Bino va inshootlar


Ishlab chiqarish binolarining intereri va ekstereri



Download 15,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/74
Sana17.07.2022
Hajmi15,99 Mb.
#817722
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74
Bog'liq
umk-sanoat-binolari-lotin-1

 
Ishlab chiqarish binolarining intereri va ekstereri 
 
Tayanch so‘z va iboralar: 
interer, tabiiy va sun’iy yorug‘lik 
Reja:
1.
 
Sanoat binolarida ishlab chiqarish unumdorligi
 
2.
 
Sanoat binolarida ishlab chiqarish unumdorligga ta’sir qiladigan 
omillar
 
Ishlab chiqarish binolarining intereriga e’tibor berib barpo etish natijasida 
sexlarda mehnat sharoiti yaxshilanadi. Kishilar o‘zlarini tinch, erkin sezadilar, 
ularning mehnati nisbatan engil va sog‘lom ruxda kechadi, o‘z mehnatidan 
qoniqish hissyoti uyg‘onadi. 
2.3-rasm. Ko‘p qavatli sanoat binosining konstruktiv echimi: 
2.3-rasm.
Sanoat korxonasining insonga salbiy ta’siri: yashash, ishlash va 
dam olish sharoitining yomonlashuvi. 


44 
1-ustunlar oralig‘idagi vertikal peshtoq shakldagi metall bog‘lanish; 2- 
to‘sin (to‘sin, rigel); 3-ustun; 4-devor panelini tayanishi uchun moslashtirilgan 
tayanch; 5- qavatlararo yopma plitasi; 6-kranosti to‘sini; 7-tom to‘sini; 8-tom 
temir beton yopma plitasi; 9-devor paneli; 10-deraza konstruksiyasi; 11-
otmostka; 12-temirbeton poydevor to‘sini; 13-temir beton quyma poydevor; 14-
qum shag‘al asos. 
Ishlab chiqarish unumdorligi 30-35% ga oshadi,ishchilar orasida 
shikastlanishlar soni 34-40% ga kamayib, tayyorlanadigan mahsulot sifati 
yaxshilanadi va brak mahsulotlarni ishlab chiqarish nisbatan kamayadi. 
Bino intererini loyihalashda quyidagi tamoyillarga amal qilinishi lozim:

Asosiy texnologik maydonchalarni katta bo‘lgan zallarga yig‘ish; 

Dastgoxlarni maksimal zich joylashishiga erishish; 

Texnologik o‘tkazuvchi quvurlarni guruhlash va ishlatishda 
o‘ng‘aylikni nazoratda tutib guruhlash; 

Ishchilarning kechqurun hamda kunduzgi paytlarda ko‘rish 
sharoitini ta’minlashda tabiiy yorug‘lik bilan sun’iy yorug‘likdan unumli 
foydalanish; 

Kishilarning kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi man’ba hisoblanadigan 
yorug‘likdan unumli foydalanish; 

Sirti tekis, silliq konstruksiyalarni qo‘llash, chang, tutun namlik, 
kondensat turib qoluvchi, shamollatilmaydigan joylarning bo‘lmasligiga 
erishish; 

Akustika muammolarini hal qilish va ishlab chiqarish joylari 
musiqali eshittirishlar hamda ko‘rsatma taxtalar bilan ta’minlanishi va 
boshqalar; 

Mebel’ jihozlarini o‘rnatish, xona ichi ko‘kalamzorlarini tashkil 
qilish va boshqalar. 

Ramali tizim. Sinchning ramali tizimida yukni ustun va rigellar 
qabul qiladi. Rigellar ustunlarga bikir biriktiriladi, natijada fazoviy tizim hosil 
bo‘ladi. Qavatlar soni ortishi bilan shamol kuchi ta’sirida pastki qavat ustun va 
rigellarida vujudga keladigan eguvchi momentlar ham ortib boradi, bu esa ustun 
va rigellar kesimini kattalashtirishni talab etadi. Bu hol bino konstruksiyalarini 
birxillashtirishni (unifikatsiya) qiyinlashtiradi, shuning uchun ramali tizimlar 8 
qavatdan baland bo‘lgan binolarda qo‘llanilmaydi. Ramali tizimlarda gorizontal 
yuklarni to‘laligicha ko‘ndalang ramalar qabul qiladi, shuning uchun ular ana 
shu kuchlar ta’siriga hisoblanadi. 

Rama – bog‘lagichli tizim. Balandligi 8 qavatdan ortiq bo‘lgan 
binolarda gorizontal yuklarni bikir tugunli ramalar va vertikal joylashgan 
bikirlik elementlari, vertikal yuklarni esa ramalar va qisman bikirlik elementlari 
qabul qiladi. Bunday elementlar sifatida odatda temirbeton devorlar – 
diafragmalar yoki metaldan ishlangan bog‘lagichlar qo‘llaniladi. Loyihalash 
tajribasining ko‘rsatishicha rama–bog‘lagichli tizimlardagi vertikal diafragmalar 
gorizontal kuchlarning 80...90 % ini, agar biroz kuchaytirilsa, 100 % ini o‘ziga 
qabul qila olar ekan. Rama – bog‘lagichli tizimlarda gorizontal kuchlar tashqi 


45 
devorlar orqali qavatlararo yopmalarga uzatiladi. YOpmalar gorizontal 
diafragma sifatida ishlab, bosimni vertikal diafragmalarga uzatadi. Vertikal 
diafragmalar gorizontal kuchlar ta’sirida, poydevorga mahkamlangan konsol 
singari ishlaydi. Vertikal diafragmalarning bikirligi kamroq bo‘lsa, gorizontal 
kuchlarning bir qismini ko‘ndalang ramalar qabul qiladi. Rama – bog‘lagichli 
tizimlarni seysmik hududlarda keng qo‘llash tavsiya etiladi. 

Bog‘lagichli tizim. Bunday tizimda vertikal yuklarni ramalar va 
qisman diafragmalar qabul qiladi. Rigel bilan ustunning tutashuv tuguni kichik 
qiymatli momentni qabul qila oladigan qilib ishlanadi.

Binolarning arxitekturasi, ularning tashqi ko‘rinishi yoki 
intereri muhandislarmehnat mahsuli bo‘lgan konstruksiyalarga ko‘proq 
bog‘liq bo‘ladi. SHuningdek, binoningfunksional, ya’ni inson 
mehnatqilishi va dam olishi uchun yaratilgan sun’iy muhit sifati ham 
uning konstruktiv echimiga bog‘liq. SHunday ekan, quruvchi bakalavrlar 
qulay, chiroyli, mustahkam, iqtisodli binolar va inshootlar yaratish 
bo‘yicha ijodiy ma- salalami echishda sanoat binolari asoslarini 
bilishlari. uning rivojlanish tendensiyalarini tushunishlari shart. 

SHaharsozlik, me’moriy majmualar, bino arxitekturasi va 
uning intereriga qo‘yilgan shartlar me’moriy-kompozitsiyaviy echim ta- 
lablarini tashkil etadi. 

Inshootlarning me’moriy-badiiy ifodasini shakllantirishda yangi 
qurilish materiallarini qo‘llash ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Sanoat 
korxonalarida binolarning tashqi qiyofasiga e’tibor berish bilan bir vaqtda 
ularning ichki ko‘rinishlariga (intereriga) ham diqqat qilinadi (
6.2-6.5-rasmlar).

Binolar ichida barcha qulayliklar, shart-sharoitlarni yaratish, 
intererni zamonaviy usulda pardozlash katta ahamiyatga ega. Bunday xonalarda 
ishlovchilaming ruhiyati ko‘tariladi, sog‘ligi yo‘qolmaydi, kam charchaydi va 
ularning ishlab chiqargan mahsuioti sifatli bo‘ladi. 

Binolar intereri ham texnologik jarayondan. tabiiy-iqlim sharoit- 
laridan, meterologik tartiblardan va sanitar-gigienik talablardan kelib chiqqan 
holda pardozlanadi. 



6.2-rasm.
SHiypon turidagi ishlab chiqarish binosining intereri. 


46 


6.3-rasm.
Intererning fazoviy ko‘rinishiga binolar yopma 
ko‘taruvchi elementlari turlarining ta’siri: a-rama to‘sinli yopma; b-arka 
shaklidagi rama; d-qobiqli: e-giperbolik paraboloida shaklidagi qobiqlarda. 

6.4-rasm.
Yirik ustunlar to‘ri bilan tiklanadigan bir qavatli universal sanoat 
binosining intereri. 

Download 15,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish