89
His-tuyg‘ular (tor ma’noda olganda) kishi shaxsining yo‘naltirilganligida mujassamlashgan
barqaror ehtiyojlari ob’ektiga nisbatan uning munosabatini aks ettiradi. SHu sababli his-tuyg‘ular
barqarorligi bilan, ular sub’ektning hayoti soatlar va kunlar bilan emas, balki oylar va yillar
vositasida o‘lchanadigan darajada davomiyligi bilan belgilanadi.
Ehtiroslar. Ehtiroslar kishidagi barqaror his-tuyg‘ularning alohida turini tashkil etadi.
Kishining fikrlari va hatti-harakatlari yo‘nalishini belgilaydigan barqaror, chuqur va kuchli his-
tuyg‘u ehtiros deb aytiladi. Extiroslar mazmuniga ko‘ra ijobiy va salbiy bo‘ladi.
Eng oliyjanob, yuksak his-tuyg‘u, vatanga muhabbat, texnika ijodkorligi yoki haqiqatni
qidirib topish, xalqiga xizmat qilish sifatida bo‘lgan tuyg‘ular,
fanga mehr-muhabbat, o‘rtoqlik va
do‘stlik ham ba’zi hollarda ehtirosga aylanishi mumkin.
Muhabbat. Muhabbat-insonga xos eng muhim barqaror his-tuyg‘ulardan biridir. «Muhabbat»
tushunchasi psixologiyada ikki xil ma’noda ishlatiladi. Keng ma’nodagi (bir qancha
tushunchalarning umumiy belgisi jins ma’nosidagi) muhabbat ijobiy hissiy munusabatlarning
ob’ektini boshqalarga qaraganda ajratib ko‘rsatadigan hamda sub’ektning barqaror hayotiy
ehtiyojlari va qiziqishlari markaziga qo‘yadigan yuksak darajasi demakdir. Vatanga bo‘lgan
muhabbat, onaga, bolalarga, musiqaga va hokazolarga muhabbat ana shunday his-tuyg‘udir.
Ancha torroq ma’nodagi (Tur tushuncha ma’nosida) muhabbat sub’ektning shahvoniy
ehtiyojlari bilan fiziologik jihatdan bog‘liq bo‘lgan hamda boshqa birovning hayoti va faoliyatida
ham o‘zidagi singari jadallikka, keskinlikka va barqarorlikka da’vat etadigan javob his-tuyg‘usiga
ehtiyoj uyg‘otuvchi shaxsiy ahamiyatga ega xususiyatlarni yanada to‘laroq gavdalantirishida
ifodasini topadigan jadal, jiddiy va nisbatan barqaror his-tuyg‘ulardir. Bu tur muhabbat turli yoshda
turlicha mazmunga ega bo‘lishi mumkin . Pedagog buni bilishi kerak.
Psixologiyada his-tuyg‘ular turlarining xamma uchun ma’qul bo‘lgan tasnifi yuk. quyidagi
turlarini alohida ajratib ko‘rsatish odat bo‘lgan: ma’naviy , intellektual (aqliy) va estetik (Nafosat)
his-tuyg‘ular.
Ma’naviy- axloqiy his-tuyg‘ular o‘z mazmuniga ko‘ra, kishining kishiga va kengroq ma’noda
olganda, jamiyatga munosabatini bildiradi.Ma’naviy his-tuyg‘ularga muhabbat,
hamdardlik,
xayrixohlik, insonparvarlik, sadoqat va hokazolar kiradi.
Intellektual his-tuyg‘ular shaxsning bilish jarayoniga, uning yutuq va muvaffaqiyatsizlikka
munosabatini ifodalaydi va aks ettiradi. Qiziqish, g‘azablanish, qiziquvchanlik, shubhalanish, kashf
etganidan shodlanish, haqiqatga ishtiyoqmandlik va hokazolar intellektual his-tuyg‘ular qatoriga
kiradi.
Estetik his-tuyg‘ular sub’ektning hayotida yuz beradigan turli xildagi
narsalarga va ularning
san’atda aks ettirilishiga nisbatan allaqanday ajoyib yoki bema’ni, fojiaviy yoki kulgili, olijanob
yoki jirkanchli, nafosatli yoki xunuk narsa sifatida munosabatini aks ettiradi va ifodalaydi.
Estetik his-tuyg‘ular kishining madaniy jihatdan rivojlanganligi, uning ongi shaqllanishi
mahsuli hisoblanadi. Kishi faoliyat va muomala jarayonlarida ma’naviy, intellektual va estetik
tuyg‘ularni boshdan kechiradiki, ba’zan ularda kishining sotsial voqelikka nisbatan butun hissiy
munosabatlari boyligini mujassamlashganligi uchun ular yuksak his-tuyg‘ular deb ham aytiladi.
«YUksak his-tuyg‘ular» ham shartli.
CHunki odobsizlikka, ma’naviyatsizlikka, maslaksizlikka,va
boshqalarga undovchi ba’zi salbiy mazmundagi his-tuyg‘ularni xam shu guruhga kiritishga to‘g‘ri
keladi.
«Maydon»da bo‘lgan qo‘zg‘atuvchi bilan bevosita belgilanadigan ixtiyorsiz harakatdan
farqli o‘laroq, oldindan mo‘ljallangan harakat buning kerakli vositalar (belgilar, normativ baholar
va boshqalar) yordamida, ya’ni bilvosita amalga oshiriladi. O‘quvchi chizmani o‘qiydi,
instruksiyalarni bajarish mumkinligini bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi bir xavfsirashlarni engib o‘tadi.
Bunday irodaviy harakatlar oddiy deb ataladi. Murakkab irodaviy harakatlar bir qancha oddiy
harakatlarni o‘z ichiga oladi. Murakkab ishlab chiqarish faoliyatini bajarish to‘g‘risida qaror qabul
qilarkan, yosh yigit qator ichki va tashqi to‘siqlar hamda qiyinchiliklarni bartaraf etadi va o‘z
nichtini amalga oshiradi. O‘z navbatida murakkab harakatlar kishining ongli ravishda qo‘yilgan
yaqin va uzoq maqsadlarga erishishga qaratilgan, uyushgan irodaviy faoliyati sistemasiga kiradi,
unda kishining u yoki bu irodaviy fazilatlari namoyon bo‘ladi, irodasi ko‘rinadi.
90
Umuman qaraganda, har doim suhbatdosh bilan bahsni tashkil qilishda sekin va
shoshmasdan gapirish, odamning shaxsiy
xususiyatlariga emas, balki ishga ahamiyat berish,
suhbatdagi ba’zi bir masalalar bo‘yicha fikrlaringiz yakdil ekanligini alohida ta’kidlash, suhbat
davomida asosiy fikrdan chalg‘imaslikka harakat qilish, suhbatdoshni “qizishmang” deb bildirgan
fikriga xotirjam javob berishga harakat qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: