Bino va inshootlar



Download 15,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/74
Sana17.07.2022
Hajmi15,99 Mb.
#817722
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74
Bog'liq
umk-sanoat-binolari-lotin-1

20-rasm.
Karkas elementlariga tik bog‘lamalarni mahkamlash: a-bino bo‘ylama 
qirqimida joylashtirish; b—tik bog‘lovchi ferma; v ustunga tortqichni mahkamlash: 1 -ustun; 
2-ko‘taruvchi yopmaning ustki tasmasi; 3—o‘rnatma; 4—tik bog‘lovchi ferma; 5-faxverkli
ustun: 6 metalli taxtacha; 7-payvand choklari; 8-yopmaning ko‘taruvchi konstruksiyasi; 9-
temir-beton tortqich: 10-zulfinli bolt. 


123 
 
11.2-rasm
Ko‘p qavatli sanoat binosi osma devorining konstruktiv 
echimi: a-fasad detali; b-devor konstruksiyasi; 1- faxverk; 2-polistirol; 3-
gazobelonli plita (50 mm); 4-havo qatlami(40 mm); 5-ohakli suvoq (20 mm); 
6-g‘ishtli terma: 7-tasmali po‘lat; (20*5 mm); 8-produx; 9-to‘sin. 
Faxverk elementlari poydevorlarga bikr o‘rnatiladi, tepa qismi esa 
karkasga sharnirli ulanadi. Faxverkdagi kuchlar karkasga erkin beriladigan va 
karkasdagi yuklar esa faxverkka berilmaydigan qilib, ulanish konstruksiyasi 
amalga oshiriladi, ya’ni ulanish sirpanuvchi tayanch echimida bajariladi. 
Baland ishlab chiqarish inshootlarida faxverk ustunlarining ustu- 
vorligini oshirish uchun kran osti to‘sinlari sathida yotiq shamol fermalari 
o‘rnatiladi. 
Vertikal bog‘lanishlar sanoat binolari karkaslarining bo‘ylama yo‘nalishda 
bikrligini ta’minlaydi. 
Harorat va boshqa ta’sirlardan hosil bo‘ladigan zo‘riqish kuchlarini kamaytirish 
va ularni konstruksiyasini elementlararo taqsimlanishini ta’minlaydigan bunday 
vertikal bog‘lanishlarni temperatura bloki o‘rtasida joylashgan ustunlar oralig‘iga 
o‘rnatiladi. Bunda ustunlar qadami 12m va 18m bo‘lgan hol uchun esa “peshtoq” 
(portal) ko‘rinishdagi bog‘lanishlar qo‘llaniladi (2.10-rasm) 


124 
2.10-rasm. Ustunlararo vertikal bog‘lanishlar va harorat choklarini o‘rnatish: 
a – “X”-simon bog‘lanish; 
b – peshtoqli bog‘lanish; 
Bog‘lanishlar soni shamol va kran tormoz kuchini katta kichikligiga, yopma 
konstruksiyasiga “storopil osti to‘sini yoki fermasini bor yoki yo‘qligiga qarab”, 
ustunlar qadami, tom yopmasini turiga “tekis yoki nishabli” qarab belgilanadi. 
Nisbatan past binolar (7-8m) ustunlari oralig‘iga (er silkinishi kuzatilmaydigan 
joylarda) vertikal bog‘lanishlarni qo‘ymasa ham bo‘ladi. Bog‘lanishlarni prokat 
metallardan “shveller, burchaklik” tayyorlanib, ularni ustunlarga payvandlash orqali 
yoki boltlar yordamida qotiriladi. 
Ramali tizim. Sinchning ramali tizimida yukni ustun va rigellar qabul qiladi. 
Rigellar ustunlarga bikir biriktiriladi, natijada fazoviy tizim hosil bo‘ladi. Qavatlar 
soni ortishi bilan shamol kuchi ta’sirida pastki qavat ustun va rigellarida vujudga 
keladigan eguvchi momentlar ham ortib boradi, bu esa ustun va rigellar kesimini 
kattalashtirishni talab etadi. Bu hol bino konstruksiyalarini birxillashtirishni 
(unifikatsiya) qiyinlashtiradi, shuning uchun ramali tizimlar 8 qavatdan baland 
bo‘lgan binolarda qo‘llanilmaydi. Ramali tizimlarda gorizontal yuklarni to‘laligicha 
ko‘ndalang ramalar qabul qiladi, shuning uchun ular ana shu kuchlar ta’siriga 
hisoblanadi. 
Rama – bog‘lagichli tizim. Balandligi 8 qavatdan ortiq bo‘lgan binolarda 
gorizontal yuklarni bikir tugunli ramalar va vertikal joylashgan bikirlik elementlari, 


125 
vertikal yuklarni esa ramalar va qisman bikirlik elementlari qabul qiladi. Bunday 
elementlar sifatida odatda temirbeton devorlar – diafragmalar yoki metaldan 
ishlangan bog‘lagichlar qo‘llaniladi. Loyihalash tajribasining ko‘rsatishicha rama–
bog‘lagichli tizimlardagi vertikal diafragmalar gorizontal kuchlarning 80...90 % ini, 
agar biroz kuchaytirilsa, 100 % ini o‘ziga qabul qila olar ekan. Rama – bog‘lagichli 
tizimlarda gorizontal kuchlar tashqi devorlar orqali qavatlararo yopmalarga uzatiladi. 
YOpmalar gorizontal diafragma sifatida ishlab, bosimni vertikal diafragmalarga 
uzatadi. 
Vertikal 
diafragmalar 
gorizontal 
kuchlar 
ta’sirida, poydevorga 
mahkamlangan konsol singari ishlaydi. Vertikal diafragmalarning bikirligi kamroq 
bo‘lsa, gorizontal kuchlarning bir qismini ko‘ndalang ramalar qabul qiladi. Rama – 
bog‘lagichli tizimlarni seysmik hududlarda keng qo‘llash tavsiya etiladi. 
Bog‘lagichli tizim. Bunday tizimda vertikal yuklarni ramalar va qisman 
diafragmalar qabul qiladi. Rigel bilan ustunning tutashuv tuguni kichik qiymatli 
momentni qabul qila oladigan qilib ishlanadi.
Bog‘lamalar sanoat binolarining bikrligini ta’minlash, yotiq kuchlarni qabul 
qilish uchun xizmat qiladi. Amaliyotda tik va yotiq bog‘lamalar qo‘llaniladi (
8.18-
8.20-rasmlar
). Birinchisi ustunlar va tom yopma konstruksiyalar o‘rtasida 
o‘rnatiladi va bino karkasining geometrik o‘zgarmasligi hamda bikrligini 
ta’minlaydi. 

Download 15,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish