93
5-
Mavzu: Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi.
REJA:
1. Muloqot va munosabat
2. Muloqot jarayonida psixologik tasir (verbal.noverbal.paralingvistik)
3. Nutq
va uning turlari
T a ya n ch s o' z v a i b o r a l a r : Muloqot,munosabat, muomala ,
Identifikatsiya,perseptiv rjmmunikativ, interaktiv, refleksiya,rtereotipizatsiya , kommunikatsiya,
Pedagogik muloqot,verbal, noverbal ,paralingvistik
Muloqot -
odamlar o`rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kеlib chiqadigan
bog`lanishlar rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir.
Munosabat va muloqot birgalikdagi faoliyat ko`rsatuvchilar o`rtasida axborot
ayirboshlanishini o`z ichiga oladi. Odamlar muloqotga kirisharkan, muloqotning eng muhim
vositalaridan biri sifatidagi tilga murojaat qiladilar.Munosabatning ikkinchi jihati munosabatga
kirishuvchilarning ыzaro birgalikdagi harakati – nutq jarayonida faqat so`zlar bilan emas,
balki
harakatlar, xatti-
harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iboratdir. (Masalan, ro`paradan kеlayotgan
mashina haydovchisiga bormoqchi bo`lgan yo`nalishni ishora qilish har ikkala tomon uchun ham
qu
lay va tеjamli ekanligi tushunarli bo`lsa kеrak).
Nihoyat, muloqotning uchinchi jihati munosabatga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta
olishlarini taqozo qilishidir.
Suhbatdoshining holatiga, rangi-ro`yiga, ovoziga qarab muomala
qilish. Shunday qilib, yagona munosabat jarayonida shartli ravishda uchta jihatni kommunikativ
(axborot uzatish, intеraktiv, o`zaro birgalikdagi harakat qilish ) va pеrtsеptiv (o`zaro birgalikda
idrok etish, har ikkovlonning bir xil ko`rishi, etishishi jihatlarini alohida ko`rsatish mumkin).
Odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa ishlab
chiqarish tarzida tushunilishi, ana shu
umumiy narsa avvalo munosabat vositasi sifatidagi tildan iborat ekanligini bildiradi. Til -
munosabatga kirishuvchilar ыrtasida aloqa bog`lanishini ta'minlaydi.
Axborot uzatuvchi (kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (rеtsipiеnt) «bitta tilda»
so`zlashganlarida mAqsadga erishadilar. (Shartli ishora, kod, b
еlgi va b. ).
Og`zaki kommunikatsiya. Nutq. Nutq - bu og`zaki kommunikatsiya, ya'ni til yordamida
muomala qilish jarayoni d
еmakdir. So`zlar ovoz chiqarmasdan yoki eshittirib aytilishi,
yozib
qo`yilishi, yoki imo-ishora bilan almashtirilishi mumkin (Masalan, daktilologiya- barmo?
yordamida ishora -ma'no anglatish).
Identifikatsiya - shunday psixologik hodisaki, bunda suxbatdoshlar bir-birlarini to`g`riroq idrok
qilish uchun o`zlarini bir-birlarining o`rniga qo`yib qo`yishga harakat qiladilar. Ya’ni, o`zidagi
bilimlar, tasavvurlar, hislatlar orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, o`zini birov
bilan
solishtirish (ongli yoki ongsiz) identifikatsiyadir. Masalan, birinchi marta dars o`tayotgan
pedagogning ichki holatini uning xamkasbi yaxshi tushunishi mumkin.
Refleksiya - muloqot jarayonida suxbatdoshning pozitsiyasidan turib, o`zini tasavvur qilishdir,
ya’ni refleksiya, boshqa odamning idrokiga taalluqli bo`lib, o`ziga birovning ko`zi bilan qarashga
intilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: