95
va afzal ko`rishning taxmin qilinishi bilan b
еlgilanadigan o`zaro munosabatlar va o`zaro
birgalikdagi harakatning barqaror individual tanlash tizimi sifatidagi do`stlik odamlar
munosabatining alohida shaqli sifatida yuz b
еradi.
O`zaro birgalikda harakat qila boshlaydigan odamlar o`zaro hamjihatlik darajasini baholab
oladigan va muomalaga kirishgan sh
еrigining kimligi haqida o`ziga hisob bеra oladigan bo`lsagina
muomala yuz b
еrishi mumkin.
Muomalining p
еrtsеptiv jihati - bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va
baholashi d
еmakdir.
• O`zaro bir-birini bilish borasida shaxslararo idrok etishning uchta muhim
mеxanizmining ta'siri - idеntifikatsiyalash (aynan o`xshatish), rеflеksiya (fikrni tahlil etishga, o`z-
o`zini anglashga moyillik) va stеrеotiplashtirish (bir xil qolipga solish)ni alohida ko`rsatish
mumkin.
Ayniqsa boshliq uchun turli guruhlardagi, ko`p holda bir boshliq uchun bir vaqtning o`zida,
bir qancha guruhlardagi
shaxslararo munosabatlarning harakteriga javobgar bo`lish
qiyinchiliklar tug`diradi, chunki o`sha guruhlarni tashkil etgan har bir shaxsning o`ziga xos
individualligi, boshqaruvchi haqidagi ular tasavvurining har xilligi va guruhlarda norasmiy
liderlarning borligi boshliqdan odamlar bilan ishlash borasida ham tajribaning, ham psixologik
fahm-farosatning va sabr-qanoatning bo`lishini talab qiladi.
Ijtimoiy faoliyat jamiyatdagi, jamoadagi, oiladagi yurish-turish tamoyillari inson aql-
zakovatining yoki boshqacha aytganda tabiiy intellektning talablarini qondirish rahbarlar,
mutaxassislar, oddiy xodimlar bilan munosabatda bo`lish, bir tizim doirasida faoliyat
ko`rsatayotgan odamlar orasida ham ijtimoiy, ham iqtisodiy, ruhiy tarbiyaviy munosabatlar
o`rnatish kabi muhit bilan qurshovda bo`lishi kerak. Yuqoridagilardan kelib chiqan holda ijtimoiy
faoliyatda xulq va axloq kabi umumiy tushunchalarni ajratib qarash o`rinlidir.
Xulq - kishining jamiyatda yashab namoyon etadigan, shakllanadigan tushuncha bo`lib,
u kishining yurish-turishida, axloqida, munosabatida, xotirasida, tafakkurida namoyon bo`ladigan
ijtimoiy ongning bir ko`rinishidir.
Axloq - jamiyatdagi, jamoadagi, oiladagi, yurish-turish tomiyillari yig`indisi. Axloq -
kuzatib boradigan huquq me’yorlaridan farq qiladi. Axloq jamiyatchilik fikriga va tapsiriga,
ehtiqod,, anhana va odatga, urf-odatga, kishining o`z xulq-atvorini boshqarishga tayyorligiga,
mehribon va xushmuomalaligiga, ishda hamkasblari bilan madaniyatli munosabatda bo`lishga,
mehnat, ishlab chiqarish, moliya intizomlarini saqlashiga tayanadi. Axloq kishining og`ir
sharoitda o`zini tuta bilishida, bo`ysunuvchilariga to’shiriq berayotganda xushmuomala bo`lishda,
qo`l ostidagilarga nisbatan e’tiborli bo`lishda, ular muvaffaqqiyatini o`z vaqtida taqdirlashida o`z
ifodasini to’adi.
O`zbekiston Respublikasining mustaqilligi uning fuqarolariga inson erkinligi
huquqlaridan foydalanishga keng yo`l ochib berdi. Ayniqsa, ijodkorlarga, ixtirochilarga, aqliy
mulk egalariga qulay sharoitlar yaratdi. Ular o`z aql-zakovat mulkini: ixtirolari, ilmiy
kashfiyotlari, texnologik yangiliklari, uslubiy ishlanmalarini tovar sifatida erkin sotish
imkoniyatiga ega bo`lishdi. Bu:
•
xalqimiz ichidan yangi ixtirochilar, ijodkorlarning o`sib chiqishiga xizmat
qilsa;
•
ma’naviyat, ma’rifat, ilm-fan kabilarning o`sishiga imkoniyat yaratadi.
Bugungi sharoitda boshqarish vazifasi qanchalik murakkab, tabaqalashgan bo`lgani sari,
rahbarlik qilish oldida har qanday vazifa ichida ham vazifalararo yo`nalishda ham boshqarishni
takomillashtira olish vazifasi turadi. Natijada boshqarish vazifasidan asta-sekin boshqarishni
takomillashtirishning mustaqil vazifasi ajralib chiqadi. Bu vazifa - moyillikdir, ya’ni
kishilar
Do'stlaringiz bilan baham: