Kafedra mudiri: __________ Amirsaidova SH.M.
Fanning ishchi o‘quv dasturi “Defektologiya” fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2015 yil 25 iyundagi 9-sonli bayonnoma).
Fakultet kengashi raisi: __________ Nurmuxamedova L.SH.
Kelishildi: O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i
______________
Ishchi o‘quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining kengashida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan.
2015- yil «___» _____________ dagi ___ - sonli majlis bayoni.
1.Kirish
Ushbu ishchi o‘quv fan dasturi talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur dasturda bakalavr talabalar imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim ya’ni umumta’lim tizimida o‘qitishning strategiyasi, asosiy ehtiyojlari,tamoyillari, talablari va uni mohiyatini to‘g‘ri anglab oladilar.
1.2.Fanni o‘qitishdan maqsadi va vazifalari
Fanning ukitishdan maqsad - talabalarda alohida yordamga muxtoj bulgan va soglom bolalar o‘rtasidagi tusikni bartaraf etish, maxsus ta’limga muxtoj bolalar va o‘smirlar extiyojini kondirish va ijtimoiy xayotga moslashiga yo’naltirilgan hamda umumta’lim jarayoniga to‘laqonli jalb qilish, qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimi bilan tanishtirish bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishdir.
Fanining vazifasi - talabalarga inklyuziv ta’lim fani nazariyasi hamda uni tashkil etish va amaliyotga joriy qilishni o‘rgatishdan iborat.
1.3.Fanni o‘zlashtirishga qo‘yiladigan talablar
Inklyuziv ta’lim o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan ishlar doirasida bakalavr talaba:
- xalq ta’lim tizimida inklyuziv ta’limga bo‘lgan extiyoj, inklyuziv ta’lim va xalqaro xuquqlar, inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy qilish borasidagi xuquqiy meyoriy hujjatlar, inklyuziv ta’lim tizimida kadrlarni tayyorlash siyosatini bilishi kerak;
-ma’ruzalarda bakalavr talabalar bolalar huqulari to‘g‘risidagi konvensiya, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiya, Ta’lim to‘g‘risidagi qonun, Ta’lim hamma uchun reja harakat dasturi, Inklyuziv ta’lim konsepsiyasi hamda bir qator qonun va meyoriy hujjatlar bilan va inklyuziv ta’lim siyosatint bilishi;
-alohida yordamga muxtoj bolalarni o‘z sog‘lom tengdoshlari bilan umumta’lim tizimida ta’lim olish jarayoni va tamoyillarini tahlil etish va baholash;
- inklyuziv ta’lim jarayonida nogiron bolalarni o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
- inklyuziv ta’lim bo‘yicha o‘quv-uslubiy materallarni ishlab chiqish;
- inklyuziv ta’limni joriy qilishda jaxon tajribasini o‘rganish;
- inklyuziv ta’limda yangi pedagogik texnologiya va axborot texnologiyalarini qo‘llash;
- inklyuziv ta’lim zamonaviy yutuqlarini tahlil etish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;.
- maxsus yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarni izlab topish va yordam berish;
- inklyuziv ta’limni tashkil etish va olib borish;
- inklyuziv ta’lim bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarni bola imkoniyatiga moslashtirish;
- bolani qiziqtirish, iqtidorini hisobga olish;
- bolalarni imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda yuqori darajali o‘qitishni tashkil etish malakasiga ega bo‘lish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |