlar - temirbeton yoki po‘lat ustunlardan iborat bo‘ladi. Faxverk 
elementlari devor massasi va unga ta’sir etuvchi yuklarni qabul qilib, 
karkasga uzatadi. 

Download 15,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish