Yettinchidan, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim mezonlaridan biri jamoat tuzilmalari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatlarini kuchaytirish, ularning vakolatlarini kengaytirishga alohida e’tibor berilayotgan bir vaqtda, oila, xotin–qizlar va bolalar manfaatlarini muhofaza etuvchi o‘ndan ortiq jamoat tashkilotlari dunyoga keldi.
O
Mamlakatimizda oila farovonligini ta’minlash davlatimizning asl maqsadidir. 2016 yilning “Sog‘lom ona va bola” deb e’lon qilinishi va shu munosabat bilan «Oila manfaatlarini ta’minlash borasida 2016 yilda amalga oshiriladigai chora – tadbirlar Davlat Dasturi» ning qabul qilinishi va amaliyotga tadbiq etilishi fikrimiz isbotidir.
‘tgan qisqa vaqt mobaynida oilaning muqaddasligini ta’minlash borasida erishilgan ushbu yutuqlar negizida mamlakatimiz buyuk kelajagining poydevorini mustahkamlash va uning taraqqiyotiga ishonch yotibdi.Shuningdek, barcha bosqichlardagi FHDYOlar qoshida nikohga kirayotgan yoshlar uchun “Oila dorilfununi” maxsus kursini joriy etish ularni oilaga tayyorlashda muhim rol o‘ynashi tabiiydir. Mahalla fuqarolar yig‘inlari qoshida “Oila ma’naviyati”, maxsus o‘quv kursi, barcha mutaxassisliklar bo‘yicha bo‘lajak ilmiy-pedagogik kadrlar uchun “Oila mafkurasi” o‘quv kurslari tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Respublikamizda hozirgi kunga qadar Oila davlat himoyasida, bu bejiz emas, albatta. Respublikamiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi va shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus Davlat dasturlari qabul qilindi.
O
Fuqarolar yig‘inlarining “Voyaga etmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiyasi”, “Yarashtirish komissiyasi”, “Xotin – qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya”, “Ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiyasi” faoliyatiga oid Nizomlar hamda “Fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy – axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi faoliyati to‘g‘risida”gi Nizomda oila manfaatlariga oid masalalarga alohida ahamiyat qaratilgan.
ila nima uchun jamiyatning asosiy poydevori hisoblanadi? Chunki, insoniyatning paydo bo‘lishi, oilalarning vujudga kelishi, ularni qadriyat sifatida himoya qilish zamirida jamiyat tashkil topgan. Oilalarning har tomonlama mustahkamligi, tinch – totuvligi jamiyatning barqarorligini ta’minlaydi. Shuning uchun oila jamiyatning asosiy va tayanch bo‘g‘ini ekanligini quyidagilar bilan izohlash mumkin: – insondagi barcha insoniy fazilatlarning poydevori oilada tarbiyalanadi.
– shaxs esa jamiyatning bir bo‘lagi sifatida oilada olgan hayot falsafasini jamiyat taraqqiyotiga tatbiq etadi, o‘zining bor qobiliyati, imkoniyati, tarbiya qirralarini millat, xalq, mamlakat, jamiyat ravnaqi uchun safarbar etadi.
Amalga oshirilayotgan bunday ta’lim-tarbiyaviy ishlar zamirida har bir fuqaroni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan Qonunlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Davlat dasturlari, xalqaro huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyatini bilish va ularga hayotda amal qilishga o‘rgatish, mamlakatimiz va dunyo mamlakatlari siyosiy hayotidan voqif etish, yashashga o‘rgatish nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-fevraldagi “Mahalla institutlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 4944-son qarori bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirish maqsadida fuqarolar yig‘inlarining faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar namunaviy Nizomlarining tasdiqlanishi ushbu ijtimoiy tuzilmaning jamiyat oldidagi mas’uliyatini yana bir bora oshirdi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi hamda hukumatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan oilaviy biznes, xotin-qizlar kichik va o‘rta biznesini rivojlantirish, ayollar tadbirkorligi uchun banklardan imtiyozli kreditlar berish siyosati izchil amalga oshirilishi tufayli ayollarning oila budjetiga qo‘shayotgan hissasi ham ortib bormoqda. Buning natijasida farzandlarda ham tadbirkorlik xislatlari o‘sishiga real imkoniyatlar yaratilmoqda.
1 – ilova
Mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekan, u quyidagi asosiy yo’nalishlarni o‘z ichiga qamrab oladi:
:
– oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, oila manfaatlari huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalik huquqlarinimuhofaza qilish;
– oilaning ijtimoiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart – sharoitlar yaratish, oila a’zolarining sog‘ligini muhofaza qilish va ta’lim darajasini oshirish uchun shart – sharoitlarni yaxshilash;
– oilaning iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, oilaning daromadlarini, oila a’zolarining ish bilan ta’minlash darajasini oshirish, ro‘zg‘or yumushi va turmush sharoitlarini yaxshilash, kam ta’minlangan oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
– oilaning ma’naviy-axloqiy asoslarini va madaniy manfaatlarini takomillashtirsh uchun shart-sharoitlar yaratish;
– oilaning sog‘lom, aql-zakovatli yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirish har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalashda oila va jamiyatning vazifalarini takomillashtirish;
– oila muammolarini ilmiy va ijtimoiy tadqiq etish, oila, xotin-qizlar va bolalarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini ko‘rsatuvchi statistika hisobotini to‘plash va takomillashtirish;
– oila va mahalla institutlari hamkorlikdagi faoliyatini yanada kuchaytirish, ota-onalar universitetlari maktabiga oilashunos olimalarni jalb etish.
2 – ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |