Bino va inshootlar qurilishi



Download 9,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/184
Sana12.03.2022
Hajmi9,06 Mb.
#491550
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   184
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

 
 
 
 
 
 
 
 


ishlarni bajarish ketma-ketligi 
Bir qavatli sanoat binolari odatda zavodlarda seriyali tayyorlangan tipovoy (namunaviy) yig‗ma 
temir beton elementlaridan montaj qilinadi. Bir qavatli binolarning yig‗ma konstruksiyalari to‗suvchi va yuk 
ko‗taruvchi turlarga bo‗linadi. YUk ko‗taruvchi konstruksiyalarga – yig‗ma poydevorlar, ustunlar, kran osti 
to‗sinlari, stropila va stropilaosti fermasi, to‗suvchilariga esa – tomyopma plitasi, kamar – to‗sin va devor 
panellari kiradi. 
Oraliqlari 30 m va undan katta bo‗lganda metall fermalar qo‗llanilib, kichik oraliqdagi binolar 
arkasimon, segmentli va paralel belbog‗li temir-beton fermalar bilan yopilishi mumkin. SHuni ta‘kidlash 
kerakkim temirbeton karkasli binolarni barpo etishdagi mehnat sarfi uxshash metall konstruksiyali binolarga 
qaraganda ancha yuqoridir. 
Yig‗ma temir betonli binolarni elementlari bittalab montaj qilinadi, chunki ularning tutashuv joylari 
murakkabligi tufayli fazoviy bloklariga biriktirib, yiriklashtirilmaydi, chunki temirbeton blokining massasi
xuddi shunday metall blokka nisbatan 3 ... 5 marta og‗ir bo‗ladi.
Tutashuv joylarini yaxlitlashda − ―ho‗l jarayonlar‖ mavjudligi konstruksiyalar montajini ancha 
murakkablashtiradi. Ustunlarni stakan turidagi poydevorlarga o‗rnatgandan va ularni yaxlitlagandan so‗ng, 
keyingi konstruksiyalarni montaj qilish qiyinlashadi. CHunki tutashuv joylarini yaxlitlash va ular 70% 
mustaxkamlikka erishguncha ushlab turish talab qilinadi. Bu esa qishki mavsumda ishlarni bajarishda 
qo‗shimcha murakkabliklar tug‗diradi. 
Qurilish maydonida bir nechta kran mavjud bo‗lganda karkasni montaj qilish bir nechta paralel va 
ketma-ket oqimlarida bajarilishi mumkin: yig‗ma poydevorlar, ustunlar, ustunlar orasidagi bog‗lamalar, 
kranosti to‗sinlari va tom yopma elementlari, devor panellari montaji. Ishlarini bunday tashkil etilishi ob‘ektni 
montaj muddatini sezilarli darajada qisqartiradi. 
Poydevorlar uchun transheya yoki chuqurlar qazilib, zamin tekislanib zichlangandan so‗ng, 
poydevorlarni montajiga kirishiladi. Poydevorlar chuqur joylashtirilganda yoki yaxlit kotlovan qazilgan bo‗lsa 
kran kotlovan tubi bo‗ylab xarakatlanadi.
Ustunlar ikkinchi (oqim) oqimda montaj qilinadi, bunda nolinchi sikl ishlari tugallanib birinchi 
qamrov qabul qilingan bo‗lishi kerak. Bunday ishlarga quyidagilar kiradi: ustunlarni montaj qilish uchun qabul 
qilingan poydevorlar, transheya va chuqurlarni yon-biqinlari grunt bilan qayta to‗ldirilishi, qamrov chegarasida 
gruntlarni tekislash ishlari, transport xarakati uchun yo‗llar tayyorlash, konstruksiyalarni taxlash va kranni 
ishlashi uchun maydonchalar tayyorlash. Tekislash ishlaridan keyin eng ma‘qul echim butun qamrov Yuzasi 
bo‗yicha pol ostini betonlanishidir. Transport va kran harakati uchun qattiq qoplamali temirbetonli yo‗l 
plitalaridan foydalanish mumkin. Bu holatda konstruksiyalarni qumli asosda tayerlangan maydonchaga 
joylashtirish tavsiya etiladi
Odatda uzunligi 12 m gacha bo‗lgan ustunlar tortib mahkamlanmaydi, ya‘ni tortqilar ishlatilmaydi
ularni mustahkamligi poydevorga maxkamlash bilan ta‘minlanadi. Balandroq ustunlarni o‗rnatganda ular 
bikrlik Yuzasini kichik tekisligida tortib mahkamlanishi kerak ( ustunlar qatori bo‗ylab). Ustun va poydevor 
tutashuv joylarida beton qorishmasi kerakli mustaxkamlikka erishgandan so‗ng bog‗lamalarni montajiga va 
kranosti to‗sinlarini o‗rnatilishiga kirishish mumkin. Kran osti to‗sinlarini qo‗yma detallari ustun konsoliga
payvandlanib va tutashuv joylari to‗ldirilgandan keyin ustunlar orasidagi tortqilar olinadi. 


Kranosti to‗sinlari odatda tomyopma konstruksiyalari bilan bir oqimda montaj qilinadi. Karkasning 
xar bir yacheykasini kompleks uslubida montaj qilish tavsiya etiladi: ya‘ni yacheykadagi xamma kranosti 
to‗sinlari, stropilaosti to‗sini, stropila fermasi va yacheykadagi barcha tomyopma plitalari o‗rnatiladi. Plitalar bir 
yon tomondan ikkinchi yon tomonga ketma-ket, chetki oraliqni birinchi plitasi birinchi qator ustunlariga ilingan 
osma montaj maydonchasidan turib, o‗rta oraliq plitalari oldin montaj qilingan chetki oraliq plitalari ustidan 
turib montaj qilinadi.
Devor panellari oxirgi montaj oqimida odatda mustaqil kran bilan montaj qilinadi. Panellarni qushni 
ustunlar orasiga butun balandligi bo‗yicha deraza panjarasi bilan bir paytda va elementlar choklarni yaxlitlash 
bilan birgalikda montaj qilinadi. 


Bir qavatli sanoat binolarini montaj qilishda ob‘ekt oldi omborlari tashkil etilmaydi. Montaj qilish 
zonasiga konstruksiyalar uchinchi smenada keltirilib, tushiriladi va ko‗tarish joylariga taxlab teriladi. 
Konstruksiyalar zaxirasi kamida ikki yoki uch kunlik ishga mo‗ljallanadi, keltirishda uzilishlar bo‗ladigan 
holatlarda zaxira kuni oshishi mumkin. Konstruksiyalarni etkazishni kunduzi ham tashkil etsa bo‗ladi, bunda 
konstruksiyalar montaj yo‗nalishining qarama-qarshi tomonidan tashib keltirilishi kerak.

Download 9,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish