Jild: 03 | Nashr: 02 | Fevral 2022
“BILIG
–
ILMIY
FAOLIYAT”
nashri http://bilig.academiascience.or
61
ne’matning o‘ziga xosligi, undan ko‘zlangan, umid qilingan maqsadning cheksizligi, lekin
HAYOT insonni o‘z tartib-qoidalari izniga solishi anglashiladi.
O‘ylar edim: so‘nmas mening g‘ururlarim,
Ko‘ksimdagi hayratlarim, sururlarim.
Bugun qoldim ikki o‘tning ozorida,
Yig‘layapman g‘ururimning mozorida [2, 126].
Ma’lumki, inson hayoti bitmas-tuganmas sinoatlar ichra kechadi. Uning qalbi esa ana
shunday sir va orzularni mavjlantirib turuvchi manbadir. Inson hayotini doimo turli
voqealarga, qismatga ro‘baro‘ qiluvchi qalb mohiyati o‘ta murakkabdir. Negaki, dunyoda
ezgulik bilan yovuzlik, mehr va zulm, sadoqat hamda xiyonat, vafo va jafo kabi tushunchalar
yonma-yon yashar ekan - inson ana shu hayot kemasida hayot ummoni to‘lqinlarini yorib
o‘tish uchun mavjud holatga mos choralar ko‘radi. Shuning uchun ham mazkur iqtibosda lirik
qahramonning “Yig‘layapman g‘ururimning mozorida” – deya ta’kidlashi hamda
“Kelishmadim toshi yolg‘on savdo bilan, Ona-bola bo‘lolmadim dunyo bilan!” degan
xulosaga kelishi hayotiy va mantiqiy asosiga ega.
Dunyo ekan tog‘laringini qir qilguvchi!
Dunyo ekan osmonlaring yer qilguvchi!
Kelishmadim toshi yolg‘on savdo bilan,
Ona-bola bo‘lolmadim dunyo bilan! [2, 125].
She’rdagi ruhiy holat ifodasi ta’rif va tasvir kishini teran fikr yuritishga chorlaydi. Zero,
she’rdagi ma’nodorlik hayotiy haqiqatlar hosilasi sifatida yangraydi. Ta’kidlash kerakki,
“Hayot qonuniyatlari va insoniyat tarixidan anglashiladiki, xohlaymizmi, yo‘qmi ijtimoiy
voqelikda yovuzlik va illatlar ko‘plab uchraydi. Ularni haqqoniy tasvirlash uchun ijodkor
dunyoning fojeiy ruhini teran tushunishi va tushuntira olishi lozim... Negaki, inson har doim
iqtidorini to‘g‘ri yo‘nalishga sola olsagina kamolotga erishadi, aksincha bo‘lsa o‘zligi va
imonini yo‘qotadi. She’rdagi fojeiy holat va ohang orqali G.Asqarova hayotning
shafqatsizligi oldida kishilarni tushkunlikka tushmaslikka da’vat qilayotgandek” [4, 149].
Insonni ma’naviy barkamolligini shakllantirishda badiiy adabiyotning roli katta
ahamiyat kasb etadi. Butun bashariyatga oid qadriyatlarni ulug‘lagan badiiy adabiyot faqat
ma’naviyat uchungina emas, balki hayotning barcha jabhalari uchun xizmat qiladi. Ma’lumki,
“Har bir lirik janr badiiy ijod olamida o‘zining g‘oyaviy-badiiy vazifasi bilan tug‘iladi. Aks
holda janr xilma-xilligi to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas. Odatda, she’r hayotiy
zaruriyat, ma’naviy-ruhiy ehtiyojdan dunyoga keladi. Janr kategoriyasi ana shu ehtiyoj va
zaruratning turli tarzda shakllanishi, shaklga munosib mazmun, mazmunga munosib shakl
holida ko‘rinishidir” [7, 287].
G.Asqarova she’riyatida intellektual talqin teran va kuchli. Shoira she’rlarida falsafiy
talqin orqali inson hayotining butun murakkabligi va uning mazmun mohiyati tadqiq etiladi.
Shu bilan birga insonning olamga qanday munosabatda bo‘lishi lozimligi va insoniy burchi
turfa ko‘rinishlarda tahlil qilinadi. Shoira she’rlarida inson ruhiyati, his-tuyg‘ularini turli xil
ziddiyatlari bilan aks ettirishga alohida e’tibor qaratadi va ularni turshi xil shakllarda ifoda
qiladi. Xususan, “Ijodkor o‘z qalbini o‘rtayotgan hissiyotlar bilan muloqotga kirish foni orqali
FTAI
Do'stlaringiz bilan baham: |