70
tabiiy turlari. Egalik qilish
huquqi joriy qilinadigan, shu bilan birga iqtisodiy
manfaat manbai bo’la oladigan tabiiy resurslar milliy boylik tasnifida ishlab
chiqarilmagan moddiy aktivlar tarkibiga kiritiladi.
MHTda
er
– bu ishlab chiqarilmagan moddiy aktib bo’lib, er ustidagi turpoq,
unda joylashgan suv xavzalari hamda qurilish inshoatlari joylashgan erlar er
tarkibiga kiritiladi.
Qazilma boyliklar
– bu mavjud texnik taraqqiyot darajasidan kelib chiqib
foydalanish iqtisodiy ma’noga ega bo’lgan er usti va qa’rida joylashgan foydali
qazilmalarning aniqlangan zaxirasi.
O’simlik va hayvonot dunyosining etishtirilmaydigan biologik resurslari – bu
inson ishtirokisiz o’simlik va hayvonot mahsulini bera oladigan va keyinchalik
ularga egalik huquqi o’rnatiladigan yovvoyi flora va fauna, yovvoyi o’simliklar va
hayvonlar.
Suv resurslari
– milliy iqtisodiyotda foydalanilishga yaroqli bo’lgan er
usti va ostida joylashgan suvlar.
Tabiiy kapital hajmini miqdoriy baholashda huddi inson kapitali kabi
muammolar mavjud bo’ladi. Bu kapitalni baholashda sarf-xarajat usulini qo’llash
mumkin emas, chunki bu kapitalning shakllanishida inson hech nima sarflamaydi.
Baholanayotgan tabiiy kapital unsurlariga o’xshash unsurning bozorda mavjud
emasligi bozor baholari usulidan foydalanish imkonini bermaydi.
Bugungi kunda eng keng tarqalgan usul
renta usuli
bo’lib, tabiiy resursdan
olinadigan daromad darajasi (differentsial rentani hisoblash orqali) bo’yicha
baholashga asoslanadi. Jahon banki tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda
milliy
boylik unsurlarining xizmat qilish muddati 25 yil qabul qilingan. Bunda tabiiy
resurslarning amortizatsiyasi yiliga 4% dan chiziqli usulda chegirib boriladi.
Xizmat muddatining 25 yil qilib qabul qilinishi tabiiy va inson kapitali shu muddat
atrofida xizmat qiladi.
Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar statistikasida
tabiiy kapital va uning elementlarini baholashda asosan renta usulidan
foydalanilmoqda. Masalan, foydali qazilmalarni
baholashda Jahon Banki
ekspertlari barcha kapitallar uchun xizmat qilish yilini 25 yil, foydali qazilmalar –
tiklanmaydigan resurs bo’lgani uchun joriy yilning rentasi yoki qazib chiqarish
natijalari olinadigan yillik amortizatsiya normasini 4,0 % ga tenglashtirib olganlar.
Foydali qazilmalar – tiklanmaydigan resurs bo’lgani uchun yilning rentasi yoki
qazib chiqarish natijasida olinadigan iqtisodiy foydasi (foydalanilgan asosiy
kapitalning yillik amortizatsiyasi va foydasi summasi chegirib tashlanganidan
so’ng) to’g’risidagi ma’lumotlari asosida baholangan.