ishlarni bajarish ketma-ketligi
Bir qavatli sanoat binolari odatda zavodlarda seriyali tayyorlangan tipovoy (namunaviy) yig‗ma
temir beton elementlaridan montaj qilinadi. Bir qavatli binolarning yig‗ma konstruksiyalari to‗suvchi
va yuk
ko‗taruvchi turlarga bo‗linadi. YUk ko‗taruvchi konstruksiyalarga – yig‗ma
poydevorlar, ustunlar, kran osti
to‗sinlari, stropila
va stropilaosti fermasi, to‗suvchilariga esa – tomyopma plitasi, kamar – to‗sin va devor
panellari kiradi.
Oraliqlari 30 m va undan katta bo‗lganda metall fermalar qo‗llanilib, kichik oraliqdagi binolar
arkasimon, segmentli va paralel belbog‗li temir-beton fermalar bilan yopilishi mumkin. SHuni ta‘kidlash
kerakkim temirbeton karkasli binolarni barpo etishdagi mehnat sarfi uxshash metall
konstruksiyali binolarga
qaraganda ancha yuqoridir.
Yig‗ma temir betonli binolarni elementlari bittalab montaj qilinadi, chunki ularning tutashuv joylari
murakkabligi tufayli fazoviy bloklariga biriktirib, yiriklashtirilmaydi, chunki
temirbeton blokining massasi,
xuddi shunday metall blokka nisbatan 3 ... 5 marta og‗ir bo‗ladi.
Tutashuv joylarini yaxlitlashda − ―ho‗l jarayonlar‖ mavjudligi konstruksiyalar montajini ancha
murakkablashtiradi. Ustunlarni stakan turidagi poydevorlarga o‗rnatgandan va ularni yaxlitlagandan so‗ng,
keyingi konstruksiyalarni montaj qilish qiyinlashadi. CHunki tutashuv joylarini yaxlitlash va ular 70%
mustaxkamlikka erishguncha ushlab turish talab qilinadi. Bu esa qishki mavsumda ishlarni bajarishda
qo‗shimcha murakkabliklar tug‗diradi.
Qurilish maydonida bir nechta kran mavjud bo‗lganda karkasni montaj qilish bir nechta paralel va
ketma-ket oqimlarida bajarilishi mumkin: yig‗ma poydevorlar, ustunlar, ustunlar orasidagi bog‗lamalar,
kranosti to‗sinlari va tom yopma elementlari, devor panellari montaji. Ishlarini bunday tashkil etilishi ob‘ektni
montaj muddatini sezilarli darajada qisqartiradi.
Poydevorlar uchun transheya yoki chuqurlar qazilib, zamin tekislanib zichlangandan so‗ng,
poydevorlarni montajiga kirishiladi. Poydevorlar chuqur joylashtirilganda yoki yaxlit kotlovan qazilgan bo‗lsa
kran kotlovan tubi bo‗ylab xarakatlanadi.
Ustunlar ikkinchi (oqim) oqimda montaj qilinadi, bunda nolinchi sikl
ishlari tugallanib birinchi
qamrov qabul qilingan bo‗lishi kerak. Bunday ishlarga quyidagilar kiradi: ustunlarni montaj qilish uchun qabul
qilingan poydevorlar, transheya va chuqurlarni yon-biqinlari grunt bilan qayta to‗ldirilishi, qamrov chegarasida
gruntlarni tekislash ishlari, transport xarakati uchun yo‗llar tayyorlash, konstruksiyalarni taxlash va kranni
ishlashi uchun maydonchalar tayyorlash. Tekislash ishlaridan keyin eng ma‘qul
echim butun qamrov Yuzasi
bo‗yicha pol ostini betonlanishidir. Transport va kran harakati uchun qattiq qoplamali temirbetonli yo‗l
plitalaridan foydalanish mumkin. Bu holatda konstruksiyalarni qumli asosda tayerlangan maydonchaga
joylashtirish tavsiya etiladi
Odatda uzunligi 12 m gacha bo‗lgan ustunlar tortib mahkamlanmaydi, ya‘ni
tortqilar ishlatilmaydi,
ularni mustahkamligi poydevorga maxkamlash bilan ta‘minlanadi. Balandroq ustunlarni o‗rnatganda ular
bikrlik Yuzasini kichik tekisligida tortib mahkamlanishi kerak ( ustunlar qatori bo‗ylab). Ustun va poydevor
tutashuv joylarida beton qorishmasi kerakli mustaxkamlikka erishgandan so‗ng bog‗lamalarni montajiga va
kranosti to‗sinlarini o‗rnatilishiga kirishish mumkin. Kran osti to‗sinlarini qo‗yma detallari ustun konsoliga
payvandlanib va tutashuv joylari to‗ldirilgandan keyin ustunlar orasidagi tortqilar olinadi.
Kranosti to‗sinlari odatda tomyopma konstruksiyalari bilan bir oqimda montaj qilinadi. Karkasning
xar bir yacheykasini kompleks uslubida montaj qilish tavsiya etiladi: ya‘ni
yacheykadagi xamma kranosti
to‗sinlari, stropilaosti to‗sini, stropila fermasi va yacheykadagi barcha tomyopma plitalari o‗rnatiladi. Plitalar bir
yon tomondan ikkinchi yon tomonga ketma-ket, chetki oraliqni birinchi plitasi birinchi qator ustunlariga ilingan
osma montaj maydonchasidan turib, o‗rta oraliq plitalari oldin montaj qilingan chetki oraliq plitalari ustidan
turib montaj qilinadi.
Devor panellari oxirgi montaj oqimida odatda mustaqil kran bilan montaj qilinadi. Panellarni qushni
ustunlar orasiga butun balandligi bo‗yicha deraza panjarasi bilan bir paytda va elementlar choklarni yaxlitlash
bilan birgalikda montaj qilinadi.
Bir qavatli sanoat binolarini montaj qilishda ob‘ekt oldi omborlari tashkil etilmaydi. Montaj qilish
zonasiga konstruksiyalar
uchinchi smenada keltirilib, tushiriladi va ko‗tarish joylariga taxlab teriladi.
Konstruksiyalar zaxirasi kamida ikki yoki uch kunlik ishga mo‗ljallanadi, keltirishda uzilishlar bo‗ladigan
holatlarda zaxira kuni oshishi mumkin. Konstruksiyalarni etkazishni kunduzi ham tashkil etsa bo‗ladi, bunda
konstruksiyalar montaj yo‗nalishining qarama-qarshi tomonidan tashib keltirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: