Bino va inshootlar qurilishi


Texnologiya stroitelnogo proizvodstva.  Kursovoe i diplomnoe proektirovanie. Ucheb. posobie dlya stroit, spets.  vuzov. — M



Download 9,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/184
Sana12.03.2022
Hajmi9,06 Mb.
#491550
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   184
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

 
Texnologiya stroitelnogo proizvodstva. 
Kursovoe i diplomnoe proektirovanie. Ucheb. posobie dlya stroit, spets. 
vuzov. — M.:
 
OOO 

BASTET

, 2006. - 216 s.: il 
7.
Bozorboev N., Bozorboev F. Bino va inshootlarning er ostki qismini barpo 
etish texnologiyasi. O‗quv qo‗llanma. Toshkent, 2003. 
8.
SHvidenko V.I. Montaj stroitelnыx konstruksiy. Uch. pos. M., Vыs. shkola,
1987. 


4
-MAVZU 
YER OSTI INSHOOTLARINI QURILISHIDA “GRUNT 
ICHIDA DEVOR” TEXNOLOGIYASI. 
“TUSHIRILADIGAN QUDUQ” USULI.
 
Ma‟ruzani olib borish texnologiyasi (mashg„ulot modeli) 
O‘quv soati – 2 soat 
Talabalar soni: 50-60 ta 
O‘quv mashg‘ulot shakli 
Ma‘ruza 
 
 
 
Ma’ruza rejasi
 
1.
Yer osti inshootlarini qurish uchun ―grunt 
ichida devor‖ texnologiyasi. 
2.
Kotlovan qazish va asosni tayyorlash 
3.
Binoning er ostki qismini montaj qilish
4.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi
: Er osti inshootlarini qurish uchun ―grunt 
ichida devor‖ texnologiyasi, sanoat va fuqaro binolari uchun nol sikli ishlari,
kotlovan qazish va asosni tayyorlash, binoning er ostki qismini montaj qilish 
to‗g‗risida bilimga ega bo‗lishdan iborat. 
Tayanch iboralar 
Grunt ichida devor, gidrogeolik sharoit, burg‗ulash, vertikal qator qoziq, 
gidrotexnik qurilish, filtrlash, tunnel, tindirgich, Qoziqli devor, transheya, monolit 
konstruksiya, nol sikl, kotlovan.
2 – ilova 
Yer osti inshootlarini qurish uchun “grunt ichida devor” texnologiyasi 
Yer osti inshootlari gidrogeolik sharoitlar va o‗rnatilish chuqurligiga bog‗liq 
holda turli usullarda amalga oshiriladi, ulardan asosiylari – ochiq, ―grunt ichidagi 
devor‖ va tushirilgan quduq usullaridir. 
―Grunt ichidagi devor‖ texnologiyasining mohiyati shundan iboratki, 
gruntda planda turli xil shaklga ega bo‗lgan qazilmalar va transheyalar barpo etilib, 
ular ustiga monolit yoki yig‗ma temir betondan iborat er osti inshootining to‗suvchi 
konstruksiyalari barpo etiladi, so‗ngra bu konstruksiyalar himoyasida ichki gruntli 
yadro ishlab chiqiladi, tubi quriladi va ichki konstruksiyalari barpo etiladi.
Mamlakatimiz amaliyotida ―grunt ichidagi devor‖ usulining bir qancha
turlari qo‗llaniladi: 

qoziqli, bunda to‗suvchi konstruksiyalar burg‗ulab to‗ldirilgan vertikal 
qator qoziqlardan tashkil topadi; 

transheyali, monolit betondan yoki yig‗ma temirbeton elementlardan 
zich devor tarzida ishlanadi. 
Bunday texnologiya shahar qurilishi sharoitlaridagi mavjud binolar 
Yaqinida, korxonalarni qayta qurishda, gidrotexnik qurilishdagi erosti inshootlar ini 
barpo etishda istiqbolga ega. 
―Grunt ichidagi devor‖ texnologiyasidan foydalanib, quyidagilarni barpo 
etish mumkin: 
• filtrlashga qarshi to‗siqlar; 
• yuzaga Yaqin joylashgan tunnellar metro uchun; 
• erosti garajlari, avtomobil yo‗llaridan o‗tish yo‗llari va kesishmalar; 


• suyuqlik saqlovchi idishlar va tindirgichlar; 
• turar – joy va sanoat binolari poydevorlari. 
Gruntning xossalari va uning namligiga bog‗liq holda devorlarni barpo 
qilishning ikki turi – quruq va xo‗l turlari qo‗llaniladi. Gruntli qorishma talab 
etilmaydigan quruq usul, namligi kamroq barqaror gruntlarda devorlarni barpo 
etishda qo‗llaniladi. 
Qoziqli devorlar ham quruq, ham xo‗l usullarda barpo etilishi mumkin
bunda ketma-ket quduqlar burg‗ulanadi va ularda qoziqlar betonlanadi. 
Loyli qorishma ostida zarur chuqurlik va kenglikkacha ochiq bo‗lgan 
qazilmalarda bu qorishmani asta-sekin ko‗taruvchi yoki to‗suvchi konstruksiyalar 
sifatida monolit beton, yig‗ma elementlar, gruntning sement yoki boshqa 
materiallar bilan turli xil aralashmalaridan foydalanib, asta-sekin o‗rnini 
almashtiriladi. 
Bentonitli loylar eng yaxshi tiksotrop xossalarga ega. Loyli qorishma 
ta‘sirining mohiyati shundakimkim, transheya devorlarining buzilishiga 
(upirilishiga) to‗sqinlik qiluvchi gidrostatik bosim hosil qilinadi, bundan tashqari, 
devorlarda loydan 2 ... 5 mm qalinlikdagi amalda suv o‗tkazmaydigan plyonka 
hosil bo‗ladi. Qazilmalar devorlarini loylash jarayoni shpunt qoqish, suvni 
pasaytirish va gruntni muzlatish kabi yordamchi va og‗ir mehnatni talab qiluvchi 
ishlardan voz kechishga imkon beradi. 
Transheyalarni 
qazishda 
siklik 
va 
uzluksiz 
ishlovchi 
uskunadan 
foydalaniladi; odatda transheyalarning eni 500...1000 mm ni tashkil etadi, ammo 
1500...2000 mm ga ham etishi ham mumkin. 
Transheyalarni loyli qorishma himoyasida ishlab chiqish uchun umumiy 
vazifani bajaruvchi yer qazish mashinalari – greyferlar, draglayn va teskari 
chumichli, aylanuvchi burg‗ulash qurilmalari va zarb bilan burg‗ulovchi qurilmalar 
va maxsus chumichli, frezerli va yo‗nuvchi qurilmalardan foydalaniladi. 
Burg‗ulash qurilmasi ―grunt ichidagi devor‖ni 100 m gacha chuqurlikdagi 
har qanday grunt sharoitida qurishga imkon beradi. 
―Grunt ichidagi devor‖ usulini quyidagi holatlarda qo‗llash maqsadga 
muvofiq emas: 
• 
g‗ovak va kavakli, yumshoq sochiluvchan ag‗darma gruntlarda; 
• 
oldin g‗isht terimi bo‗lgan, singan beton va temirbeton elementlari 
bo‗laklari, metall konstruksiyalari bor va boshqa uchastkalarda;
• 
bosimli erosti suvlari yoki gruntlarning katta mahalliy filtratsiyali 
xududlarida. 
Mavjud binolarning paydevorlari Yaqin joylashgan hollarda transheyalarni 
qazish ishlari, undan keyingi ishlarni amalga oshirish kabi alohida qamrovlar bilan 
bajariladi, ya‘ni birinchi, uchinchi, ikkinchi, beshinchi, turtinchi va h.k. 
Betonlashning qamrab olish uzunligini (qamrovlar) 3 m dan 6 m gacha qilib 
belgilanadi va quyidagi mezonlar bo‗yicha aniqlanadi: 
• transheyaning mustahkamligini ta‘minlash shartlari; 
• qabul qilingan betonlash jadalligi; 
• transheyalarni qazuvchi mashinalarning turi; 
• ―grunt ichidagi devorning‖ konstruksiyasi va vazifasi. 


Monolit konstruksiyalarning ―grunt ichidagi devor‖ usuli bilan qurishdagi 
ishlar ketma – ketligi quyidagicha (6.1-rasm): 
1) qamrab olishda chetki quduqlarni burg‗ulash; 
2) transheyani ayrim qismlarga ajratib ishlov berish yoki butun uzunligi 
bo‗yicha ketma – ket ochiq sirtni bentonitli qorishma bilan transheyani alohida 
qamrovlarga chegaralagichlar bilan ajratib, doimiy to‗ldirish; 
3) to‗la ochiq qamrovda armatura karkaslarini montaj qilish va transheya 
tubiga betonquyuvchi quvurlarni tushirish; 
4) beton qorishmasini vertikal siljuvchi quvur usuli bilan joylashtirib loyli 
qorishmani zaxira idishga yoki transheyaning ishlov beriladigan qo‗shni qismiga 
siqib chiqarish bilan,. 
4.1.-rasm. ―Grunt ichidagi devor‖ qurilishining texnologik sxemasi: 
1 - forshaxtaning tuzilishi (transheya ustining mahkamlanishi); 2 - transheyani qamrov 
uzunligi bo‗ylab kavlash; 3 – cheklagichlarni o‗rnatish (qamrovlar orasidagi to‗siq); 4 – 
armatura karkaslarini montaj qilish; 5 – qamrovda vertikal siljuvchi quvur usuli bilan betonlash.
―Grunt ichidagi devor‖ armaturasi davriy profilli po‗latdan qilingan fazoviy 
karkasdan iborat bo‗lib, u transheya kengligidan 10... 12 sm kichikroq bo‗lishi 
kerak. Yopishib qoladigan loy plyonkasi qalinligini kamaytirish va armaturaning 
beton bilan ishlashini oshirish uchun armaturali karkaslarni transheyaga 
tushirishdan avval suv bilan xo‗llab olish maqsadga muvofiq. 
Betonlashni beton qorishmasini uzluksiz yotqizish va u bilan butun 
qamrovni bir maromda pastdan yuqorisigacha to‗ldirish vertikal siljuvchi quvur 
usuli bilan amalga oshiriladi. 
Betonquyuvchi quvurlar – diametri 250...300 mm, devorlarining qalinligi 
8...10 mm, bo‗yni - quvur hajmiga mos, olinuvchi klapan bo‗yindan pastda, pijlar 
qalin matodan qilingan. 
Qamrov o‗lchamining cheklagichlari: 
• transheyaning chuqurligi 15 m gacha bo‗lganda diametri transheya enidan 
30...50 mm kichik bo‗lgan quvurlar qo‗llaniladi; ularni qamrovda betonlash 
tugallangandan so‗ng 3 ... 5 soatdan keyin olinadi va hosil bo‗lgan bo‗shliq darhol 
beton qorishma bilan to‗ldiriladi; 


• transheyaning chuqurligi 30 m gacha bo‗lganda cheklagich po‗lat list 
ko‗rinishida o‗rnatiladi, u armaturali karkasga payvandlanadi. Zarur bo‗lganda 
listga shvellerlar payvandlab kuchaytiriladi. 
Qamrab olish (qamrov) uzunligi 3 m dan ortiq bo‗lganda betonlash odatda 
ikkita beton quyuvchi quvurlar orqali bir vaqtda amalga oshiriladi. Betonning 
plastikligini oshirish uchun va uni yotqizish qulay bo‗lishi uchun 
plastifikatsiyalovchi qo‗shimchalar – spirtli barda, superplastifikatorlar
qo‗llaniladi. 
Ba‘zida transheya chetlarining buzilishidan va to‗kilishidan muhofaza 
qilish uchun yig‗ma elementlardan yoki forshaxta metallidan – gruntning yuqori 
qatlamarini kuchaytirish uchun 1 m gacha chuqurlikdagi transheyalarning bosh 
qismlari yoki bu transheya 1 m gacha chuqurlikkacha devorning yuqori qismlari 
mustahkamlab quriladi. 
―Grunt ichidagi devor‖ texnologiyasining kamchiliklari: armaturani beton 
bilan ishlashi yomonlashadi, chunki armatura sirtiga loy qorishmasi zarralari 
yopishib qoladi; qish paytida ishlarni bajarishda ko‗p murakkabliklar vujudga 
keladi, shuning uchun sharoit imkon berganda yig‗ma va yig‗ma – monolit 
variantlardan foydalaniladi. 
Yig‗ma temirbetonning qo‗llanilishi quyidagilarga imkon beradi: 
• ishlarni amalga oshirishning industrialligini ko‗tarishga; 
• oqilona shakldagi: g‗ovakli, tavrli va ikki tavrli konstruksiyalarni 
qo‗llanishga; 
• barpo etilgan inshootlarning sifat kafolatiga ega bo‗lishga. 
Yig‗ma temirbetonning kamchiliklari: buyumlarni tayyorlash uchun har gal 
individual kesim va uzunlikdagi maxsus texnologik moslama talab etiladi; 
maxsulotlarni qurilish maydonchasiga tashishning murakkabligi; quvvatli montaj 
kranlarining kerakliligi; yig‗ma temirbetonning qiymati monolitnikidan ancha 
yuqoriligi. 
Yig‗ma elementlar orasidagi vertikal tirqishlar (oraliqlar) ishlarni quruq 
holda olib borish usulida sement qorishmasi bilan to‗ldiriladi. Ho‗l usulda ishlashda 
esa, transheyaning tashqi qo‗yini sement, qum qorishmasi bilan, ichki qo‗yini esa 
– qum – graviy qorishmasi bilan to‗ldiriladi. Tashqi to‗ldirish keyinchalik 
gidroizolyasiya sifatida xizmat qiladi. 
Yig‗ma – monolit echimning ikki varianti qo‗llaniladi: 
inshootning pastki qismi ma‘lum darajagacha monolit betondan iborat, 
yuqorida yotuvchi konstruksiyalar – yig‗ma elementlardan iborat;
yig‗ma elementlar koshin-qolip ko‗rinishida qo‗llanilib, u transheyaning 
ichki sirtiga o‗rnatiladi, tashqi sirti monolit beton bilan to‗ldiriladi. 
Tunnellar va rejadagi berk inshootlarni qurishda tashqi devorlar 
qurilgandan so‗ng inshootning ichki qismidagi grunt olib chiqiladi va ag‗darib 
haydalgan erga(ag‗darma) to‗kiladi, tubi betonlanadi yoki inshootning ichki 
konstrukiyalari ostiga poydevor quriladi. 

Download 9,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish