Qo‘shimcha vazifa va yo‘riqnomalar: _______________________________________
Chizmalarni va loyihani topshirish muddatlari:
1-bosqich
20 ball
|
2-bosqich
20 ball
|
3-bosqich
20 ball
|
4-bosqich
20 ball
|
5-bosqich
20 ball
|
1-3 hafta
Topshiriq bo‘yicha kerakli adabiyotlar bilan shug‘ullanish
|
4-7 hafta
Binoning rejasi va uni ko‘ndalang kesimlarini chizish
|
8-10 hafta Bajariladigan ishlarni xajmi va ishchilar mexnat unimini hisoblash
|
11-13 hafta
Hisob natijalariga asosan grafik qismlarni tayorlash
|
14 hafta
Kurs loyihasini himoya qilish
|
Rahbar: _ O‘ktamov B.B._________________________ __ _
imzo
Vazifani qabul qildim, talaba: _______________________________ _____________
Imz
MUNDARIJA
V A Z I F A 2
Kirish.
Keyingi yillarda yuksalish sari olg’a intilayotgan mamlakatimiz — O‘zbekiston Respublikasining bugungi kunini yirik sanoat korxonalari, turli muhandislik inshootlari va tizimlari, madaniy va maishiy binolar qurilishlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda chet el investitsiyasining kirib kelishi sababli ko‘plab sanoat korxonalari jahon andozalariga javob bera oladigan darajada qayta qurilmoqda, yiriklashmoqda va yangidan qurilmoqda.
Tabiiyki, ulkan qurilishlarning tobora rivojlanib borishi zamonaviy qurilish mashinalari va jihozlariga bo‘lgan talab va ehtiyojni kuchaytiradi.
Hozirgi zamondagi qurilish mashinalari va jihozlari quyidagi yo‘nalishlarda takomillashib va rivojlanib bormoqda:
-mashinalarning sifati, ishonchliligi va xizmat muddatining o‘sishi;
-mashinalar quvvatining ortishi;
-gidravlik yuritmalardan foydalanish;
-almashinuvchi ishchi qismlarga ega bo‘lgan universal mashinalarni yaratish;
-qo‘l mashina va mexanizmlaridan foydalanish;
-mashinalarni manyovrchanligini oshirish;
-avtomatik qurilmalardan foydalanish;
-mashinalarning qulay mehnat sharoiti va texnik estetika talablari asosida loyihalash.
Bulardan tashqari, yangi rusumdagi qurilish mashinalari yaratish bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, detonatsion to‘lqin energiyasi, portlash energiyasi, lazer nurlari, tebranishlar, ultraqisqa tovush tebranishlari yordamida ishlovchi yangi rusumdagi qurilish mashinalari ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Qurilish mashinalaridan foydalanib qurilish ishlarini qisman va to‘liq mexanizatsiyalash hamda avtomatlashtirish mumkin. Ko‘p qavatli g’ishtli uyni qurishda g’isht va qorishmani yuqoriga olish mexanizmlar yordamida bajarilsa, g’ishtni terish esa qo‘lda bajariladi. Ishni bunday tashkil qilishda jarayon qisman mexanizatsiyalashadi. Zamonaviy qurilish ishlab chiqarishi barcha jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalashni talab qiladi, ya’ni ishlab chiqarishdagi barcha jarayon mexanizmlar yordamida bajarilib, ishchi faqatgina bu mashinalarni boshqarish bilan shug’ullanadi.
Pollar–bu bino va inshootlarning konstruktiv elementi bo‘lib, ekspluatatsiya yuklamalarini qabul qilish uchun mo‘ljallangan va alohida funksiyalarni ado etuvchi quyidagi qismlardan tashkil topadi
Qoplama–polning yuqorigi elementi, bevosita ekspluatatsiya ta’sirida bo‘ladi. Pol qoplamasi sifatida parket va boshqa yog‘och asosidagi materiallar, lipoleum, plastmassa va keramik plitkalar, sintetik tukli gilamlar va boshqa materiallar qo‘llaniladi.
Oraliq qatlam–oradagi (o‘rtadagi) qatlam, pol qoplamasini pastdagi pol elementlari yoki yopmalar bilan bog‘lovchi qatlam. Shu maqsadda sement-qumli qorishmalar, bitumli mastikalar, sintetik yelimlar va boshqa materiallar ishlatiladi.
Tekislovchi qatlam yoki yig‘ma asos–pol qoplamasi tagida qattiq asos tayyorlash uchun, pastki qatlam qattiq bo‘lmagan yoki g‘ovakli materiallardan bo‘lgan taqdirda.
To‘shama qatlam–yuklamalarni asosga barobar uzatish uchun xizmat qilib, u odatda shlak, shag‘al, beton va asfaltobetondan bo‘ladi. Grunt ustida u barpo etilganda, bu qatlam yuklamalarni pastki asosga taqsimlaydi.
Teploizolyatsiya issiq-sovuqdan ximoya qatlam bu qatlam issiqizolyatsiya materiallardan (shlak, keramzit va boshqa) bo‘lib, polning issiq-sovuq o‘tkazuvchanligini kamaytiradi.
Tovushdan ximoya qatlam yoki prokladka yopma orqali uzatuvchi shovqunni kamaytirish uchun.
Namdan ximoya (gidroizolyatsiya)–suv va boshqa suyuqliklarni polning yuqorgi konstruksiyalariga o‘tishiga qarshilik qiluvchi qatlam
Pollar uzoq muddat ekspluatatsiyaga chidashi, konstruksiya jixatdan issiq, sirpanmaydigan, silliq, yurganda shovqunsiz va chang chiqarmaydigan bo‘lishi lozim.
Polning nomi odatda uning qoplamasi nomi bilan ataladi. Taxta, parket, linoleum va polivinil xlorid plitkali pollar xar doim yengil va quruq ekspluatatsiya rejimidagi xonalarda, turar joy xonadonlarda, kasalxona palatalarida, ma’muriy bino xonalarida, maktab sinflarida va boshqa shunga o‘xshash xonalarda barpo etiladi.
1-xonaning pol yuzasini aniqlash:
O‘quv xonasi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib tomonlari A=3 m, B=6m ga teng. Xonaning pol yuzasini quyidagi formula orqali aniqlaymiz va pol yuzalarini aniqlash jadvalini to‘ldiramiz.
1.Xonalarning pol yuzalarni hisoblash.
S = A * B = 3 * 6 = 1 8 m2
Binoning boshqa xonalarini hisoblash 1-jadval asosida amalga oshiriladi.
Qoplamaning turiga qarab pol konstruktiv elementini plintusini hosil qilish uchun xonalarning perimetri aniqlanadi. Xonalarning perimetrini aniqlash quyidagi formula orqali aniqlanadi.
P = ( A + B ) * 2 = ( 3 + 6 ) * 2 = 18
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |