Asosiy tushunchalar: tarbiyaning mazmuni, tarbiya bir butun jarayoni sifatida.
Talabalarga topshiriqlar
1. Asosiy tushuncha va atamalarni o‘rganish.
2. O‘rganilgan adabiyotlar asosidy jadvalni to‘ldirish.
3. “Tarbiya mazmuni” tushunchasini izohlash.
Tarbiya
|
Mazmuni va vazifalari
|
Metodlari, xususiyatlari, shakllari, munosabatlari
|
Samaradorligi va kamchiliklari
|
Tarbiyaning boshqa turlari bilan bog‘liqligi
|
Jismoniy
|
|
|
|
|
Axloqiy
|
|
|
|
|
Oilaviy
|
|
|
|
|
Huquqiy
|
|
|
|
|
Mehnat
|
|
|
|
|
Ekologik
|
|
|
|
|
Aqliy
|
|
|
|
|
Badiiy
|
|
|
|
|
Sharq va G‘arb ma’rifatparvarlarining tarbiya haqidagi fikrlaridan foydalanib, jadvalni to‘ldiring.
Ma’rifatparvar allomalar
|
Asarlari
|
Tarbiya haqidagi fikrlari
|
Forobiy
|
|
|
Beruniy
|
|
|
Ibn Sino
|
|
|
Behbudiy
|
|
|
Fitrat
|
|
|
Kaykovus
|
|
|
Avloniy
|
|
|
Komenskiy
|
|
|
D.Lokk
|
|
|
Russo
|
|
|
Pestalotsi
|
|
|
Ushinskiy
|
|
|
OILA PEDAGOGIKASI VA UNING MILLIY O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
R
1.Oila jamiyat taraqqiyotining asosiy poydevori
2.Oilaning huquqiy asoslarini
3.Oilaning huquq va majburiyatlarini?
4.Oilaning barkamol shaxs tarbiyasidagi vazifalari
eja:
Tayanch tushunchalar: oila, jamiyat, taraqqiyot, fuqarolik jamiyati, huquq, majburiyat, qonun, ijtimoiy institut, ma’naviyat, madaniyat, tarbiya, ta’lim, nikoh, burch, vazifa, ko‘nikma, bilim, ma’suliyat, kommunikativlilik, motivatsiya.
Mavzuning qisqacha mazmuni: mavzuda oila va uning vazifalari, hukumatimiz tomonidan oila, onalik va bolalikni ijtimoiy himoya qilish borasidagi siyosatning mazmun va mohiyati, oilada bola tarbiyasi haqidagi ma’lumotlar ilmiy-pedagogik jihatdan talqin qilinadi. Shuningdek talabalar mazkur manba orqali oila o‘zi nima, oilaning asosiy huquq va majburiyatlari, vazifalari, oilada tarbiya shakllari, metodlari, vositalari tog‘risida ilmiy-nazariy bilimlarga ega bo‘ladilar.
O
“Oila – jamiyat negizi. Bizning davlatimizni ham katta bir oila deb tushunish mumkin va lozim... Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga quriladi, o‘zining ko‘p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega bo‘ladi, oilada demokratik asos solinadi, odamlarning talab – ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi”
I.A.Karimov
ILA – JAMIYAT TARAQQIYOTINING ASOSIY POYDEVORI DEGANDA NIMALAR NAZARDA TUTILADI?
Oila – er-xotinlik ittifoqiga, qarindoshlik aloqalariga, umumiy xo‘jalik yuritadigan er va xotin, ota-ona va bolalar, aka-uka va opa-singillar va boshqa qarindoshlar o‘rtasidagi munosabatlarga asoslanadigan kichik ijtimoiy guruh, jamiyatning asosi, davlat qudratining manbai. Oilaning hayoti moddiy (biologik, xo‘jalik) va ma’naviy (axloqiy, huquqiy, psixologik) jarayonlar bilan xarakterlanadi.
Oila-tarixiy kategoriya. Uning shakllari va funksiyalari mavjud ijtimoiy munosabatlar xarakteriga, shuningdek jamiyatning madaniy taraqqiyoti darajasiga bog‘liq.
“Biz uchun muqaddas bo‘lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-xotirjamlik, ahillik va o‘zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to‘ldirishdan iborat bo‘lmog‘i zarur”
Sh.M.Mirziyoyev
Oila – ijtimoiy institutlarning eng qadimgisidir. Insoniyat boshidan kechirgan tarixiy davrlarning qanchalik xilma-xil va murakkab bo‘lishiga qaramay, ayniqsa, XXI asrda ro‘y berayotgan buyuk o‘zgarishlar va islohotlarga dosh bera olgan ushbu maskan o‘z tizimi, tarkibi va jamiyat oldida turgan majburiyatlarini bajarishi nuqtayi nazaridan sog‘-omon saqlanib qolgan fuqarolik jamiyatining eng katta tuzilmasidir.
Oila – jamiyatning ajralmas bo‘lagi. Biror bir xalq, millat yoki jamiyat yo‘qki, u o‘zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlarni inobatga olmagan bo‘lsa. Har qanday istiqbol oilaning manfaatlaridan ayro tasavvur qilinmaydi. Zero, har bir inson uchun oila – bu umrning boshlanishi, barcha narsalarning muqaddimasidir. Qolaversa, har bir inson o‘z baxti va saodatini eng avvalo oilasi bilan bog‘laydi, ya’ni, o‘z uyida, oilasida baxtli bo‘lgan insongina o‘zini to‘laqonli baxtiyor his etadi.
Ma’lumki, bu yorug‘ olamda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor bo‘lsa, farzand deb atalmish ulug‘ va bebaho ne’mat bor. Har qaysi Ota-ona jondan aziz farzandining baxtini, kamolini o‘ylab, hamisha ezgu orzu – umidlar bilan yashaydi, o‘z dilbandining sog‘lom va baquvvat, barkamol inson bo‘lib ulg‘ayishini istaydi. Mustaqil va yangicha fikrlaydigan, zamon talablariga javob beradigan, ma’naviy boy, Vataniga sodiq va fidoyi, axloqan yetuk, intellektual rivojlangan, chuqur bilimli, har tomonlama kamol topgan shaxs ham, avvalo, sog‘lom turmush tarzi qaror topgan oilada shakllanadi. Bu o‘rinda ilgari surilayotgan pedagogik g‘oyaning tub mohiyati oila tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, mustahkamlash va yanada chuqurlashtirish bilan bog‘liqdir. Komil insonni voyaga yetkazishda oila va jamiyatning o‘rni uni tarbiyadagi uzviylik, uzluksizlik asosida amalga oshishi bu yaxlit bir qonuniy jarayondir. Oila pedagogikasi jamiyatning shaxs tarbiyasiga doir muhim davlat siyosatidagi ustuvor vazifalarini mukammal bajarishida xizmat qiladi, ta’lim – tarbiyaga doir bilimlarni mushtarak holda jamlab farzand tarbiyasiga doir tartib, odob – axloq qoidalarini sinovdan o‘tkazuvchi va amalga tatbiq qiluvchi ota-onaning faoliyatidir. Umuman olganda, oila va uning mohiyati, har tomonlama ravnaqi va jipsligini ta’minlash shart-sharoitlari, oila tarbiyasi milliy iftixor, jamiyat negizi ekani, oila kamolotini ta’minlash singari muammolarni tadqiq etish hamda ularni xalqqa sodda va tushunarli tarzda yetkazish shu kunning dolzarb vazifasidir.
O
Oila insonning ilk bolaligidan boshlab ongida shakllanadigan barcha insoniy fazilatlar, ezgu niyatlar, qadriyatlar takomil topadigan va sog‘lom e’tiqodlar shakllanadigan muqaddas dargohdir.
(Umarova M.M. Oila va ma’naviyat, Toshkent «Fan» nashriyoti 2006 yil – 56 b)
‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, oilaga bo‘lgan e’tibor yanada oshdi. Oila fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muhim hujayrasi, zarrasi, bo‘g‘ini. Oila uch jihatni: o‘zining bevosita ko‘rinishi bo‘lmish nikohni; oilaviy mulk va anjomlar hamda ular haqidagi g‘amxo‘rlikni, bolalar tarbiyasini o‘z ichiga oladi. Qonunga binoan nikoh tuzish shartlarida eng muhimlari – nikohga kiruvchilarning o‘zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga yetganligi hisoblanadi. Oila poklik va soflikka, ikki tomonlama muhabbatga, sadoqat va vafodorlikka asoslanishi kerak. Oila mustahkam, tinch, farovon, sog‘lom bo‘lsagina jamiyatda barqarorlik vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |