FTAI
Jild: 03 | Nashr: 02 | Fevral 2022
“BILIG
–
ILMIY
FAOLIYAT”
nashri http://bilig.academiascience.or
60
Kirish (Introduction).
Badiiy adabiyot, xususan, she’riyat azal-azaldan inson qalb
kechinmalarini, ichki olamini kashf etishga intilib keladi. Zero, har qanday badiiy asarda
inson
orzu istaklari, maqsad intilishlari ijodkorning estetik ideali asosida yoritiladi. Shu
ma’noda, hozirgi o‘zbek she’riyati rang-barang shakliy-uslubiy izlanishlar asosida yangilanib
bormoqda. Unda davrning muhim masalalari rang-barang tasvirlar orqali o‘zining badiiy
in’ikosini topmoqda.
Shoira Guljamol Asqarova she’riyati o‘zining sermazmunligi, fikrlar teranligi, badiiy
ifodaning o‘ziga xosligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Uning she’riyatida qaysi mavzu
qalamga olinmasin, barchasida o‘quvchini chuqur mushohadaga chorlaydigan o‘ziga xos
badiiy topilmalar yaratishga erishadi.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review). Lirikaning o‘ziga xos
xususiyatlari,
taraqqiyot tamoyillari, janriy takomili, adabiyotshunoslikda o‘rganilgan.
Ularda zamonaviy o‘zbek she’riyatida tasviriy vositalar, til, badiiyat, milliy o‘ziga xoslik kabi
masalalar sinkretik aloqadorlikda tadqiqi etildi. Bu borada adabiyotshunosligimizda so‘nggi
yillar she’riyati bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bir qancha yaxshi samaralarga
erishdi. Biz mazkur maqolada shoira G.Asqarova she’riyati she’riyatida
badiiy ifoda va
obrazlilik masalasiga e’tibor qaratishni maqsad qildik.
Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Maqolada belgilangan mavzuni
tadqiq etishda rus, o‘zbek adabiyotshunosligining lirik janrlar tabiati bilan bog‘liq nazariy
qarashlariga, xususan, D.Quronov B.Nazarov, N.Karimov B.Sarimsoqov, N.Rahimjonov
singari olimlarning tadqiqot va maqolalariga tayanildi. Badiiy talqinda obraz va obrazlilikni
yoritishda qiyosiy-tarixiy o‘rganish metodidan foydalanildi.
Tahlil va natijalar (Analysis and results). Lirika tabiati xususida mulohaza bildirar ekan,
Jamol Kamol shunday ta’rif beradi: “Lirika inson o‘z shaxsini tanigan, o‘zini shaxs sifatida
anglagan, o‘zini olam ichra bir odam deb bilgan va tashqi, obyektiv olamga o‘z
shaxsi
olamining oynalari orqali qaragan sharoitda paydo bo‘ladi. Inson o‘z shaxsini olam bilan
qiyoslaydi, goho unga qarama-qarshi qo‘yadi, goho tashqi olam bilan tutash va payvasta
ekanligini qayd etadi” [3, 186-187]. Shu ma’noda G.Asqarova she’rlarida inson fe’lida
mavjud fazilat va illatlar o‘z ifodasini topadi. Shoira lirikasida
inson buyuk yaratuvchi,
cheksiz idrok sohibi, shu bilan birga mazkur fazilatlarning tom ma’nodagi aksini keltirib
chiqaruvchi shavqatsiz qudrat egasi ekanligi ham badiiy tadqiq etiladi. Xususan, “Kecha va
bugun” she’rida
inson hayoti, aniqrog‘i hayotiy tajriba, kuzatish,
tahlil va hayrat
umumlashmalari aks ettiriladi:
O‘ylar edim: hayot bizni siylaydi deb,
Biz kuylagan qo‘shiqlarni kuylaydi deb.
Bugun bo‘m-bo‘sh yuragimni siylayapman
Hayot
qanday aytsa, shunday kuylayapman [2, 125].
Shoira poetikasida so‘z, badiiy matn uyg‘unligi tizimli tarzda hayotiy mohiyatni
asoslaydi, shuningdek, matn timsolli nutqiy butunlik tarzida aks etadi. Unda so‘zga yuklangan
zalvor va ma’no ohangdorlik kasb etadi. Yuqorida satrlardan inson hayot atalmish bebaho