2.PuSSolan portlandSement hamirini kuyuklanish davri qancha bo’lishi lozim?
3. Vika pribarini tuzilishini tushuntirib bering.
4.Sement hamirini kuyuklanish davrini aniqlash tartibini tushuntirib
10 – LABORATORIYA ISHI.
Sementning mustahkamligini aniqlash.
Ishlatiladigan asbob-uskunalar
: tehnik tarozi, tarozi toshlari, sferik idish, metall
kurakcha, LABORATORIYA aralashtirgichi, silqitishstolchasi, tebranma maydoncha, uch uyali
metall qoliplar, gidravlik vanna, metall plastinkalar, gidravlik press, pichoq.
Ish tartibi
:
Sement markasini aniqlashda namuna-tayoqchalarning egilishdagi va siqilishdagi
mustahkamlik chegaralari asos qilib olinadi; namunalar massasi bo’yicha 1:3 nisbatda (1 hissa
Sement va 3 hissa normal qumdan) tayyorlangan plastik qorishmadan 40H40H160 mm
o’lchamda yasaladi.
Sementning markasini aniqlash quyidagicha: avval namuna-tayoqchalar
tayyorlanadigan
Sement qorishmaning quyuqligi (konsistenSiyasi) aniqlanadi. Buning uchun 1500 g qum va 500
g Sement olinadi; bu ashyolar kosaga solinib, quruq holida kurakcha bilan 1 minut davomida
obdon qorishtiriladi, keyin o’rtasi o’yiladi, hosil bo’lgan chuqurchaga 200 g suv (S:S=0,4)
quyiladi. Suv shimilgandan keyin aralashma yana kurakcha
yordamida bir minutcha
qorishtiriladi. Tayyor qorishma aralashtirgichga(6-rasm) solinib, 2,5 minut mobaynida
qorishtiriladi (shu vaqt davomida aralashtirgichning kosasi 20 marta aylanadi); keyin silkituvchi
stolcha va konus shaklidagi metall qolipdan foydalanib(7-rasm), qorishmaning quyuqligi
aniqlanadi.
6- rasm. Sement qorishmani aralashtiradigan apparat.
Silkituvchi stolcha cho’yan stanina 1 dan iborat, val 2 dagi
mushtcha 3 o’q 4 ni ko’taradi, o’q bilan birga yotiq disk 5 va uning
yuziga qoplangan 300 mm diametrli toshoyna 6 ham ko’tariladi.
Mahovikni aylantirganda o’q bilan
birga yotiq disk valdagi
mushtcha yordamida goh ko’tariladi, goh tushadi. O’q shu tarzda
harakatlanganda stolcha 10 mm ko’tarilib, qolip 7 ni silkitadi.
Qorishmani konussimon qolipga joylashdan oldin qolipning ichki
yuzasini va shisha diskning yuzini salgina ho’llash kerak.
Qorishma qolipga ikki qatlam qilib joylanadi (qatlamlarning
qalinligi bir hil bo’lishi kerak); har bir qatlam metall shibbalagich
bilan
zichlanadi; pastki qatlam 15 marta va ustki qatlam 10 marta
shibbalanish lozim. Qorishmani joylayotganda va shibbalab
zichlayotganda qolipni (konusni) shisha diskka bosib turish kerak. Qorishmaning ortiqchasi
pichoq tig’i
bilan sidirib tashlanadi-da, qolip asta-sekin ko’tariladi. So’ngra g’ildirakni
dastasidan ushlab aylantirilib turgan holda stolcha 30 sekund davomida 30 marta silkitiladi,
shunda Sement konus yoyiladi. Konusning yoyilish darajasi shtangenSirkulp yoki po’lat
chizg’ich yordamida ostki qismining ikki joyidan, bir-biriga tik yo’nalishlarda o’lchanadi. Konus
106-115 mm yoyilgan bo’lsa, qorishmaning quyuqligi normal deb hisoblanadi. Konus bundan
kam yoyilgan taqdirda ko’proq suv qo’shib yana qorishma tayyorlanadi. Qorishmaning suv
talabchanligi suv: Sement (S:S) nisbati ko’rinishda
ifodalanadi; hosil bo’lgan qiymat
LABORATORIYA ishlari daftariga yozib qo’yiladi va kelgusida sinovdan o’tkaziladigan
namuna-tayoqchalar uchun Sement qorishma tayyorlash vaqtida shu mahlumotdan foydalaniladi.
Namuna-tayoqchalar uch uyali metall qoliplarda tayyorlanadi; qolipga qorishma
to’ldirishdan oldin qolip devorchalarining ichki yuzalarini va tubini mashina moyi bilan salgina
moylash kerak. Yig’ilgan qolipga metall uchlik (8-rasm, b ga qarang)
kiyiladi va qolip bilan
uchlik juftlashgan joydagi chokka quyuq moy surtiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: