Bilim Ta’l Ta’l “oliy m sohasi: lim sohas lim yo’na oliy V t y matem


YAIMni daromadlar usulida hisoblash



Download 7,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/131
Sana02.04.2022
Hajmi7,89 Mb.
#524906
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   131
Bog'liq
73aa109ba03f4ec2e6c7f0c801b3e42f0c3191c5

YAIMni daromadlar usulida hisoblash. 
Daromad nuqtai nazaridan YAIM 
ish bilan bandlikdan daromadlar va barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning-
rezidentlarning daromadlaridan tashkil topadi va quyidagilarga bo’linadi: 
– faqat uy xo’jaliklariga tarqatilishi mumkin bo’lgan yollanma mehnat 
evaziga olinadigan daromadlar; 
– milliy iqtisodiyotning barcha sektorlariga ta’luqli bo’lgan tadbirkorlik 
faoliyati va mulkdan olinadigan daromadlar. 


43
Har bir shaxs daromadlarni barcha manbalar hisobidan olishi mumkin. Shu 
sababli yuqorida qayd etilgan ikki agregat ikki ijtimoiy sinfga ajratishni nazarda 
tutmaydi. Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar tadbirkorlarning 
daromadlariga tenglashtirilishi mumkin emas. 
Ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan kimni ishlga yollagan bo’lsalar, 
o’shalarga to’lanadi. Ushbu moddaga, shuningdek tadbirkorlar tomonidan ijtimoiy 
sug’urta va xususiy pensiya, meditsina hizmati va yordami, ishsizlik va boshqa 
fondlarga to’lanadigan badallar ham kiradi. Qayd qilingan ish haqiga 
qo’shimchalar tadbirkorlarni ishchi kuchini yollash bilan bog’liq bo’lgan 
xarajatlarining bir qismi bo’lgani sababli, firmalarning ish haqini to’lash bo’yicha 
xarajatlari elementi bo’lib hisoblanadi. 
Qayd etish lozimki, oxirgi yillarda ko’pchilik mamlakatlarda yollanma 
mehnat bilan shug’ullanuvchilar ulushi muntazam kamayib bormoqda. 
Foyda tushunchasi, haqiqatda mulkdan daromad (nokorporativ 
tadbirkorlikdan daromad) va korporatsiyalar foydasiga bo’linadi. Birinchi holatda 
gap, individual mulk xisoblangan korxonalar hamda ularning sheriklari va 
kooperativlarning sof foydasi, to’g’risida ketadi. 
Korporatsiyalarning foydalari uch xil usulda foydalanilishi mumkin: 
– davlat tomonidan korporatsiyalarning foydasiga soliq ko’rinishida; 
– aktsionerlarning dividendlari ko’rinishida; 
– yuqorida ko’rsatilgan to’lovlarni chegirgandan so’ng qolgan barcha summa 
– korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi ko’rinishida. 
YAIM tarkibida ish haqi, renta to’lovlari, foiz va foydadan tashqari yana 
mablag’larni ikki turda taqsimlanishi, ya’ni daromadlarni to’lash bilan bog’liq 
bo’lmagan holatlar ham mavjud: asosiy kapital iste’moli uchun ajratmalar va 
ishlab chiqarishga bilvosita soliqlar.
Asosiy kapital iste’moli umuman olganda, hisobot davrida ishlab 
chiqaruvchida mavjud bo’lgan asosiy kapital joriy qiymatining jismoniy va 
ma’naviy eskirishi hisobiga qisqarishini anglatadi. 
Bunga harbiy harakatlar yoki favqulotda holatlar natijasida vayron bo’lgan 
asosiy kapital kiritilmaydi. 
Ijara haqi deganda kapital, tovardan foydalanuvchi tomonidan uning egasiga 
qisqa muddatli ijara yoki shunga o’xshash ma’lum vaqt davomida shartnoma 
asosida ishlab chiqarish jarayonida foydalanish huquqi uchun to’lanadigan summa 
tushuniladi. Ijara haqi nafaqat ushbu davrda tovar qiymati kamayishini, ya’ni 
asosiy kapital iste’molini, qoplashi, shu bilan birga ushbu davr boshidagi asosiy 
kapital uchun belgilangan foiz to’lovlari va boshqa kapital egasining xarajatlarini 
qoplashi zarur. 


44
Daromad to’lash bilan bog’liq bo’lmagan yana bir xarajat turi davlat 
tomonidan soliq undirilishi bilan bog’liq bo’lgan – biznes uchun bilvosita soliqlar 
hisoblanadi. Firma va korporatsiyalar uchun ular xarajat bo’lib hisoblanadi va shu 
sababli ular mahsulot tannarxiga kiritiladi. Ularga quyidagilar kiradi: qo’shilgan 
qiymat solig’i, aktsizlar, mulk solig’i, litsenzion to’lovlar va bojxona poshlinalari. 
Norezidentlar tomonidan bizning mamlakatda yaratilgan omil daromadlari 
bizning mamlakat YAIMga qo’shiladi, lekin YAMDga qo’shilmaydi. Omil 
daromadlariga ish haqi, foyda, dividend, foizlar va boshqalar kiradi. 
YAIM – kimga tegishli bo’lishidan (rezident yoki norezident) qat’iy nazar, 
ushbu mamlakat ichida olingan daromadlar.
YAIM ma’lum davr mobaynida (chorak, yil) mamlakat hududida ishlab 
chiqarilgan barcha pirovard tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymati 
sifatida aniqlanadi. 
Ishlab chiqarish deganda, umuman olganda, biror bir mahsulotni ishlab 
chiqarish uchun korxonalarning xarajatlarni amalga oshirish jarayoni tushuniladi.
Tovarlar – egalik huquqi tarqatilishi mumkin bo’lgan fizik predmetlardir.
Xizmatlar – buyurtma bo’yicha turli ishlab chiqarishlar bo’lib, odatda iste’mol 
qiluvchi birliklar holatining o’zgarishiga olib keladi. 
Yalpi ichki mahsulotni hisoblashda takroriy hisobga olish muammosi mavjud. 
Agarda takroriy hisobga yo’l qo’yilsa YaIMni hajmi sun’iy ravishda oshib ketadi. 
YAIMni hisoblashda takroriy hisoblarga yo’l qo’ymaslik maqsadida uning 
tarkibiga faqat pirovard mahsulotlar (tovar va xizmatlar) qiymatlari kiritiladi. Yalpi 
ichi mahsulotni ishlab chiqarish usulida hisoblash uchun yalpi ishlab chiqarishdan 
(YaICh) oraliq iste’mol ayriladi hamda mahsulot va importga sof soliqlar 
qo’shiladi. 
Yalpi ishlab chiqarish bu ma’lum davr oralig’ida ishlab chiqarilgan barcha 
mahsulot va xizmatlar qiymati. 
Oraliq iste’moliga hisobot davrida ishlab chiqarish xarajatlari sifatida 
sarflangan va to’laligicha iste’mol qilingan tovar va xizmatlar qiymati kiradi. 
Iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari miqyosida YaIChdan oraliq ist’mol 
qiymatining ayirmasi yalpi qo’shilgan qiymat ko’rsatkichini beradi.
Xarajatlar usuli bo’yicha YAIMga pirovard mahsulot va xizmatni yaratish 
bilan bog’liq bo’lgan barcha turdagi xarajatlar kiradi. Umumiy ko’rinishda ushbu 
ta’rifni quyidagi formula bo’yicha ifodalash mumkin: 
YAIM=UPI+IN+JPI+SE , 
bu erda,


45
YAIM– yalpi ichki mahsulot; UPI– uy xo’jaliklarining pirovard iste’mol 
xarajatlari; IN– investitsiya xarajatlari; JPI– davlatning tovar va xizmatlarni xarid 
qilish xarajatlari (joriy pirovard iste’mol xarajatlari); SE– sof eksport (eksport – 
import). 

Download 7,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish