Bilimlar menijmenti



Download 82 Kb.
bet1/2
Sana10.12.2019
Hajmi82 Kb.
#29310
  1   2
Bog'liq
BILIMLAR MENIJMENTI

BILIMLAR MENIJMENTI

Reja:


1. Bilimlar menijmenti. asosiy tamoyillari.

2.Boshqarish funksiyalari to’g’risida tushuncha.

3.Boshqarish funksiyalari ahamiyati.

4. Bilimlar menijmenti to’g’risida tushuncha.

5. Bilimlar menijmenti usullari va ularning ahamiyati.

6.Nazariyadan amaliyotga o’tish jarayonlari.

Tamoyil – faoliyatning asosiy qoidasi, dasturilamal g’oya.

Boshqarish tamoyili dasturilamal qoida, xulq me’yorlari, uning standartlari bo’lib, iqtisodiyotga rahbarlik unga asoslanadi.

Boshqarish tamoyillari bir-biri bilan o’zaro bog’liq va amaliyotda yaxlit holda foydalanilishi lozim. Boshqarish tamoyillari rahbarlikning oltin qoidalarini o’zida namoyon etadi. Bu qoidalar majmuasining amalda ro’yobga chiqarilishi boshqarish tizimining sifatli ishlashini ta’minlaydi.



Boshqarish tamoyillarining mohiyati va ularning tahlili.

1. Zaruriy turli-tumanlik va tezkor harakat tamoyili. Boshqaruv organi ishlab chiqarish jarayonida ehtimoliy xilma-xillik va tashqi muhit taasurotlari tezligiga qaraganda ko’p turli hamda tezkor xarakatlar dasturiga ega bo’lishi lozim.

2. To’g’ridan-to’g’ri o’zaro tobelik tamoyili. Har bir xodim barcha ishlab chiqarish masalalarida bitta rahbarga tobe bo’lishi lozim. Bu qoida har bir xodim faqat bitta rahbardan topshiriq olishi va unga hisobot berishiga imkon yaratadi. Shu bois xodim bittadan ortiq rahbardan topshiriq olmasligi lozim.

Nazoratning ko’lami tamoyili. Biror rahbar boshqarish me’yori oshib ketgan miqdordagi xodimlarni samarali boshqara olmaydi. Rahbariyat uchun qo’l ostidagilarning yetarli deb hisoblanadigan miqdori turli darajadagi boshqaruv tizimlarida turlichadir. Jumladan, doimiy rahbarlar uchun qo’l ostidagilarning yo’l qo’yiladigan me’yoriy miqdori quyidagi chegaraga ega: brigadir -25; sex boshlig’i-18; direktor-12; vazir -5.

4. Huquq, majburiyat mas’uliyat muvofiqligi tamoyili. Rahbar yoki xodim muvaffaqiyatli ishlash imkoniyatiga ega bo’lishi uchun uning huquq, majburiyat va mas’uliyati bir-biriga muvofiq kelishi lozim. Majburiyatlar xodim o’z vazifasini hal etishi uchun boshqarishi lozim bo’lgan ochiq bir xatti-harakat sifatida shakllanadi. Majburiyatlar ta’rifini, agar xodimning tezkor rejasiga o’zgartirishlar kiritish majburiyatni to’liq bajarish paytida qayd etish zarur bo’lsa, qoniqarli deb hisoblash mumkin. Huquq hokimiyat o’lchovidir. Huquq shunday mehnat shart-sharoitini o’z ichiga oladiki, ularsiz xodim o’z majburiyatlarini bajara olmaydi. Mas’uliyat xodim o’ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajara olmaydi. Mas’uliyat xodim o’ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganda unga qo’llaniladigan sanksiyadir.

5. Vakolatni amalga oshirish tamoyili. Rahbar qo’l ostidagi xodim muvaffaqiyatli bajarayotgan ishni o’zi bajarmasligi lozim. Rahbarning asosiy vazifasi o’zi bajarishi lozim bo’lgan to’rt majburiyatni o’z ichiga oladi:

- kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish;

- firma bo’linmalarni o’rtasidagi o’zaro aloqani tashkil qilish;

- tashqi aloqalar olib borish;

- boshqarish obyektini rivojlantirish istiqbollarini ta’minlash.

6. Personalni boshqarishni markazlashtirish darajasi va mehnat jamoalarining o’z-o’zini boshqarish darajasi oqilona uyg’unlashtirish negizida amalga oshirilishi lozim. Mohiyat jihatidan qaraganda, bu o’rinda gap boshqarishni markazlashtirish va markazlashtirishdan chiqarishning optimal uyg’unligi haqida bormoqda. Bu tamoyil pog’onali (iyerarxik) tizimining har bir o’zaro tobelik darajasida boshqaruv qarorlarini qabul qilish bo’yicha vakolatlarni oqilona taqsimlashga imkon beradi. Strategik qarorlar markazlashgan holda qabul qilinadigan variant eng maqbuli hisoblanadi. Bu xo’jalik yuritishning barcha bosqichlarida muvofiqlashtirishning yuqori darajasini talab etadi.



Boshqarishdagi barcha tamoyillarning bir-biri bilan o’zaro aloqadorligi.

Boshqarishning barcha tamoyillari bir-biri bilan o’zaro aloqadordir. Ishlab chiqarish sharoitida bir tamoyilning buzilishi barcha tamoyillarning ham buzilishiga olib keladi. Rahbar barcha tamoyillarni yoddan bilishi shart. Faqat shundagina menejer ishlab chiqarish muammosi paydo bo’lganda uni tezda hal qila oladi. Korxonadagi ish to’xtab qolish sababini aniqlaydi va mazkur holatda qaysi tamoyil amal qilishini belgilab beradi. Shuni unutmaslik kerakki, ko’rib chiqilgan barcha tamoyillarni ro’yobga chiqarish firma boshqaruvi tizimi samarali ishlashiga imkon beradi. Shuning uchun G’arbda ushbu tamoyillar boshqarishning “oltin” qoidalari deb ataladi.



2.Boshqarish funksiyalari to’g’risida tushuncha.

Dastlab "funksiya" va "vazifa" iboralarining lug’aviy ma’nosi to’g’risida ikki og’iz so’z.



"Funksiya" tushunchasi "vazifa" tushunchasiga nisbatan torroq ma’noga ega. Zero, funksiya faqat o’z faoliyat doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi. Masalan, marketologning ishini bajarish korxona muhandisining funksiyasiga kirmaydi, chunki u shu bevosita marketolog faoliyati doirasidagi yumushdir. "Va­zifa" esa o’z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo’lishi mum­kin. Boshqarish funksiyasi, deganda u yoki bu obyektiv boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga karatilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi.

Demak, boshqaruv muayyan funksiyalar orqali amalga oshiriladi. Funksiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va o’rganish boshqaruv jarayonini to’g’ri tashkil qilishning muhim shartidir.

Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tash­kil qilishdan kelib chikadi. Masalan, ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida: loyihalash; konstruktorlik; rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funksiya­lar paydo bo’ladi. Keyingi funksiyalar ishlab chiqarishni tay­yorlash, ya’ni,mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish, mehnat normalari, materiallari sarfini belgilash; asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funksiyalar paydo bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun ishlab chiqarish vositalari, texnika, xom ashyo, energiya, transport kabi moddiy ta’minot vositalari zarur. Shundan keyin, kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo’yish, mehnatni tashkil qilish, ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish kabi bir qator tashkiliy funksiyalar kelib chiqadi. Ko’rinib turibdiki, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo’layapti. Zero, funksiyalar faoliyat turlarini, sub’ektning boshqarish obyektiga aniq, ta’sir qilish yo’nalishlarini aks ettiradi. Aniq funksiyalar. Iqtisodiy funksiyalar. Qo’llanish va foydalanish miqyosiga qarab sotsial funksiyalar boshqarish faoliyati turlariga qarab ma’naviy-ma’rifiy funksiyalar. Tashkiliy funksiyalar boshqaruv funksiyalaridan tashqarida boshqaruv jarayonining o’zi ham bo’lishi mumkin emas. Funksiyalar tarkibini, ularning ko’lamini va mazmunini aniqlash boshqaruvchi xodimlar sonini belgilash, boshqaruv apparatining tashkiliy tarkibini loyhalash uchun muhim asos bo’lib hisoblanadi.

Boshqarish funksiyalari — ko’p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muhim belgilar bo’yicha turkumlarga ajratib o’rganish zaruriyati tug’iladi. Boshqarish funksiyalarining tasnifi. Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini o’rganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo’ladi.

G’arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini tasniflashda, eng avvalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik beradi: rejalashtirish; tashkil qilish; tartibga solish va muvofiklashtirish; nazorat; rag’batlantirish (motivlashtirish). Bu funksiyalar boshqaruvning barcha bo’g’inlarida va hamma bosqichlarida quyidagi izchillikda amalga oshiriladi:

* rejalashtirish;

* marketingni boshqarish;

* moliyaviy boshqarish;

* sifatni boshqarish;

* mehnatni boshqarish;

* xodimlarni boshqarish;

* innovatsiyani boshqarish va hokazo.

Bunday holda ishlab chiqarishni boshqarish faoliyatining ayrim turlari va sohalari alohida ajralib turadi.

Boshqarishning yuqorida sanab o’tilgan asosiy funksiya­lari ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida muhim o’rin tutishi zarur bo’lganligi tufayli ularni mufassal ko’rib chiqamiz.

Demak, boshqarish rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni rag’batlantirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu yerda muvofiqlashtirish barcha funk­siyalar jarayonida o’z aksini topadi. Bu funksiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarga ega bo’lib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud bo’ladi. Ular­ni, shuningdek, boshqaruvning hamma tomonlarini qamragan funk­siyalar deyish ham mumkin, chunki ular boshqaruv tizimini ham bo’yiga (vertikaliga), ham eniga (gorizontaliga) qamrab oladi. Boshqarish funksiyasini tasniflashning ikkinchi yondashuvida boshqarish ishini aniq ijrochilar bo’yicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi. Bunda bir butun aniq funksiyalar tizimi ajratiladi. Masalan, zamonaviy g’arb firmalarida ishlab chiqarishga oid 20—25 tadan kam bo’lmagan funksiyalar ajratiladi. Bular quyidagilardir: asosiy ishlab chiqarishni boshqarish; qo’shimcha ishlab chiqarishni boshqarish; ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarishni boshqa­rish;

Boshqarish faoliyatining turlariga ko’ra, funksiyalar quyidagicha bo’ladi: boshqarishning iqtisodiy funksiyalari, ya’ni, mablag’larning doiraviy aylanishni amalga oshirish, mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, marketing xizmatini uyushtirish, foyda olishni ta’minlash va h.k.; boshqarishning sotsial funksiyalari, ya’ni: mehnat sharoitini yaxshilash, xodimlarning uy-joyga ehtiyojini, sotsial madaniy-ma’naviy ehtiyojlarni qondirish, moddiy rag’batlantirishni ta’minlash, ijtimoiy himoyani ta’minlash va h.k.; boshqarishning ma’naviy-ma’rifiy funksiyalari, ya’ni, xodimlarni insoniylik, yaxshilik, mehr-shafqatli va o’zaro munosabatlarda sabr-toqatli bo’lish ruhida tarbiyalash, xodimlarni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiya­lash, halolikni, adolat tuyg’usini, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalashga xizmat qilish va h.k. Boshqarishning tashkiliy funksiyalari ya’ni, ishlab chiqarishni tashkil qilish, o’zaro aloqalarni o’rnatish va muvofiqlashtirish, barcha bo’g’in va bo’limlar o’rtasida vazifalar taqsimoti, vakolat va boshqarish apparati xodimlari o’rtasida ma’suliyatlarni belgilash, boshqarishning aniq uslubini tanlash va qaror qabul qilishda ish tartibi izchilligi, axborotlar oqimini tashkil qilish va h.k. Qayd qilingan funksiyalar bir-biri bilan bog’liq va ma’lum darajada tartibga solingan ko’p unsurlardan, tarkibiy qismlardan iborat bo’lib, ular yaxlitlikka ega. Shuning uchun ham boshqarish jarayonida ularning birortasi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.

Boshqarishning funksiyalaridan yana biri — bu tarmoqli boshqarish bilan hududiy boshqarishning mutanosibligini ta’­minlashdir. Har bir korxona qandaydir bir tarmoqqa (sektor tarkibiga) kiradi. Ayni vaqtda u bir tuman hududida joylashganligi jihatidan mahalliy ishlab chiqarish — hududiy majmuiga kiradi. Boshqarish jarayonida bu funksiya ham hududiy, ham tarmoq manfaatini ko’zda tutishi lozim. Tarmoqga doir bo’lgan boshqaruv funksiyalari zarur. Busiz tarmoq "yo’qoladi", yagona texnik va texnologiya siyosatini amalga oshirish va butun tarmoqga taalluqli boshqa masalalarni hal etish qiyin bo’ladi. Biroq, ayni vaqtda, boshqarishning hududiy funksiyalari ham zarur. Bu funksiya muayyan tuman, viloyat hududida joylashgan turli tarmoqlar (sektorlar) ga qarashli korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ratsional aloqalarni o’rnatilishini ta’minlaydi. Hududiy funksiyalar idorachilik g’ovlarini yo’qotish, noratsional tashuvlarni kamaytirish va pirovard oqibatda samaradorlik darajasini oshirish imkoniyatini beradi. Qayd qilingan funksiyalardan tashqari boshqarishning o’ziga xos aniq funksiyalari ham bor.

Boshqarishning o’ziga xos aniq funksiyalari, deganda muayyan boshqaruv organiga va uning boshqaruvchisiga aniq biriktirilgan ishlar, ma’suliyat, maqsad va unga erishish vosi­talari majmui tushuniladi. Tegishli funksiyalarning to’la-to’kis va sifatli bajarilishiga ishlab chiqarishning umumiy rahbarlari — direktor (rais), uning o’rinbosarlari, bo’g’in va bo’limlar boshliqlari, brigadirlar shuningdek, xizmat ko’rsatish bo’limlari rahbarlari — kadr­lar bo’limi boshlig’i, reja-iqtisod bo’limi boshlig’i va boshqalar ma’suldirlar. Quyida korxona (firma, jamoa xo’jaligi)ni boshqarishning o’ziga xos aniq funksiyalari berilgan.
Boshqarish funksiyasi boshqaruv apparatining izchil xatti-harakatidir.

U har qanday ish faoliyatining xilma-xil turlaridan tashkil topadi. Boshqarish funksiyalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

* firmani barcha resurslarini aniqlash va real imkoniyatlarini hisob-kitob qilish;

* personalning optimal maqsadlarini (strategik, taktik) belgilash;

* ularning muayyan davr mobaynidagi faoliyatini rejalashtirish;

* qabul qilingan rejani amalga oshirish sohasidagi ishlarni tashkil qilish;

* rejani bajarish jarayonida mutaxassislar faoliyatini nazorat qilish;

* rejani muddatida, sifatli va to’liq bajarishni ta’minlash maqsadida ular faoliyatiga o’zgartirish kiritish va yo’l-yo’riq ko’rsatish.

Shunday qilib, menejment boshqaruv tizimi faoliyatidagi ish jarayonida o’z imkoniyatini namoyon etadi. U mehnat jarayonining barcha jihatlarini qamrab oladi. Menejment jarayoni tashkilot oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun rahbar bilan xodimlar birgalikdagi xatti-harakatlari yig’indisidir. Menejment jarayoni operasiyalar, ularni amalga oshirish bosqichlari, vosita va usullari bilan xarakterlanadi. Boshqaruv davrining izchil o’zgarib turuvchi bosqichlariga muvofiq holda operasiyalar, rahbarning xatti-harakati boshqarish funksiyasini o’zida namoyon etadi. Bu funksiyalar quyidagilar:

- rejalashtirish;

- tashkil etish;

- motivlashtirish;

- nazorat.

Boshqarish usullari – boshqarish maqsadlariga erishish usullari yig’indisidir. Umumiy ko’rinishda boshqarishning maqsadi mavjud cheklangan resurslar bilan reja, topshiriqlarini to’liq hajmda o’z vaqtida va sifatli bajarishdir. Boshqarish usullari boshqarish tizimi pillapoyasida tegishli pog’onani egallovchi bir mavqedagi barcha rahbarlar uchun yagona qoidadir. Biroq, tegishli lavozimlar haqidagi yo’riqnomalar, qoida va malakaga oid ma’lumotnomalarda alohida rahbarning boshqarish usullari uning boshqarish obyekti o’ziga xosligini hisobga olgan holda aniqlashtiriladi.

Boshqarish nazariyasi va amaliyotida boshqarishning uch – ma’muriy, iqtisodiy hamda tarbiyaviy usullari mavjud.

Boshqarish usullari haqida so’z borar ekan, birinchi navbatda biz “usul” terminologiyasi mazmunini, “usullar” to’g’risidagi tushunchaga ega bo’lishimiz lozim.



Usul — bu tadqiqot qilish yoki ta’sir ko’rsatish usulidir.

Tadqiqot qilish nuqtai nazaridan uslub deganda menejmentini o’rganish jarayonida qo’llaniladigan usullar tushuniladi, ya’ni:

* sistema (tizim)li yondashuv;

* kompleks yondashuv;

* tarkibiy yondashuv;

* integratsion yondashuv;

* modellashtirish;

* iqtisodiy matematik yondashuv;

* kuzatish;

* eksperiment

* ijtimoiy kuzatuv kabi tahlilning ilmiy usullari tushuniladi.



Ta’sir ko’rsatish nuqtai nazardan uslub deganda, menejment funksiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv obyektiga ta­‘sir o’tkazish usullari tushuniladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi:

* funksional tizimosti obyektlarini boshqarish usuli;

* menejment funksiyalarini bajarish usullari;

* menejment qarorlarini qabul qilish usullari .

Har xil yondashuvlar, yo’llar yordamida amalga oshiriladigan turli-tuman boshqaruv ishlarining majmui — menejmentnin aniq va o’ziga xos usullari, deb yuritiladi.

Shunday qilib, menejment usullari — boshqarish maqsadlariga erishish usullar yig’indisidir.

Boshqarish usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonidagi mavjud munosabatlardan obyektiv tarzda kelib chiqadi. Masalan:

Funksional tizimosti bo’limlarni boshqarish usuli boshqariladigan obyektlarning tuzilishi bilan bog’liq bo’lib, uning tarkibidagi bo’limlarni boshqarishda qo’llaniladigan o’ziga xos usullarni o’z ichiga oladi.

Ularni quyidagi tizimosti bo’limlar misolida ko’rish mumkin.

Ishlab chiqarish bo’limi” :

* mahsulotni pishiq (ishonchliligini) tahlil qilish;

* mahsulot sifatini nazorat qilish;

* omilli tahlil;

* funksional tahlil;

* ishchi kuchi, uskuna va materiallardan foydalanishni nazorat qilish;

Marketing bo’limi:

* tovarlar bozorida korxonaning mavqeini diagnostika qilish;

* korxonaning bozorga chiqish imkoniyatlarini tahlil qilish;

* yangi mahsulot va yangi bozorlarga chiqish bo’yicha ehtiyojlarni aniqlash;

* marketing konsepsiyasini ishlab chiqish.

Xodimlar bilan ishlash bo’limi:

* ishchi kuchini rejalashtirish

* xodimlar mehnatini va ish haqini tashkil qilish;

* hodimlarni boshqarish tizimini shakllantirish.



Menejment funksiyalarini bajarish uchun qo’llaniladigan usullar :

* rejalashtirish;

* tashkil qilish;

* nazorat qilish;

* muvofiqlashtirish;

*motivatsiya kabilarni bajarish uchun qo’llaniladigan usullardir.



Masalan, rejalashtirish funksiyasini bajarishda mutaxassislar:

* prognoz (oldindan aytib berish);

* modellashtirish;

* omilli tahlil;

* maqsaddar shajarasi va uni yechish kabi usullarni qo’llaydi.

Bu usullarni qo’llash yordamida boshqariladigan bo’limlarning maqsadlari va ularning yechimi bo’yicha zarur tadbirlar aniqlab olinadi.



Menejmentni o’rganishning uch: tashkiliy - ma’muriy , iqtisodiy hamda tarbiyaviy (ijtimoiy-ruhiy) usullari mavjud.

Bu usullar yuqori organlar hokimiyatiga va quyi organlarning bo’ysunishiga asoslanadi. Shuning uchun ularni ko’pincha ma’muriy usullar, deb ham yuritiladi.

Yuqori ma’muriy organlar boshqariluvchi obyektning bajarishi majburiy bo’lgan tartib-qoidalarni ishlab chiqadi, shuningdek bo’ysinuvchi organlarga farmoyishlar beradi. Tashkiliy usullar shu yo’l bilan infratuzilma menejmenti tizimida ichki ongli aloqalarning tarkib topishiga yordam beradi.

Undan tashqari bu usullar quyidagi funksiyalarni bajarilishini ta’minlaydi, ya’ni:

*tashkiliy barqarorligini;

*intizomliligini;

*muvofiqliligini;

*uzluksizligini ta’minlaydi.



Menejmentning tashkiliy-ma’muriy usullari boshqaruv organlarining o’zaro aloqada ishlashini, boshqaruv munosabatlarini aks ettirib, boshqariluvchi obyektlarga ma’muriy ta’sir ko’rsatishning mexanizmini ifodalaydi.

Shu bilan birga, ma’muriy yoki to’g’ridan-to’g’ri boshqaruv usuli xo’jalik yurituvchi subyektning tanlash erkinligini cheklab qo’yadi, muayyan huquqiy chegaralarini belgilaydi.

O’z mohiyatiga ko’ra ma’muriy boshqarish bozorga xos bo’lgan tartibga solish harakatiga to’sqinlik qiladi.

Biroq, rivojlangan bozor sharoitida ham boshqarishning ma’muriy usullari o’z ahamiyatini saqlab qoladi va zarur bo’lganda ulardan foydalaniladi. Xususan, bozor iqtisodiyoti rivojlangan hamma mamlakatlarda menejmentda qo’llaniladigan ma’muriy usullar vositasida monopoliyaga qarshi siyosat amalga oshiriladi. Davlat bozorning monopollashtirilishiga to’sqinlik qiladigan ma’muriy cheklovlar tizimini belgilaydi, monopol kompaniyalar faoliyatini direktiv yo’sinda boshqaradi.


Endi “Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullar” shakllarini ko’rib chiqamiz.

Tashkiliy – ma’muriy usullar

Tashkiliy ta’sir ko’rsatish shakllari

Farmoyish berish shakllari

* loyihalash

* buyruq chiqarish

* reglamentlash

* farmoyish berish

* normalash

* qaror qilish

* qo’llanmalar tayyorlash

* ko’rsatmalar berish

Download 82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish