Reja: “kommunikatsiya” tushunchasidan



Download 166,74 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.07.2022
Hajmi166,74 Kb.
#775164
Bog'liq
IpZNi8Atr2fduWMKIN4KfwS9xYyzdqXL36y5l9iE



Mavzu:
―kommunikatsiya‖ tushunchasiga ilmiy yondashuv 
Reja: 
 
1. 
“kommunikatsiya” tushunchasidan
 
2. 
Muloqotning kommunikativ jihatida
 
Insonning rivojlanishini, ijtimoiylashishini, individning shaxs bo‗lib shakllanishini, uning 
jamiyat bilan aloqasini muloqotsiz aslo tasavvur etib bo‗lmaydi. Muloqot ham o‗ziga xos ehtiyoj. 
Polshalik olim E.Melibruda aytganidek, ―shaxslararo munosabatlar biz uchun suv bilan havodek 
ahamiyatga egadir‖. Muloqot o‗ta murakkab jarayon bo‗lganligi sababli unga yagona to‗g‗ri ta‘rif 
berish oson emas. Shuning uchun odatda ―muloqot‖ tushunchasining mazmuni uning ayrim 
tomonlariga urg‗u berish orqali ochib beriladi.Mashhur rus psixologi A.V.Petrovskiy tahriri ostida 
chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida muloqotni ikki va undan ortiq kishilar o‗rtasidagi axborot 
ayirboshlash, o‗zaro ta‘sir va bir-birini tushunishdan iborat jarayon sifatida talqin etilgan. 
O‗zbek psixologiya fanining oqsoqollaridan biri M.G.Davletshin muallifligidagi «Umumiy 
psixologiya» o‗quv qo‗llanmasida esa, muloqot ―ikki yoki undan ortiq kishilar orasidagi affektiv 
baholovchi xarakterda va bilish bo‗yicha ma‘lumot almashinishdan iborat bo‗lgan o‗zaro ta‘sir 
etishdir‖- deb ta‘kidlanadi. Sotsiologiyadan entsiklopedik lug‗atda muloqotga quyidagicha ta‘rif 
beriladi: ―Insonning boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyojini qondirish uchun individlar yoki 
ijtimoiy guruhlar o‗rtasida bevosita faoliyatlar, bilimlar, malakalar, tajribalar, axborotlar 
almashinuvidagi o‗zaro ta‘sir‖[1]. Demak, muloqot ikki va undan ortiq kishilarning bir-biri bilan aloqa 
qilish ehtiyojini qondiriga qaratilgan o‗zaro ta‘sir jarayoni bo‗lib, bunda axborotlar almashiniladi, 
munosabatlar o‗rnatiladi va rivojlantiriladi. 
Muloqotning hamkorlikda 
harakat qilish va faoliyat ko‗rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan 
vosita til bo‗lib, u muloqotga kirishuvchilar o‗rtasida aloqa bog‗lanishini ta‘minlaydi. Axborotni 
boshqaga yo‗llayotgan kishi (kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (retsepient) munosabat 
va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning 
bitta tizimidan foydalanishlari, ya‘ni «bitta tilda» so‗zlashishlari kerak. Agar kommunikator va 
retsepiyent turlicha «til»da so‗zlashsalar, ular o‗zaro hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida 
muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. Qo‗llanadigan belgilar (so‗zlar, imo-ishoralar va boshqalar) 
zamiridagi mohiyat muloqotda ishtirok etayotganlarga tanish bo‗lgan taqdirdagina axborot 
almashish im
koni bo‗ladi. 
―Muloqot‖ tushunchasini ―kommunikatsiya‖ tushunchasidan farqlash lozim. Kommunikatsiya jonli va 
jonsiz tabiatdagi tizimlar o‗rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o‗rtasidagi signallar 
almashinuvi, daraxtlardagi irsiy belgilarning uzatilishi, insonning turli-tuman texnik vositalar bilan 
aloqaga kirishishi 
– bularning barchasi kommunikatsiya hisoblanadi. Muloqot faqat insonlar 
o‗rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda, 
munosabatda bo‗lish jarayonida ijtimoiylashib, shaxsga aylanib boradi. Muloqot tufayli inson 
ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallaydi. Umuman olganda, muloqot fenomeni psixologiya fanida 
atroflicha o‗rganilgan. B.F.Lomov [2], L.A.Karpenko va boshqalar muloqotning funksiyalari, ichki 
tuzilishi, xususiyatlari borasida jiddiy tadqiqotlar e‘lon qilishgan. Ularning fikriga tayangan holda 
muloqotning kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (hamkorlikda harakat qilish) va pertseptiv 
(o‗zaro birgalikda idrok etish) funksiyalarini alohida ko‗rsatish mumkin. Ana shu uchta funksiyaning 
birligi muloqot jarayonida hamkorlikdagi faoliyat va ishtirokchilarning o‗zaro ta‘sir etishdagi 
harakatlarini tashkil etish usuli sifatida maydonga chiqadi. 
1. Muloqotning kommunikativ jihatida individlar
ning o‗zaro ma‘lumot almashinishi sodir bo‗ladi. 
2. 
Muloqotning interaktiv jihatida individlar nafaqat bilim va g‗oyalar, balki harakatlar bilan ham 
o‗zaro ta‘sirni amalga oshiradilar. Yanada aniqlik kiritadigan bo‗lsak, muloqot shaxslararo 
birgalikdagi harakat, ya‘ni odamlarning hamkorlikdagi faoliyati jarayonida tarkib topadigan 
aloqalari va o‗zaro bir-birlariga ta‘sirining yig‗indisi sifatida yuzaga chiqadi. Hamkorlikdagi 
faoliyat va munosabat ijtimoiy qoidalar 
– odamlarning birgalikdagi harakati va o‗zaro 
munosabatlarini qat‘iyan belgilab qo‗yadigan hamda jamiyatda udum bo‗lgan xulq-atvor 


namunalari asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy nazorat sharoitida yuz beradi. Jamiyat 
ijtimoiy qoidalar sifatida qabul qilgan, ma
‘qul topgan, udumga aylangan va tegishli vaziyatda 
turgan har bir kishidan bajarilishini kutayotgan namunalarning o‗ziga xos tizimini yaratadi. 
Ularning 
buzilishi 
qoidadan 
chetga 
chiqadiganlarning 
xulq-
atvori to‗g‗rilanishini 
ta‘minlaydigan ijtimoiy nazorat mexanizmlari (ma‘qullamaslik, ta‘na qilish, jazolash)ni o‗z 
ichiga oladi. 
3. 
Muloqotning pertseptiv jihati muloqot jarayonida o‗zaro bir-birini idrok qilish orqali 
tushunishdir, ya‘ni muloqotning ushbu jihatida bir kishining ikkinchi kishi tomonidan idrok 
qilinishi, tushunilishi, baholanishi kuzatiladi. Muloqotning mazkur jihatida idrok qilinayotgan 
odamni idrok qiluvchi o‗zining shaxsiy xislatlari bilan qiyoslash natijasida anglaydi va 
tushunadi. Idrok qilinayotgan shaxsning o‗rniga idrok qiluvchi o‗z xohishi bo‗yicha mulohaza 
yuritishi, uni tushunishga intilishi o‗z-o‗zini anglash negizida namoyon bo‗ladi. 
Yuqorida qayd etilgandek, muloqot 
– bu birinchi navbatda axborot bilan bog‗liq noyob hodisa, 
o‗ziga xos axborot jarayonidir. Umuman olganda, axborot jarayonlari axborotni qabul qilish
saralash, saqlash, uzatish va boshqalardan iborat ijtimoy jarayonlardir. Axborot jarayonlari butun 
jamiyat organizmini qurshab olib, barcha ijtimoiy tizimlarni qamraganligi, ijtimoiy hayotning har 
qanday, hatto, eng kichik q
ismida ham mavjudligi bilan ahamiyatlidir. Ko‗rinib turibdiki, ijtimoiy 
axborot asosiy turlari ichida axborot almashinuvidan iborat muloqot turi ustunlik qiladi. Insonlar 
muloqotining chuqur ijtimoiy determinatsiyasi hayot faoliyati va umuman olganda, butun jamiyat 
rivojlanishi uchun axborot almashinuvining o‗rni qanchalik muhimligidan dalolat beradi. 
«Kommunikatsiya» atamasi fanga XX asrning boshida kirib kelgan. «Kommunikatsiya» lotincha 
communicatio, communico so‗zlaridan kelib chiqqan bo‗lib, bog‗layman, muloqot qilaman 
ma‘nolarini anglatadi. Ijtimoiy fanlarda kommunikatsiya birgalikda harakat qilish, o‗zaro ta‘sir 
haqidagi ilmiy bilim sohasi hamda ushbu jarayonlar va ularning natijalarini ifodalash uchun 
qo‗llaniladi. Kommunikatsiya muammolariga tadqiqotchilar, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyin 
qiziqa boshlashdi. Bunga yaqqol misol sifatida 1960-yillar boshiga kelib, falsafa va sotsiologiya 
ilmiy adabiyotlarida kommunikatsiya tushunchasining yuzdan ortiq ta‘riflari mavjud bo‗lganini aytish 
mumkin. 
Tasavvur hosil bo‗lishi uchun mazkur ta‘riflardan faqat to‗rttasni keltirib o‗tamiz: 
1. 
«Kommunikatsiya – bu murakkab dinamik tizimlar va uning axborotni qabul qilish, to‗plash, 
o‗zgartirish imkoniga ega qismlari o‗rtasida axborot almashinuvi». 
2. 
«Kommunikatsiya – bu axborotni o‗ziga xos almashish, uning emotsional va intellektual 
mazmunini aks ettirish jarayoni». 
3. 
«Kommunikatsiya – insonlarning kongitiv va mehnat faoliyati jarayonida o‗zaro 
munosabatlarga kirishishning o‗ziga xos shakli». 
4. 
«Kommunikatsiya – noverbal va verbal harakatlar natijasida axborot olish». 
Ko‗rinib turibdiki, bu ta‘riflarda mazkur fenomenning ayrim jihatlarigagina urg‗u berilgan. Shuning 
o‗zi kommunikatsiyaning naqadar qamrovi keng va murakkab hodisa ekaniga ishoradir. Kibernetika 
asoschisi Norbert Viner ta‘kidlashicha: «Axborot almashinuvi – bu jamiyatni birlashtiruvchi sement» 
[3]. Ijtimoiy kommunikatsiya 
– insonlarning o‗zaro munosabatlarga kirishishning o‗ziga xos shakli 
bo‗lib, unda axborot uzatish til va boshqa belgilar tizimlari yordamida amalga oshiriladi. Kanadalik 
sotsiolog Marshal Maklyuen fikricha, kommunikatsiya usulining almashishi tarixning rivojlanish 
bosqichlarini ifoda etadi. Shunga ko‗ra u insoniyat rivojlanishning quyidagi davrlarini ajratgan: 
— og‗zaki kommunikatsiya (bu davrda jamoa doirasida kommunikativ muhit kommunikantlarni 
bevosita har tomonlama qamrab olgan); 
— yozma kommunikatsiya (yozilgan xabarlar vaqt va makon to‗siqlarini kesib o‗tgan); 
— nashr-kommunikatsiya (kommunikantlarni yalpi qamrab olishning oshishi, «Gettenberg 
galaktikasi»ning yaratilishi, ya‘ni bosma kitoblar chop etish texnologiyasining ixtiro qilinishi); 
— multimedia kommunikatsiyasi (bevosita muloqotga global miqyosda kirishish). 
M.Maklyuenning g‗oyasiga binoan, kommunikativ muhit madaniyat xususiyatlarini belgilab beradi. 
Uning fikricha, zamonaviy madaniyat mazmunan vizual, XIX asr oxiri XX asr boshi madaniyati esa 
asosan yozma bo‗lgan. Shunday qilib, hozirgi vaqtda sotsiomadaniy kommunikatsiya – bu 
umume‘tirof qilingan tushunchalarda asoslangan, kommuntatorlar o‗zaro munosabatlari mazmuni 


hamda ularning ijtimoiy muhiti bilan shartlangan xabarlarni almashish bo‗yicha ikki tomonlama 
jarayon. 
Kommunikatsiya muammolarini gumanitar, tabiiy va texnik fanlar vakillari tadqiq qilishadi. Faqat 
insonlararo emas, balki hayvonlararo, kompyuterlararo, «inson-mashina» va aloqa tizimlarida 
axborot almashinuvini o‗rganuvchi fanlarning vakillari – kibernetiklar, biologlar, etologlar, 
semiotiklar axborot almashinuvini ―kommunikatsiya‖ deb ataydilar. Shuningdek, XX asrning 60-
yillarida amerikalik sotsiloglar (Lazarsfeld, Lippman, Lassuell, Merton, Maklyuen va boshqalar) o‗z 
tadqiqotlarida «ommaviy kommunikatsiya» atamasini ham qo‗llay boshladilar. Shu tariqa, 
kommunikatsiya nazariyasi mustaqil fan sifatid
a shakllanib borib, o‗zining predmeti, kategoriyalar 
apparati, o‗z qonuni va tarixiga ega bo‗ldi. U falsafa, sotsiologiya, psixologiya, siyosatshunoslik, 
madaniyatshunoslik iqtisodiyot va boshqa fanlar bo‗yicha tadqiqotlarning natijalarini o‗zida 
mujassam qilgan ilmiy bilimning kompleks sohasi hisoblanadi. Kommunikatsiya nazariyasi axborot 
almashinuvining universal mexanizmlari va qonuniyatlarini o‗rganadi. Shuningdek, uning ommaviy 
kommunikatsiya nazariyasi, shaxslararo kommunikatsiya nazariyasi kabi tarmoqlari ham mavjud. 
Kommunikatsiyani amalga oshirish imkoniyati muayyan shartlar bajarilgandagina paydo bo‗ladi. 
Ular quyidagilar: 

kommunikativ jarayon uchun kamida ikki tomonning ishtiroki zarur; 

kommunikatsiya doimo teskari aloqa tamoyiliga tayanadi; 

kommu
nikatsiya ma‘lum belgilar tizimisiz amalga oshirilmaydi. 
H
аr 
qanday 
nazariyada 
bo‗lganidek, 
kommunikatsiya 
nazariyasi 
ham 
«axborot», 
«kommunikatsiya», «axborot almashinuvi», «kommunikativ makon» kabi o‗ziga xos tushunchalari 
(kategoriyalari) ga ega. M.Veber, G.Gadamer, G.Shpetler ilgari surgan kommunikatsiya modelida 
kommunikatsiyaning asosiy natijasi bu insonning boshqa inson tomonidan tushunilishi, o‗zaro 
tushunish [4] deb ataladi. Axborot jamiyati nazariyasi vakillari (D.Bell, A.Toffler, G.Maklyuen) 
kommunikatsiyaga futurologik yondashadilar. Ushbu nazariyada kommunikatsiya vositalari yagona 
rag‗batlantirish va ijtimoiy rivojlanishning manbai tarzida talqin qilinadi. Axborot bu holda madaniyat 
va barcha madaniy qadriyatlarning tarkibiy qismi sifatida namo
yon bo‗ladi. Kommunikatsiya – bu 
o‗ziga xos axborot almashinuvi bo‗lib, uning natijasida jo‗natuvchidan qabul qiluvchiga intellektual 
va emotsional axborotni uzatish jarayoni kechadi. Kommunikativ jarayonning turli modellari 
mavjud. Misol uchun, Aristotel kommunikatsiya jarayonining uchta (notiq 
– nutq – auditoriya) 
komponentini ajratgan bo‗lsa, zamonaviy variantda u «kommunikator – xabar – kommunikant» 
ko‗rinishiga ega. Axborot almashinuvi kommunikatsiyaning ham, muloqotning ham markaziy 
xususiyati ekanligi tufayli bu kategoriyalarni tushuntirish, izohlash borasida, tabiiy ravishda, xilma-
xilliklar kelib chiqdi va bir qator yondashuvlar paydo bo‗ldi. Birinchi yondashuv mazmunan ikki 
tushunchani ma‘no jihatdan aynanlashtirishdan iborat. Bu yondashuv yuzaga chiqishiga yetakchi 
psixolog va faylasuflar L.C.Vigotskiy, V.N.Kurbatov, A.A.Leontevlar katta hissa ko‗shgan. Qator 
qomusiy va izohli lug‗atlarda «kommunikatsiya» atamasi «xabar yo‗li, muloqot» deb talqin qilingan. 
Ukrainalik tadqiqotchi, muloqot nazariyasi sohasida taniqli mutaxassis Yu.D.Prilyuk tarixiy-lingvistik 
tadqiqotlar asosida ushbu atamalarning dastlabki va hozirgi ma‘nolarini etimologik va semantik 
jihatdan bir-
biriga yaqin, shuning uchun «jamiyatda axborot almashinuvi»ni bildiruvchi tushunchalar 
sifatida ular o‗zaro tengdir, degan to‗xtamga keladi. Shunga o‗xshash fikrlarni T.Parsons va 
K.Cherri kabi etakchi xorijiy olimlar ham bildirishgan. Ikkinchi yondashuv «kommunikatsiya» va 
«muloqot» tushunchalarini farqlash bilan bog‗liq. Taniqli faylasuf M.S.Kagan fikricha, 
kommunikatsiya va muloqot kamida ikki jihatdan farqlanadi. Birinchidan, «muloqot amaliy, moddiy 
va ma‘naviy axborot almashinuvidir va u amaliy-ma‘naviy xarakterga ega, kommunikatsiya esa … 
u yoki bu xabarlarni uzatish bilan bog‗liq sof axborot jarayonidir»[5]. Ikkinchidan, ular o‗zaro 
munosabatga kirishayotgan tizimlarning aloqa xossalari bo‗yicha bir-biridan ajralib turadi. 
Kommunikatsiya subyekt-
obyekt aloqasi bo‗lib, unda subyekt ma‘lum axborotni uzatadi, obyekt esa 
axborotning passiv 
qabul qiluvchi sifatida namoyon bo‗ladi, uning vazifasi axborotni qabul qilish, 
tushunish, yaxshi anglash va shu axborotni inobatga olib, harakatlanishdan iborat. Shunday qilib, 
M.S.Kagan fikricha, kommunikatsiya bir tomonga yo‗naltirilgan jarayondir[6]. Muloqot esa, 
aksincha, subyekt-
subyekt aloqasi bo‗lib, unda «xabarlar jo‗natuvchisi va qabul qiluvchilar yo‗q, 
balki suhbatdoshlar, umumiy faoliyat ishtirokchilari bor». Muloqotda axborot sheriklar o‗rtasida 


harakatlanadi, demak, muloqot jarayoni kommunikatsiyadan farqli ravishda ikki tomonlama 
yo‗naltirilganlik xarakteriga ega[7]. 
Yirik psixolog olim G.M.Andreyevaning fikricha, muloqotni kommunikatsiyaga qaraganda kengroq 
kategoriya sifatida talqin etib, muloqot tuzilmasida uchta o‗zaro bog‗langan jihatlarni ajratishni taklif 
qiladi[8]. A.V.Sokolov muloqot kommunikativ faoliyatning shakllardan biri, bu shakllar 
kommunikatsiyaga kirishayotgan sheriklarning maqsadlariga qarab bir-biridan farqlanadi, deya 
mazkur fikrga qarshi chiqadi[9]. Yana bir yondashuv bo‗yicha muloqot jamiyatdagi barcha axborot 
jarayonlarini qamrab olmaydi, degan fikrni ilgari suruvchi olimlar guruhi mavjud. Vaholanki, axborot 
jarayonlari jamiyat organizmini, barcha ijtimoiy tizimostilarni qamrab oladi va ijtimoiy hayotning har 
qanday, hatt
o, eng kichik qismida ham mavjud, shu bilan birga, ular hamisha ham so‗z, nutq yoki 
matn shaklida bo‗lmasligi mumkin. Aslida, verbal (so‗z) shaklidagi xabarlar jamiyatda axborot 
almashinuvining kichik bir ulushini tashkil qiladi, qolgan vaziyatlarda axborot almashinuvi tildan 
foydalanmasdan amalga oshiriladi hamda axborot tashuvchilari sifatida noverbal signallar (mimika, 
intonatsiya, harakatlar va h.k.), shu bilan birga, madaniyatning moddiy shakllari, buyumlar xizmat 
qiladi. Madaniyatning moddiy shakllari 
axborotni ham makon, ham zamon bo‗yicha uzatishga 
imkon beradi. Aynan shuning uchun muloqot insonlar o‗rtasida o‗zaro bog‗liqlikni o‗rnatish va 
ta‘minlashga qaratilgan hamda, birinchi navbatda, verbal, ya‘ni til (nutq yoki matn) yordamida 
amalga oshirilad
igan o‗ziga xos axborot almashinuvi jarayonlarini bildiradi. 
Foydalangan adabiyotlar: 
1. 
Социологический энциклопедический словарь. В русском, английском, немецком, 
французском и чешском языках. Редактор – координатор – академик РАН Г.В.Осипов. 
– Москва: Издательская группа ИНФРА . Москва: НОРМА, 1998. – С. 210. 
2. 
Ломов
 
Б.Ф. Методологическиe и теорeтические проблемы психологии. Москва, 1984, 
С.242-271. 
3. 
Винер Норберт Кибернетика и общество; Тайдекс Ко — , 2011. — С. 
4. 
Вебер М. О некоторых категориях понимающей социологии // Вебер М. Избранные 
произведения. Москва: Прогресс,1990.-C.49 

Download 166,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish