Bilim sohasi: 500000 Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’miiot Ta’lim sohasi: 510000 Sog‘liqni saqlash Ta’lim yunalishi: 5510500 Farmatsiya (turlari buyicha) 5111000 – Kasb ta’limi


Iroda-bu kishining oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda qiyinchiliklarni engib



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/307
Sana01.01.2022
Hajmi2,39 Mb.
#289724
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   307
Bog'liq
PISIXOLOGIYA

Iroda-bu kishining oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda qiyinchiliklarni engib 
o‘tishga qaratilgan faoliyati va hulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o‘z-o‘zini 
boshqarishi demakdir. 
Iroda-bu shaxs faolligining alohida shakli, uning hulq-atvorini tashkil etishning u tomonidan 
qo‘yilgan maqsad bilan belgilanadigan alohida turidir. 
Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o‘z ehtiyojlariga ko‘ra 
o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladigan kishining mehnat faoliyatida paydo bo‘ladi. 
Iroda o‘zaro bog‘liq ikkita vazifaning-undovchi va tormozlash (to‘xtatuvchi) vazifalarning 
bajarilishini ta’minlaydi va ularda o‘zini namoyon qiladi. 
Undovchi vazifasi kishining faolligini  bilan ta’minlanadi. Harakat oldingi vaziyat 
(chaqiriqqa nisbatan kishi aylanib qaraydi, o‘yinda tashlangan to‘pni qaytaradi, qo‘pol so‘zdan xafa 
bo‘ladi va hokazo) bilan bog‘liq bo‘lgan paytdagi reativlikdan farqli o‘laroq faollik harakatning 
ayni o‘zida namoyon bo‘ladigan ichki holatiga nisbatan sub’ektning o‘ziga xos xususiyatini kuchga 
kiritish harakatini chiqaradi (o‘zaro zarur axborotni olishga ehtiyoj sezayotgan kishi o‘rtog‘ini 
chaqiradi, jahli chiqqan holatda yon-veridagilarga qo‘pollik qilishga yo‘l qo‘yadi va hokazo). 
Oldindan mo‘ljallanmaganligi bilan farq qiladigan tabiiy xulq-atvordan farqli o‘laroq, 
faollik ixtiyoriyligi bilan, ya’ni ongli ravishdagi maqsadga muvofiq harakatning sharoitlari bilan 
farq qiladi. Faollik bir daqiqalik vaziyat talabi bilan, unga moslashuv, berilgan chegaralarda harakat 
qilish istagi bilan yuzaga keltirish mumkin va mumkin emas, u vaziyat ustunligi bilan, ya’ni asos 
qilib olingan ma’lumotlarning, kishining vaziyat talablari darajasiga ko‘tarila olish, asosiy vazifaga 
nisbatan ziyod kuchli iroda bo‘lgan joydagina mumkindir. 
Irodaning undovchi va tormoz qiluvchi funksiyalari yaxlit birligidagina shaxsning maqsadga 
erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishni ta’minlaydi. 
Falsafa va psixologiyada idealizm kishi irodasini alohida, hech narsa bilan 
belgilanmaydigan va hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan (ya’ni indeterministik), kishiga u yoki bu 
harakatni tanlash va amalga oshirish imkonini beradigan kuch deb qaraydi. Bunda butun psixik 
faoliyat hech narsa bilan belgilanmaydigan, ongsiz ravishda bo‘ladigan eng dastlabki faollikka 
bo‘ysungan bo‘ladi. Amerika psixologi U.Jems harakatda hech narsaga  bog‘liq bo‘lmagan irodaviy 
hukmga etakchi rol beradi. Obrazli tarzda bu quyidagicha tasavvur qilinardi: kishi o‘z-o‘ziga «Fiat» 
(lotincha «ha bo‘la qolsin!» degan ma’noga ega bo‘lgan so‘zni bildiradi) deydi va go‘yo ana shu 
birinchi galgi mistik turtki bilan belgilanmagan holda ish amalga oishiriladi. 
Amalda kishining ishlari va harkatlari ob’ektiv ravishda belgilangandir. Irodaviy harakatni 
o‘z ichiga oladigan motivlar hozir va o‘tmishda o‘rin olgan tashqi ta’sirlar natijasi tariqasida, 
kishining psixik rivojlanishi jarayonida uning hayot va faoliyat hodisalari bilan faol munosabati 
natijasida tarkib topadi va yuzaga chiqadi. Irodaviy harakatlarning determinizmlashgaligi fakti 
(sababiy bog‘langanligi) u yoki bu faoliyat usuli kishiga zo‘rma-zo‘raki berilganini, u o‘z 
qilmishlari uchun javobgar emasligini va ularning peshonasiga yozilganligini dadil qilib ko‘rsatish 
huquqiga ega ekanligini bildiradi. 
Kishining tavakkalchilik sharoitidagi hatti-harakati irodaning xarakterli ko‘rinishlaridan bir 
sifatida namoyon bo‘ladi. 
Tavakkalchilik-bu sulb’ekt uchun uning cheki noma’lum va muvaffaqiyatsizlikka duch 
kelganda mumkin bo‘ladigshan noqulay oqibatlar (jazolash, og‘riq ta’sirini o‘tazish, travma, 
obro‘ni yo‘qotish va shu kabi) haqidagi taxminlar mavjudligi sharoitidagi faoliyatning 
xarakteristikasidir. Tavakkalchilik paytida kutilayotgan noxushlik bunday holatdagi 
muvaffaqiyatsizlik ehtimoli va noqulay oqibatlar darajasining uyg‘unlashtirilishi bilan belgilanadi. 
SHunday savol tug‘iladi: agar mag‘lubiyat ehtimoli ko‘p bo‘lsa, mag‘lubiyat uchun esa jazo ancha 
kuchli bo‘lsa, kishi nimani deb tavakkal qiladiq Psixologiya tavakkal qilish uchun zarur shart 


91 
 
sifatida irodaning qo‘shilishini nazarda tutuvchi tavakkal qilish xatti-harakatining ikkita o‘zaro 
bog‘langan sababini ajratib ko‘rsatadi. 
Tavakkalchilikning birinchi sababi va tegishli ravishda tavakkalchilikning birinchi turi bu 
yutuqqa umid bog‘lash, muvaffaqiyat qozonilganda kutilayotgan kattalikning muvaffaqiyatsizliklar 
oqibati darajasidan ortishidir (situativ tavakkalchilik). Bu o‘rinda muvaffaqiyat motivasiyasi 
muvaffaqiyatsizlikdan qutilib qolish motivasiyasidan kuchliroqdir. Agar kundalik hulq-atvor, garchi 
kishidan irodaviy qarorni talab qiladigan bo‘lsa-da unchalik noyob narsa emas. 
Xatti-harakatning xavfli variantini afzal biladigan hulq-atvor yoki tavakkalchilikning 
ikkinchi turi  uchun sabab-shaxsning vaziyat usti faolligidir. Kishining vaziyat talablari ustidan 
ko‘tarila bilish dastlabki vaziyatdan ustun keladigan maqsadni qo‘yish qobiliyatga to‘g‘ri keladi. 

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish