6- Amaliyot (2 Soat)
1.
To‗ldiriladigan
qoziqlar
2.
Portlatish usuli
To„ldiriladigan qoziqlarni barpo etish texnologiyasi
Tayanch iboralar
:
qoziqlar, burg‘ilash; quduq portlatish
To‗ldiriladigan qoziqlar o‗zining bo‗lajak o‗rnidagi quduqni (bo‗shliqni) beton
aralashmasi yoki qumbilan to‗ldirib quriladi. Ularning asosiy afzalliklari:
istalgan uzunlikda tayyorlash mumkinligi;
qoziqlarni qurishda katta dinamik ta‘sirlarning yo‗qligi;
torsharoitlarda qo‗llanilishi mumkinligi;
mavjud poydevorlarni kuchaytirishda qo‗llanilishi mumkinligi.
Qazilma devorlarini mahkamlash usullari.
a-tirgakli; b-ankerli; v-konsolli; g-konsolli burg‗ilab to‗ldiriladigan qoziqlar yoki ―grunt ichidagi devor‖;
d-har
xil turdagi po‗lat shpuntlar; e-gorizontal shchitli tortqichli; j-inventar quvurli tortqich rama; z-to‗siqlarning
inventar shchitlari (zabirka); 1-yaxlit zabirka shchiti; 2-grunt bilan to‗ldiriladigan bo‗shliq; 3-yog‗ochli ustun; 4-
tortqich; 5-tirgak; 6-pona-anker; 7-kotlovan tubi; 8-ankerli tortgich; 9-oralari ochiqzabirka shchiti; 10-quvurli
tortqichli rama; 11 – po‗lat shpuntlar turi; 12-tortuvchi mufta; 13-shpuntli devor; 14-burg‗ilab to‗ldiriladigan
qoziqlar; 15-shuning o‗zi, obsadnoy quvurda; 16-metall tortqich; 17-tortqichlirama ustuni; 18, 19-tortqichning
ichki va tashqi quvuri.
To‗ldiriladigan qoziqlar betonli, temirbetonli vagruntli qilib tayyorlanadi, shu
bilan birga tovoni kengaytirilgan qoziqlarni qurish imkoniyati mavjud. Qoziqlarni
qurish usuli oddiy − oldindan burg‗ilab qazilgan quduqlarga to‗ldirish uchun beton
aralashmasi yoki gruntlar uzatiladi.
Qoziqlarning uzunligi 20…30
m ga yetib, diametri 50…150 sm atrofida
bo‗ladi. Burg‗ilab to‗ldiriladigan qoziqlarni tayyorlash quyidagi operatsiyalarni oʻz
ichiga oladi:
quduqni burg‗ilash;
quduqqa o‗raboluvchi (obsadnoy) quvurni tushirish;
quduqdan to‗kilgan gruntni olish;
quduqni alohida portsiyalarda beton bilan to‗ldirish;
betonni portsiyalar bilan shibbalash;
Qurshab
turuvchi
quvurlarni qo‘llash bilan
burg‘ilab to‘ldiriladigan qoziqlarni
o‘rnatishning texnologik sxemasi:
a-konduktorni o‗rnatish va quduqni burg‗ilash; b-qurshab
turuvchi quvurni botirish; v-quduqni kovlash;
gqurshab turuvchi quvurning keyingi boʻg‗inini ulab uzaytirish; j- quduqni beton aralashmasi bilan to‗ldirish va
qurshab
turuvchi quvurni chiqarish; 1-quduqni burg‗ilash uchun mo‗ljallangan ishchi organ; 2-quduq; 3-
konduktor; 4-burg‗ilash qurilmasi; 5-qurshab turuvchi quvur; 6-armaturali karkas; 7-betondan qo‗yuvchi quvur;
8-vibrobunker.
Usulning kamchiliklari – qoziqning butun balandligi bo‗ylab betonning zichligi
vamonolitligini nazorat qilishning imkoni yo‗qligi, qotmagan beton aralashmasining
yer ostisuvlari bilan yuvilib ketishi mumkinligi.
Gruntdagi sharoitlarga bog‗liq holda burg‗ilab to‗ldiriladigan qoziqlar quyidagi
usullardan biri bo‗yicha quriladi − quruq usulda (quduq devorlarini
mustahkamlamasdan), loyqorishmasini qo‗llab (quduq devorlari buzilishining oldini
olish uchun) vaquduqni qamrab oluvchi quvur bilan mustahkamlash (6.11-rasm).
Qurshab turuvchi quvurlarni qo‗llash bilan burg‗ilab to‗ldiriladigan qoziqlarni
o‗rnatishning texnologik sxemasi:
a-konduktorni o‗rnatish va quduqni burg‗ilash; b-qurshab turuvchi quvurni botirish; v-quduqni kovlash;
gqurshab turuvchi quvurning keyingi boʻg‗inini ulab uzaytirish; j- quduqni beton aralashmasi bilan to‗ldirish
va qurshab turuvchi quvurni chiqarish; 1-quduqni burg‗ilash uchun mo‗ljallangan ishchi organ; 2-quduq; 3-
konduktor; 4-burg‗ilash qurilmasi; 5-qurshab turuvchi quvur; 6-armaturali karkas; 7-betondan qo‗yuvchi
quvur; 8-vibrobunker.Tovoni kengaytirilgan burg‗ilab to‗ldiriladigan qoziqlar. Bunday qoziqlarning
diametri
0,6…2,0 m, uzunligi 14…50 m bo‗ladi. Qoziqlarni kengaytirishning 3 ta usuli mavjud. Birinchi usul –
gruntni ichdan kengaytirish quduqning pastki qismida beton aralashmasini jadal shibbalash bilan olib
boriladi, ammo bu yerda ishlar sifatini, aralashib ketgani va uning ko‗tarish qobiliyati qandayligini
baholash mumkin bo‗lmaydi.
Ikkinchi usulda diametri 3 metrgacha tovoni kengaytirilgan quduq hosil qilish
uchun burg‗ilash kolonkasida ochiladigan pichoq ko‗rinishdagi maxsus qurilmaga
ega bo‗lgan stanok bilan quduq burg‗ilanadi
(6.12-rasm).
Qoziqni rostverk bilan birlashtirish:
A-erkin
tayanish; b-bikr tayanish; 1-qoziq; 2-rostverk; 3-armatura to‗ri; 4-qumli tayyorgarlik; 5-armaturaning
qoziqdan chiqib turgan qismi.
Portlatish usuli bilan kengaytirish. Burg‗ilangan quduqqa qurshab turuvchi
quvur o‗rnatiladi. Quduqning tubiga massasi hisoblangan portlovchi modda zaryadi
tushiriladi va detonator simlari yer sirtidagi portlatish mashinasiga chiqarib ulanadi.
Quduq 1,5…2,0 m chuqurlikda beton aralashmasi bilan to‗ldiriladi, qurshab turuvchi
quvur 0,5 m ko‗tariladi va portlatish amalga oshiriladi.
Portlash energiyasi gruntni
zichlashtiradi va sferik bo‗shliqni hosil qiladi, bu bo‗shliq qurshab turuvchi quvurdan
tushayotgan beton aralashma bilan to‗ldiriladi. Shundan so‗ng qurshab turuvchi
quvur beton aralashmasi bilan portsiyalab to‗ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: